Mashq va masalalar Ferroxrom olish uchun 200 kg Fe2O3 va Cr2O3 aralashmasini qaytariladi. Buning uchun qancha alyuminiy kerak va olingan qotishmaning foizlardagi tarkibi qanday?
6,08 g Cr2O3 ni oksidlovchi ishtirokida NaOH bilan suyuqlantirish natijasida 12,74 g natriy xromat olingan. Hosil bo‘lgan mahsulot unumini foizlarda hisoblang.
Cr2(SO4)3 va Na2CO3 eritmalarini aralashtirilganda nima hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Xrom (III) birikmalarining oksidlanishiga va xrom (VI) birikmalarining qaytarilishiga reaksiya muhiti qanday ta’sir qilishiga misollar keltiring.
5 Xrom aralashmasi nima va u nima uchun laboratoriyada idishlarni yuvish uchun ishlatiladi?
Nima uchun K2Cr2O7 eritmasi kislotali muhitga (lakmus bo‘yicha) ega?
Kislotali muhitda 10 g KJ ni oksidlash uchun qancha hajm 0,1 M K2Cr2O7 eritmasi kerak bo‘ladi?
Reaksiya tenglamalarini tugallang va koeffitsiyentlarini qo‘ying.