Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


-Ilova Baholash mezoni va ko`rsatkichlari



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə66/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

2-Ilova
Baholash mezoni va ko`rsatkichlari

Guruhlar

Savolning to`liq va aniq yoritilishi

0 -0,33 ball



Tajriba bajarish bilan muammoga yechim topishi
0-0,33ball

Qo’shimcha savollarga javob berish

0-0,34 ball



Jami ball

1

















0,55 – 0,70ball – «qoniqarli». 0,71 – 0,85 ball – «yaxshi». 0,86 – 1 ball – «a’lo




Mavzu: . Xrom , marganes va uning birikmalari


Laboratoriya mashg’ulotining rejasi
1. Xrom , marganes va uning birikmalarining fizik va kimyoviy xossalarini o’rganish
2. Xrom , marganes va uning birikmalarining ishlatilishi va ahamiyati.


Nazorat savollari

  1. Xrom, molibden, volfram atomlarining elektron tuzilish formulalarini yozing.

  2. Davriy sistemadagi VI guruh bosh va qo‘shimcha guruhcha elementlarining xossalari va elektron tuzilishidagi farqlari nimadan iborat?




  1. Cr(II), Cr(III), Cr(VI) qatorida xrom oksidlari va gidroksidlarining kimyoviy tabiati qanday o‘zgaradi?Xrom (III) gidroksidining kislota va ishqorlar bilan o‘zaro ta’sirlanish reaksiya tenglamalarini ionli va molekulyar shaklda yozing.

  2. Xromni kompleks hosil qilishida xarakterli oksidlanish darajalari va koordinatsion sonlari qanday? Xromning kompleks birikmalaridan misollar keltiring.

  3. Yeritmada xromat- va dixromat- ionlarini hosil bo‘lish sharoitlari qanday?

  4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida Cr(III) va Cr(VI) birikmalari qanday xossalarni namoyon qiladilar? Bu jarayonlar qanday muhitda amalga oshadi? Misollar keltiring.




  1. Xrom (III) oksidining olinishi va xossalari.

a) Probirkaga ozroq maydalangan (NH4)2Cr2O7 niprobirkaga soling va uni qiyalatib shtativga o‘rnating. Probirka og‘zini o‘zingizdan va yoningizdagilardan boshqa tomonga qarating. Probirka tagiga qog‘oz varag‘ini qo‘ying va yuqori qatlamini reaksiya boshlanguncha qizdiring, so‘ngra qizdirishni to‘xtating. Sodir bo‘lgan xodisalarni tushintiring. Reaksiya tenglamalarini yozing. Bu jarayondagi qaytaruvchi va oksidlovchini ko‘rsating.
b) Hosil bo‘lgan xrom (III) oksidiga suv va suyultirilgan H2SO4 yoki HNO3 larni ta’sirini tekshiring. Suvda va suyultirilgan kislota eritmalarida xrom (III) oksidi eriydimi?



  1. Xrom (III) gidroksidining olinishi va xossalari

a) Xrom (III) tuzining eritmasi solingan probirkaga xrom (III) gidroksidi cho‘kmasi hosil bo‘lguncha natriy gidroksid eritmasidan tomchilatib qo‘shing. Cho‘kmaning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Cho‘kmani ikkita probirkaga bo‘ling. Birinchi probirkaga suyultirilgan kislota, ikkinchisiga-mo‘l miqdorda ishqor qo‘shing. Reaksiya tenglamalarini yozing. Xrom (III) gidroksidi qanday xossalarga ega? Xrom (III) gidroksidining ishqor bilan ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan mahsulotni 3 v) tajriba uchun saqlang. Hosil bo‘lgan eritmalarning rangiga e’tibor bering.

3. Xrom tuzlarining gidrolizi.


a) Xrom (III) tuzi eritmasiga lakmusning neytral eritmasidan qo‘shing. Lakmus rangining o‘zgarishini tushintiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Xrom (III) tuzi eritmasiga cho‘kma hosil bo‘lguncha ammoniy sulfid eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmani filtrlang va suv bilan yaxshilab yuving. Cho‘kmani ikkita probirkaga bo‘ling, biriga suyultirilgan HCI ikkinchisiga ishqor eritmasidan qo‘shing. O‘tkazilgan reaksiyalar asosida cho‘kmaning tarkibi xaqida xulosa chiqaring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
v) 2-tajribada olingan gidroksoxromat (III) eritmasini qaynating. Xrom (III) gidroksidi hosil bo‘lishini tushintiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Yeruvchan xrom (III) tuzi yoki gidroksoxromat (III) larning qaysi biri kuchli gidrolizlanishini ko‘rsating. Qizdirishning mohiyati nimada?

4. Xrom (III) birikmalarining oksidlanishi va qaytarilishi


a) Xrom (III) tuzi eritmasiga boshlang‘ich hosil bo‘lgan cho‘kma erib ketguncha NaOH eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan eritmani ikkita probirkaga bo‘ling. Biriga 2-3 ml NaOH eritmasidan va 2-3 ml bromli suv qo‘shing. Ikkinchisiga 2-3 ml NaOH eritmasidan va 2-3 ml 3% li N2O2 eritmasidan qo‘shing. Ikkala probirkalardagi eritmalarning rangini o‘zgarishini kuzating. Mos reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Xrom (III) xlorid eritmasiga kislotali muhitgacha HCI qo‘shing va ikkita probirkaga bo‘ling. (Xromning boshqa tuzini olish mumkin, lekin tajribani ko‘rinishi yaqqolroq bo‘lmaydi). Bir probirkani solishtirish uchun saqlang. Ikkinchisiga 2-3 bo‘lak rux soling, ozgina benzin qo‘shib, gaz chiqib ketadigan naychali probka bilan berkiting. Naychani uchini suvga tushiring. Bir necha daqiqadan so‘ng eritmaning ranggi o‘zgarishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Yeritma ustidagi benzin qatlami va naychani suvga tushirish nima uchun zarurligini ko‘rsating. Bu reaksiyada xrom (III) xloridning roli qanday?
O‘tkazilgan tajribalar asosida Cr (III) birikmalari oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qanday rol o‘ynashi va reaksiya muhitining ahamiyati haqidagi xulosa chiqaring.

5. Xrom-kaliy kvastsilarining olinishi


Kichkina stakanchada 10 ml suvda 1 g maydalangan K2Cr2O7 ni eriting. Yeritmaga reaksiya tenglamasiga muvofiq hisoblangan miqdorga nisbatan 1,5 baravar konsentrlangan H2SO4 qo‘shing. Stakanchani muzli suvga qo‘yib, aralashtirilgan xolda tomchilab 1 ml spirt soling. Yeritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering.Yeritmani ozgina bug‘latib kristallanishga qoldiring. Hosil bo‘lgan xrom-kaliy kvastsilarini suyuqlikdan ajrating, filtr qog‘ozda quriting va kristallar shakliga etibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan kristallarni laborantga topshiring.

6.Xrom angidridini olinishi va xossalari.


a) Stakanga (yoki probirkaga) 3-5 ml K2Cr2O7 eritmasidan soling va eritmani sovitib turib oz-ozdan 5-8 ml konsentrlangan H2SO4 qo‘shing. Cho‘kmaga tushayotgan xrom angidridi kristallarining rangiga etibor bering. Yeritmani sovugandan so‘ng, Shotta filtrida yoki shisha tolasida kristalllarni ajrating. Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun ortiqcha H2SO4 qo‘shilishini tushuntiring.
b) Kristallarni bir qismining chinni kosachaga soling va bir necha tomchi spirt qo‘shing. Nima kuzatiladi? Xrom (III) oksidi va sirka aldegidi hosil bo‘lishini nazarda tutib, reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada xrom angidridi qanday xossalarni namoyon qiladi?
v) Xrom angidridini (a-tajribada olingan) bir necha kristallarini 2-3 ml suvda eriting va KJ eritmasidan qo‘shing. Yeritmaning ranggi o‘zgarishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing va xrom angidridining xossalari haqida xulosa chiqaring.



  1. Xromat va dixromatlarning eritmada hosil bo‘lish sharoitlari.

3-4 ml kaliy xromat eritmasiga H2SO4 eritmasidan qo‘shing. Rang o‘zgarishini kuzating. Sodir bo‘lgan hodisalarni tushuntiring va reaksiya tenglamasini yozing.
Hosil bo‘lgan eritmaga ishqor eritmasidan qo‘shing. Yeritma rangining o‘zgarishini kuzating va bu o‘zgarishni tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Yeritma rangining o‘zgarishi qanday ionlarga bog‘liq? Xromat va dixromatlarni suvli eritmasida qanday muvozanat qaror topgan? Bu muvozanatni siljishiga muhit qanday tasir qiladi?

8.Xrom kislotalari tuzlarining olinishi.


a) Chinni tigelda 2 g natriy karbonat va 1 g natriy nitrat aralashmasini gaz gorelkasi bilan qizdrib suyultiring. Keyin suyuqlanmaga 1 g Cr2O3 qo‘shing. Aralashmani temir tayoqcha bilan aralashtiring va 5-10 daqiqa qattiq qizdiring. Hosil bo‘lgan sariq suyuqlanmani (kaliy xromat) soviting va suvda eriting. Yeritmaga kislotali muhitxosil qilish uchun H2SO4 qo‘shing, bunda K2CrO4 kamroq eriydigan K2Cr2O7 ga o‘tadi. Yeritmani bug‘lating va kristallanishga qoldiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Bir probirkaga K2CrO4 eritmasidan, ikkinchisiga K2Cr2O7 eritmasidan qo‘ying. Ikkalasiga xam AgNO3 eritmasidan quying. Yeritmalarning rangiga etibor bering Ikkala xolda xam Ag2CrO4 cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Kumush xromat va dixromatlarning eruvchanlik ko‘paytmasi, hamda 7-tajriba xulosalarini nazarda tutib, cho‘kma hosil bo‘lishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.

9.Xrom (VI) birikmalarining oksidlovchi xossalari.


(g-tajribani mo‘rili shkafda bajaring).
a) 2-3 ml K2Cr2O7 eritmasiga ozgina suyultirilgan H2SO4 va 2-3 ml NaNO2 eritmasidan qo‘shing. Aralashmani ozgina qizdiring va rang o‘zgarishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing?
b) Kislotali (H2SO4 qo‘shilgan) K2Cr2O7 eritmasiga NaNO3 eritmasidan qыshing. Eritmaning ranggi ыzgarishini kuzating va tushuntiring. Reaktsiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.
v) Konsentrlangan K2Cr2O7 eritmasiga konsentrlangan HCl qo‘shing. Yeritmani ranggi o‘zgarguncha qizdiring. Qanday gaz ajralib chiqadi (ehtiyotlik bilan hidlang.
g) 2-3 ml K2Cr2O7 eritmasiga (NH4)2S eritmasidan qo‘shing. Cho‘kmaga xrom (III) gidroksidi tushganini isbotlang. Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada qaysi birikma oksidlovchi va qaytaruvchi?



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin