Tajribalarni bajarish uchun ammoniy xlorid NH4Cl yoki ammoniy sulfat (NH4)2SO4 larning eritmalaridan foydalaniladi.
Oyuvchi ishqorlar NaOH yoki KOH ammoniy tuzlari eritmalariga qoshib qizdirilganda gazsimon ammiak ajralib chiqadi:
NH4Cl+NaOH = NH3+H2O+NaCl
NH4++OH- = NH3+H2O
Probirkaga ammoniy tuzi eritmasidan 2-3 tomchi tomizilib, ustiga 3-4 tomchi ishqor eritmasidan qoshiladi va probirka ichidagi eritmasi bilan suv hammomida isitiladi.
Ammiakning ajralib chiqishini xididan bilish mumkin. Lekin, yaxshisi namlangan qizil yoki universal lakmus qogozini probirkadan ajralib chiqayotgan bugga tutiladi, bunda lakmus qogozi kok rangga kiradi, sababi, ajralib chiqayotgan ammiak lakmus qogozdagi suv bilan ta'sirlashib, ammoniy gidroksid xosil qiladi:
NH3+H2O = NH4OH
xosil bo’lgan NH4OH asos xossasiga ega bo’lganligi uchun lakmus qogozini ko’kartiradi.
Tajribani bajrish sharoiti quyidagilardan iborat:
- Reaktsiyani bajarishda eritmaning pH qiymati 9 dan katta bo’lishi lozim.
- Eritmani isitish lozim
- Namlangan indikator qogozini probirkaning ichki devoriga va
eritmaga tegizmay, ushlab turish kerak.
-Indikator sifatida fenolftalein shimdirilgan filtr qogozidan
foydalanish mumkin, bu NH4+ kationi ta'siridan qizaradi.
6-Ilova
Magniy Mg2+ kationining xususiy reaktsiyalari
Magniy kationi reaktsiyalarini o’tkazish uchun MgCl2 yoki magniy sulfat MgSO4 eritmalaridan foydalanish mumkin.
1. Oyuvchi ishqorlar NaOH va KOH magniy tuzlari bilan ta'sirlashib, kislotalar va ammoniy tuzlarida eruvchi oq amorf magniy gidroksid cho’kmasini xosil qiladi:
MgCl2+2KOH = Mg(OH)2¯+2KCl
Mg2++2OH- = Mg(OH)2¯
Bu reaktsiyadan Mg2+ kationini birinchi analitik guruxning boshqa kationlaridan ajratishda foydalaniladi, chunki boshqa kationlarning gidroksidlari suvda yaxshi eriydi.
Probirkadagi 2-3 tomchi magniy tuzi eritmasiga shuncha miqdordagi NaOH yoki KOH eritmasi qoshiladi, amorf xoldagi magniy gidroksidning oq cho’kmasi xosil bo’ladi.
Reaktsiyani borishi uchun:
-Tekshiriladigan eritma muxiti ishqoriy bo’lishi kerak.
-Eritmada NH4+ ionlarining bo’lishi cho’kmaning xosil bo’lmasligiga olib kelishi mumkin.
2. Natriy gidrofosfat Na2HPO4 ammoniy gidroksid va ammoniy xlorid ishtirokida magniy tuzlari bilan magniy-ammoniy fosfatning oq kristallik cho’kmasini xosil qiladi:
MgSO4+Na2HPO4+NH4OH = MgNH4PO4¯+Na2SO4+H2O
Mg2++HPO42-+NH4OH® MgNH4PO4¯+H2O
Probirkaga 2-3 tomchi Mg2+ tuzi eritmasi solib, ustiga 2 tomchi ammoniy xlorid va 4 tomchi reagent Na2HPO4 eritmasidan qoshiladi. So’ngra NH4OH ning 2 N eritmasidan ishqoriy muxit xosil qilinguncha (lakmus yordamida aniqlanadi yoki ammiak xidining paydo bo’lishiga qarab) aralashtirib qoshiladi. Suyultirilgan eritmalarda cho’kma biroz muddatdan keyin xosil bo’ladi. Cho’kmani xosil bo’lishini chayqatish yoki probirkaning ichki devorini shisha tayoqcha bilan ishqalash orqali tezlatish mumkin.
Tajribaning bajarilish sharoiti:
- Reaktsiya ammiakli muxitda rN=8 da olib boriladi.
-Eritmada NH4+ kationlarining ko’payib ketishi cho’kma tushishiga xalaqit beradi.
-Eritmani 75-1000S gacha qizdirish kristall cho’kma tushishiga imkoniyat beradi.
-Eritmada birinchi gurux kationlaridan boshqa kationlarning bo’lishi reaktsiyaning borishiga xalaqit beradi, chunki ko’pchilik kationlar bu sharoitda erimaydigan fosfatlar xosil qiladi.
7-ilova
O`quv topshiriq
FSMU tехnologiyasi
Ushbu tехnologiya munozarali masalalarni hal etishda хamda o`quv jarayonini baхs-munozarali o`tkazishda qo`llaniladi, chunki bu tехnologiya talabalarni o`z fikrini хimoya qilishga, erkin fikrlash va o`z fikrini boshqalarga o`tkazishga, ochiq хolda baхslashishga хamda shu bilan birga baхslashish madaniyatini o`ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o`z fikrlarini aniq va qisqa хolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam bеradi.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko`rsating
M – ko`rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil kеltiring
U – fikringizni umumlashtiring