Oldingi tajribada olingan ammiakli probirkaning og‘zini pastga qilib suvli vannaga tushiring, suv ostida tiqinni olib asta-sekin chayqating. Nimani kuzatdingiz? Suv ko‘tarilishi tugagach, suv ostida probirkani probka bilan berkiting va vannadan oling. Olingan eritmani indikator qog‘oz bilan sinang. Kuzatilgan xodisani izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan eritmaning bir qismini qaynaguncha qizdiring. Xid chiqish tezligi o‘zgaradimi? Yeritmani 2-3 daqiqa qaynatib, uni indikator qog‘ozi bilan sinang. Rangini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Ammiakning eritmasida qanday muvozanat o‘rnatiladi? Yeritma qizdirilganda muvozanat qanday suriladi? Izohlang.
b) Ammiakni vodorod xlorid bilan ta’sirlashishi.
Bitta silindr (probirka)ni ammiak bilan ikkinchisini vodorod xlorid bilan to‘ldiring va shisha plastinka (tiqin) bilan berkiting. Ularni shunday ushlangki ammiakli idish tepada bo‘lsiin. Plastinkani oling va silindrlarni bir necha marotaba bir-biriga nisbatan to‘nkaring (nima uchun?). Nima kuzatildi? Reaksiya tenglamasini yozing.
v) Ammiakning yonishi.
76 rasm bo‘yicha asbob yig‘ing. Birinchi probirkaga 2-3 ml ammiakning konsentrlangan eritmasidan quying va uni gaz o‘tkazuvchi nay bilan ulangan tiqin bilan berkiting. Ikkinchi probirkaga ozroq kuydirilgan marganeS (IV) oksid bilan Bertole tuzining aralashmasidan soling. Probirkalarni shunday joylashtiringki, gaz o‘tkazuvchi nayning uchi ikkinchi probirkaning og‘zi ustida joylashsin. KCIO3 va MnO2 aralashmasini qizdiring. Kislorod ajrala boshlagach (qanday aniqlash mukin?), ammiak eritmasini asta-sekin qizdiring. Ajralib chiqayotgan ammiakni gaz o‘tkazuvchi nayning oxirida yoqing.
Alanga rangini aniqlang. Reaksiya tenglamasini va eletronlar o‘tish sxemasini yozing.
Rasm 76. Ammiakni kislorodda yondirish uchun asbob: 1 - ammiakning konsentrlangan eritmasi solingan probirka; 2 – kislorod olish uchun probirka.