Alangani bo’yalish reaktsiyasi. Ko’pchilik metallarning uchuvchan tuzlari gaz alangasining rangsiz qismiga kiritilsa, alanga shu metallarga xos bo’lgan turli ranglarga bo’yaladi. Jumladan platina simga yuqtirilgan natriy tuzlari gazning rangsiz alangasiga tutilsa, alangani to’q sariq rangga, kaliy tuzlari – binafsha rangga, strontsiy tuzlari – och qizil rangga, bariy tuzlari – yashil rangga, kalьtsiy tuzlari – qizil g’isht rangga bo’yaydi. Alanga qanday rangga bo’yalishiga qarab tekshirilayotgan modda tarkibidagi izlanayotgan elementlarni aniqlash mumkin.
Analizning ishqalash metodi1898 yil F.M. Flavitskiy (1848-1917 y.y.) tomonidan tavsiya qilingan bo’lib, bunda topilishi lozim bo’lgan elementlarning rangli birikmalari xosil bo’lish reaktsiyalaridan foydalaniladi. Ishqalash metodida tekshiriladigan qattiq modda chinni xovonchaga solinib, teng miqdordagi qattiq reagent bilan aralashtirilib, xovoncha dastasi bilan ishqalanadi. Reaktsiya natijasida odatda rangli birikmalar yoki o’ziga xos xidli birikmalar xosil bo’ladi va shunga qarab, aniqlanuvchi qanday ion borligi to’g’risida fikr qilinadi.
Masalan, tarkibida temir birikmalari bo’lgan tekshiriladigan modda kukuni rodanid aralashmasi bilan ishqalanganda qizg’ish-qo’ng’ir rangli birikma, bordiyu tekshirilayotgan modda tarkibida kobalьt birikmalari bo’lsa, ko’k rangli birikmalar xosil bo’ladi. Atsetet kukuni natriy bisulьfat bilan aralashtirib, ezilsa, o’ziga xos xidga ega bo’lgan sirka kislota xosil bo’lishi kuzatiladi.
Quruq moddani eritilgandan so’ng, dastlab undan kationlar topiladi, chunki ba’zi kationlarning bo’lishi bir qator anionlarni modda tarkibida yo’qligi to’јrisida xulosa chiqarishga yordam beradi.
Quruq modda eritmasi tarkibida PO43- anionlarini bo’lishi kationlarni topishga xalaqit beradi. III-guruh kationlarini (NH4)2S ta’sirida cho’ktirishda ishqoriy eritmadan bir vaqtning o’zida II-guruh kationlari va magniy kationini fosfatlari ham cho’kmaga tushib qoladi. SHunday qilib PO43- anioni ishtirokida III-guruh kationlarini II-guruh kationlaridan ajratib bo’lmaydi. Ularni ajratish uchun eritmadan PO43- ni yo’qotish kerak. Buning uchun eritmada kislotali muxit (pH=5) mavjud qiladigan atsetat bufer aralashma CH3COO+CH3COOHa ishtirokida Fe3+ tuzlari bilan PO43- ni FePO4 xolda cho’kmaga tushiriladi. PH ning bunday qiymatida Ba2+, Sr2+, Ca2+ va Mg2+ ionlari hamda Zn2+, Mn2+, Ni2+, Co2+ va Fe2+ (ya’ni barcha ikki zaryadli kationlar) eritmada qoladi. Alyuminiy, xrom fosfatlari, aksincha FePO4 bilan birga cho’kmaga tushadi. Fosfat anionini to’liq cho’kmaga tushirish uchun ortiqcha Fe3+ kationlari zarur bo’ladi. Ortib qolgan Fe3+ ni yo’qotish va FePO4 nito’liq ajratib olish uchun eritma qaynatiladi. Bunda ortiqcha Fe3+ kationlari asosli atsetat xolida cho’kmaga tushadi. CHo’kma ajratib olinib Al3+, Cr3+kationlari bor yo’qligi tekshiriladi. Sentrifugat tarkibidagi boshqa kationlar borligi I-V-guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi byicha topiladi (13.6. bo’yicha).
KLASTER-axborot xaritasini tuzish Yo`li barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g`oyalarni yig`ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo`yicha YAngi o`zaro bog`lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi