Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


“Nitrat kislota “ Laboratoriya mashg`ulotining texnologik xaritasi



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə50/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

16.2. “Nitrat kislota “
Laboratoriya mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Talaba

1 bosqich.
Kirish
(10 daqiqa)

1.1. Laboratoriya mashg’ulotining mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o`quv mashg`ulotining maqsadi va o`quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)

Tinglaydi, mavzu nomini Yozib oladi

1.2. Mashg`ulotni o`tkazish shakli va baxolash mezonlarini e’lon qiladi (2- ilova)

Yozib oladi

2 bosqich.
Asosiy jarayon
(60 daqiqa)

2.1. Mavzu rejasining birinchi punkti bo’yich talabalarga savol beriladi “Klaster ” metodidan foydalanib mavzu yuzasidan bilganlarini ifoda etishlarini so’raydi (3-ilova)
2.2. Mavzu rejasining ikkinchi punkti bo`yicha «Har kim, har kimga o’rgatadi ” usulidan foydalangan xolda talabalar “nitrat kislotaning xossalarini o’rganadilar” Laboratoriya tajribalarini bajaradilar(4-ilova)

Yozadi, savolga javob beradi.
tajribalarini bajaradilar reaksiya tenglamalarini yozadi, savolga javob beradi.

3 bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 daqiqa)

3.1 Mavzu bo`yicha umumiy xulosa qilinadi.

Tinglaydilar

3.2.Talabalarni bugungi mavzusi yuzasidan olgan ballari e’lon qilinadi

Yozib oladi

3.3Talabalarga navbatdagi dars mavzusi e’lon qilinadi.

Yozib oladi.




  1. Azot (I) oksidini olinishi va xossalari.

Probirkaga ozroq ammoniy nitrat tuzidan soling va ehtiyotlik bilan (nima uchun?) qizdiring. Probirkaning og‘ziga cho‘g‘ tuting. Nimani kuzatdingiz? Ajralayotgan gazning tarkibi qanday? Uning rangi va hidini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing.



  1. Azot (II) oksidini olinishi.

(Tajribani mo‘rili shkafda bajaring.)
78 rasmga ko‘ra asbob yig‘ing. Kolbaga 10-15 g. mis qirindisidan soling, tomizg‘ich voronkasiga suyultirilgan (1:1) nitrat kislota eritmasidan quying. Mis qirindisiga ozroq kislotadan quying. Agar reaksiya boshlanmasa kuchsiz qizdiring. Gazning kolbada rangi o‘zgarishini tushuntiring. Naydan chiqayotgan gaz havoda qo‘ng‘ir rangga bo‘yala boshlasa (nima uchun?), uni suv ustida uchta silindrga (bankaga) yig‘ing. Agar kerak bo‘lsa, voronkadan kolbaga oz-ozdan kislota quyib turing. Silindrlar azot (II) oksid bilan tыlganidan sыng ularni shisha plastinkalar bilan suv ostida berkiting, vannadan chiqarib oling va keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. Gazning rangini aniqlab qo‘ying. Reaksiya tenglamalarini yozing.





Rasm 78. Azot (II) oksidni olish uchun asbob.

3 g) tajriba bajarilganidan so‘ng kolbadagi cho‘kmani erib ketgunicha qizdiring va filtrlang. Kosachada filtratni ozroq hajmda modda qolgunicha parlating va sovuting. Tuz kristallarining hosil bo‘lishini kuzating. Ularning tarkibi qanday?





  1. Azot (II) oksidining xossalari.

(Tajriba mo‘rili shkafda o‘tkazilsin.)
a) Azot (II) oksid bilan to‘ldirilgan silindrga (banka) yonib turgan cho‘pni tushuring. Nima kuzatdingiz? Izohlang.
b) Ozroq qizil fosforni temir qoshiqchaga solib gaz gorelkasida yondiring va u yaxshi yonganidan so‘ng azot (II) oksidli bankaga tushiring. Nimani kuzatdingiz? Yonib turgan fosfor bilan azot (II) atmosferasida nima bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing Bu reaksiyada NO qanday xossani namoyon qiladi?
a) va b) tajribalarning farqini tushuntiring
v) Oq qog‘oz bilan bankaning o‘zingizga qarama qarshi tomonini berkitib, azot (II) oksidli bankaning og‘zini oching va gazning rangini o‘zgarishini kuzating. Olingan moddaning rangi qanday? Reaksiya tenglamasini yozing Bunda azot (II) oksid qanday xossani namoyon qiladi?
g) Probirkaning 1G‘4 qismiga yangi tayyorlangan temir (II) sulfatning to‘yingan eritmasidan soling va undan azot (II) oksidni o‘tkazing. Yeritmaning rangi qanday o‘zgarishiga e’tibor bering. Nitrozo-temir (II) sulfat hosil bo‘lish tenglamasini yozing. Yeritmani qizdiring. Qanday xodisa ro‘y beradi? Kuzatilgan xodisani tushuntiring. Reaksiya qanday maqsadda qilinadi?

4. Ammiakni oksidlab azot oksidlarini olinishi


79 rasmdagidek asbob yig‘ing. 3-chi probirkaga bir emas, 2 dona nay kiritish mumkin, Biridan ammiak ikkinchisidan kislorod oqimi keladi. Probirka №1 ga 1-2 ml ammiakning konsentrlangan eritmasidan quying. Uni olish uchun boshqa qanday moddalardan foydalanish mumkin? Probirka №2 ga ozgina Bertole tuzi va kuydirilgan marganeS (IV) oksidlarining aralashmasidan soling. 3 -chi probirkaning tub tomonidan mis setkasi bыlagidan yoki ingichka mis simining tugunidan qo‘ying va gaz aralashmasi kiradigan nayni kiydiring. Bu reaksiyada mis qanday vazifani bajaradi?



Rasm 79. Ammiakni oksidlao‘ uchun qurilma: 1 – konsentrlangan ammiak eritmali probirka; 2-Bertole tuzi va marganeS (IV) oksid aralashmasi solingan probirka; 3-mis qirindisi solingan probirka.

Mis simni qizdiring. KCIO3 va MnO2 aralashmasini qizdiring va nay 3 kislorod bilan to‘lganidan so‘ng (bunga ishonch hosil qilish kerak), probirka 1 ni ammiakli eritmasi bilan asta-sekin qizdiring. 3-chi probirkaga kirgan ammiak shu zahotiyoq NO gacha oksidlanadi. Mis sim bilan nima sodir bo‘ladi? Sodir bo‘layotgan reaksiyaning issiqlik effekti xaqida qanday xulosa qilish mumkin? Mis sim cho‘g‘ holiga kelganidan so‘ng qizdirishni to‘xtating. Hosil bo‘lgan NO ortiqcha kislorod bilan osongina oksidlanadi. Buni qanday qilib bilish mumkin? Agar probirka 1 ni qattiq qizdirilsa ammiak ko‘p keladi va NO2 o‘rniga idish devorlarida oq moddalar paydo bo‘ladi Uning tarkibi qanday?


Agar kelayotgan NH3 va O2 mis sim ustida reaksiyaga kirishib ulgurmasa, probirkada portlash sodir bo‘lishi mumkin. Barcha sodir bo‘layotgan reaksiya tenglamalarini yozing.



  1. Azot (IV) oksidining olinishi

(tajriba mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)
a) 56 rasm bo‘yicha asbob yig‘ing. Kolbaga ozgina mis qirindisidan soling, tomizgich voronkasiga esa 5-10 ml konsentrlangan HNO3 dan quying. Ajralib chiqayotgan gazni 3 ta silindrga (ikkita banka va probirkaga) yig‘ing va shisha plastinka bilan og‘zini berkitib, keyingi tajribalar uchun saqlang. Gazning rangi qanday? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) 80 rasimdagidek asbob yig‘ing. Xlorkaltsiyli nay 2 ga shisha paxta qavatlari orasiga donalashtirilgan SaSI2 joylashtiring (tajribani naysiz bajarsa ham bo‘ladi). Vanna 3 ni sovituvchi aralashma bilan to‘ldiring (qor yoki muz bilan tuz (2:1)). Kolba (keng probirka) 4 priyemnik vazifasini bajaradi va u nihoyatda quruq bo‘lishi shart. Vanna 5 va probirka 6 ni suv bilan to‘ldiring.



Rasm. 80. Suyuq azota (IV) oksid olish uchun qurilma:
1 - probirka; 2 - xlorkaltsiyli trubka; 3 – sovituvchi aralashma solingan vanna; 4-kolba; 5-suvli vanna; 6-probirka.

Xovonchada 5-7 g qo‘rg‘oshin nitratni ishqalab maydalang va 1-2 g mayda, yuvilgan va quritilgan qum bilan aralashtiring. Aralashmani shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtirib, kuchsiz qo‘ng‘ir rang chiqquncha chinni kosachada kuchsiz gaz alangasida quriting va probirka 1 ga joylashtiring. Qo‘rg‘oshin nitratga gaz bir me’yorda chiqishi uchun qum qo‘shiladi. So‘ngra probirka 1 ni aralashma bilan qizdiring va gaz oqimi bir me’yorda chiqishini va 5 vannadan kolbaga suv tortilmasligini nazorat qiling.


Kolbaga qanday rangdagi va tarkibdagi suyuqlik yig‘iladi? Agar kaltsiy xloridli nay qo‘llanilmasa, nam ishtirokida ko‘kimtir azot (III) oksidi hosil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suyuqlik rangi zangori bo‘ladi. Kolbada biroz suyuqlik to‘planganidan so‘ng, gaz o‘tkazuvchi nayni vannadan chiqaring va qizdirishni to‘xtating.
Probirkada qanday gaz to‘planganligini isbotlang. Oldiniga kaltsiy xloridli nayni olib, rezina naylarga qisqichni kiydiring. Suyuqlikli kolbani keyingi tajriba uchun saqlang. Qo‘rg‘oshin nitratning parchalanish reaksiyasi tenglamasini yozing.



  1. Azot (IV) oksidining xossalari

( a) va v) tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)
a) Azot (IV) oksidida cho‘g‘ va yondirilgan fosforlarning yonishini tekshirib ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing. Tajriba natijalarini 3 tajriba natijalari bilan solishtirib, qaysi oksid oson kislorod ajratishi xaqida hulosa qiling.
b) 5 a) tajribada olingan azot (IV) oksid bilan to‘ldirilgan silindr (probirka) ni suv vannasiga tushurib shisha plastinkani oling. Nimani kuzatdingiz? Silindrda suv sathining o‘zgarishi to‘xtaganidan so‘ng, silindrni shisha plastinka bilan berkitib, vannadan oling. Hosil bo‘lgan eritmani indikator qog‘oz bilan sinab ko‘ring. Kuzatilgan xodisani tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
v) 5 b) tajribada olingan azot (IV) oksidli kolbani shtativga mahkamlang, gaz o‘tkazgich nayni oxirgi uchini issiq suvli vannaga tushuring va issiq suv bilan to‘ldirilgan silindr (probirka) ostiga keltiring. Rezina nayidagi qisqichni oling va kolbani kichik alangada ehtiyotlik bilan qizdiring. Silindrda yig‘ilayotgan gazning rangiga e’tibor bering. Idishni yarmi gaz bilan to‘lganidan so‘ng, nayni suvdan oling va qizdirishni to‘xtating. Silindrni shisha plastinka bilan berkiting va suvdan oling. Silindrda qanday gaz yig‘ilganligini isbotlang va eritma qanday muhitga ega ekanligini lakmus bilan aniqlang. NO2 ni suv bilan amalda qanday reaksiyaga kirishish tenglamasini yozing.

7. Nitrit kislotasining hosil bo‘lishi va parchalanishi


Probirkada 2-3 ml natriy nitrit eritmasini qor (muz) bilan soviting va so‘ngra unga H2SO4 ning suyultirilgan eritmasidan quying. Yeritma rangiga va uning ustidagi gazning rangiga e’tibor bering. Nima uchun eritmani sovitish zarurligini tushuntiring, qaysi modda eritmaga rang berayapti, gazning tarkibi qanday? Reaksiya tenglamasini yozing.

8. Nitrit kislotasining oksidlovchilik va qaytaruvlilik xossalari


a) Yeritmaga 2-3 ml KJ eritmasidan quying, H2SO4 yordamida kislotali muhit hosil qiling va unga ozgina NaNO2 eritmasidan quying. Yeritma rangining o‘zgarish sababini tushuntiring. Qanday modda ajralganligini qanday isbotlash mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) H2SO4 bilan kislotali muhit hosil qilingan KMnO4 eritmasiga NaNO2 ertmasini quying. Nima kuzatildi? Mn(II) tuzi hosil bo‘lishini hisobga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing. a) va b) tajribalarida HNO2 qanday xossalarni gamoyon qiladi?

9.Kaliy nitritni olinishi.


2-3 g kaliy nitrat solingan probirkani shtativga mahkamlab, gaz chiqishi tugaguncha qizdiring. Qanday gaz chiqayotganini aniqlang. Probirka soviganidan so‘ng undagi moddani suvda eriting va probirkada nitrit kislotasining tuzi bo‘lganligini isbotlang. Kaliy nitritning termik parchalanish tenglamasini yozing.

10. Nitrat kislotasining olinishi.


81 rasmdagidek asbob yig‘ing. Retortaga 15-20 g NaNO3 va voronka yordamida tuzni berkitadigan darajada konsentrlangan H2SO4 quying. Retorani ehtiyotkorlik bilan qizdiring. Idishda ozroq kislota yig‘ilganidan so‘ng qizdirishni to‘xtating, retortani soviting, qurilmani tarkibiy qismlariga ajriting. Kislotani keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. U nima uchun rangga bo‘yalganligini tushuntiring? HNO3 ni kiyimingizga yoki qo‘lingizga tomib ketishidan ehtiyot bo‘ling. U matoni tezda parchalaydi, qo‘lingizda sariq dog‘ va kuyish kuzatiladi.
Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun eritmalar ishlatilmay NaNO3 va konsentrlangan H2SO4 olinishini tushuntiring. Nima uchun reaksiyani unchalik qizdirirmasdan o‘tkaziladi?



Rasm. 81.Nitrat kislotasi olish uchun asbob.




  1. Nitrat kislotasining xossalari.

(Tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin.)
a) Qizdirilganida parchalanishi. Probirkaga oldingi tajribada olingan nitrat kislotasidan 1-2 ml quying va uni shtativga tik holda o‘rnating. Kislotani kuchsiz qizdiring. Probirkani qisqichda ushlab turib cho‘g‘ tuting. Nima kuzatildi? HNO3 ning parchalanish reaksiyasini yozing.
b) Konsentrlangan nitrat kislotasini metallarga ta’siri. Bitta probirkaga bir bo‘lak rux, ikkinchisiga qalay soling va so‘ngra konsentrlangan nitrat kislotasidan quying. Qanday gaz ajraladi? Ikkinchi probirkada H2SnO3 hosil bo‘lishini e’tiborga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing.
v) Suyultirilgan nitrat kislotasini metallarga ta’siri. Probirkaga ozgina temir kukunidan yoki qirindisidan soling va unga o‘rtacha suyultirilgan HNO3 eritmasidan quying. Qanday gaz ajraladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Bitta probirkaga rux bo‘lagidan, ikkinchisiga qalay bo‘lagidan soling va ikkalasiga ham kuchli suyultirilgan HNO3 eritmasidan quying. Bir necha daqiqa mobaynida suyuqlikni chayqating, eritmani boshqa idishga quyib, unda NH4Q ioni borligini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
g) Alyuminiyni «bug‘lanayotgan» nitrat kislotasida passivlanishi.
Probirkaga ozroq 2 n HCI eritmasidan quying va unga alyuminiy bo‘lagidan soling. Nima kuzatildi? So‘ngra alyuminiyni kislotadan chiqarib olib, suv bilan yuving, filtr qog‘oz bilan artib, tajribada olingan HNO3 ga tushuring. 3-4 daqiqadan so‘ng alyuminiyni ehtiyotlik bilan olib, suv bilan chayqatmasdan yuving va yana HCI ga tushiring. Yana vodorod ajraladimi? Olingan natijani tushuntiring.
d) Konsentrlangan nitrat kislotasini metallmaslarga ta’siri.
Chinni kosachaga ozroq konsentrlangan HNO3 quying, oltingugurt bo‘laklaridan bir bo‘lagini solib qizdiring. Qanday xodisa ro‘y beradi? Suyuqlik sovigandan so‘ng uni suvli probirkaga quying va unda H2SO4 borligini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
e) Nitrat kislotasining murakkab moddalarga ta’siri.
Probirkaga ozroq suyultirilgan HNO3 olib qizdiring va unga Kipp apparatida olingan H2S oqimini o‘tkazing. Nima kuzatildi? Kuzatilgan xodisani izohlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Nitrat kislotasi qanday vazifani bajaradi?
Probirkaga ozroq mis (II) sulfid (CuS) soling va 1-2 ml konsentrlangan HNO3 quying. CuS ni erishini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
Bir necha konsentrlangan HNO3 kislota tomchisini ozroq lakmus yoki fuksin eritmasiga quyib chayqating. Nima kuzatildi? Izohlang.
j) Organik moddalarni nitrat kislotasida parchalanishi.
Sherst matoga konsentrlangan HNO3 dan shisha tayoqchada bir tomchi tushuring. Matoga nima bo‘lishini kuzating. Ro‘y bergan xodisani izohlang.



  1. Nitratlarni qizdirilganda parchalanishi

( b) va v) tajribalar mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)
a) Shtativga maxkamlangan probirkada 1 g NaNO3 ni qizdiring. Gaz ajralishini kuzating. Qanday gaz ajralayotganini kuzating va probirkada qanday modda qolayotganini sovugach isbotlang. Qizdirilganida KNO3 qanday parchalanishi eslang.
b) Cu(NO3)23H2O kristallaridan bir nechtasini probirkaga soling, uni shtativga gorizontal holatda o‘rnating va kuchli qizdiring. Tuz bilan qanday o‘zgarish sodir bo‘lishini kuzating. Qanday gazlar ajraladi? Tajribadan so‘ng probirkada nima qoladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
v) Probirkada AgNO3 ning bir necha kristallarini qizdiring. Qanday gazlar ajraladi? Probirkada nima qoladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Tajriba natijalarini o‘zaro solishtiring va nitratlarning parchalanish xarakteri, ularning tarkibiga kirgan metallarning aktivligiga qanday bog‘liqligini ko‘rsating. Bu tuzlarni qizdirilganda turli mahsulotlar hosil qilishini tushuntiring.

Mashq va masalalar.



  1. Azot (I) oksidini kisloroddan qanday farq qilish mumkin?

  2. Azot (II) oksidini azot (IV) oksididan qanday ajratish mumkin?

  3. Nima uchun Mg bilan suyultirilgan HNO3 reaksiyasida ammiak gaz holida ajralmaydi? U reaksiya mahsulotlarini birining tarkibiga kirishini qanday isbotlash mumkin? Reaksiya tenglamasini yozing.

  4. Natriy nitrit va nitratlarning eritmalarini qanday qilib farq qilish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.

  5. Reaksiya tenglamalarini tugallang. Koeffitsiyentlarini qo‘ying:

a) KNO2 Q K2Cr2O7 Q HNO3  Cr(NO3)3 Q ...
b) NO Q NO2 Q NaOH  ...
v) Ag Q HNO3(kons)  ...
g) Zn Q HNO3  N2O Q ...
d) PbS Q HNO3(suyul)  PbSO4 Q ...
e) AI Q KNO3 QKOH  K3AIO3 Q NH3 Q ... .

  1. Azotning barcha okidlari qizigan mis bilan to‘la-to‘kis CuO va N2 hosil qilib reaksiyaga kirishadilar. Agar reaksiya natijasida 0,7105 g CuO va 200 sm3 (n.sh.) gaz modda ajralgan bo‘lsa, azot oksidining formulasini aniqlang.

  2. Suv ustida turgan 10 sm3 azot (II) oksidiga shuncha xajmdagi kislorod kiritildi. Agar reaksiya mahsuloti HNO3 bo‘lsa, qolgan gazning xajmi qancha va uning tarkibi qanday?

  3. 700S da azot (IV) oksidini vodorodga nisbatan zichligi 27,8 ga teng. Shu temperaturada NO2 va N2O4 molekulalarning o‘zaro son nisbati qanday?

  4. 250 ml 0,1 M KMnO4 eritmasini kislotali muhitda qaytarish uchun necha gramm natriy nitrit sarf bo‘ladi?

  5. 10 g NaNO3 bilan kuchli qizdirmasdan reaksiyaga kiritish uchun zichligi 1,84 gG‘ml bo‘lgan 96%li H2SO4 eritmasidan qanday xajmda kerak bo‘ladi? Agar hosil bo‘lgan HNO3 ning 4% reaksiya mobaynida parchalanib ketsa, qanday massadagi HNO3 hosil bo‘ladi?

  6. Zichligi 1,4 gG‘sm3 bo‘lgan 500 ml 68%li HNO3 eritmasidan necha litr 2 n eritma tayyorlash mumkin?

  7. Agar sanoatda ammiakning yo‘qolishi 6% ni tashkil qilsa 1 t nitrat kislota olish uchun qanday massadagi ammiak zarur bo‘ladi?

  8. Zichligi 1,49 gG‘sm3 bo‘lgan 94 %li nitrat kislotasining eritmasi bilan ruxning reaksiyasidan qanday miqdordagi rux nitratni olish mumkin?

17.1. Nitrat kislota tuzlari “ laboratoriya mashg’ulotining ta’lim berish texnologiyasining modeli




Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin