Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə118/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

5- ilova

Analitik reaktsiyalarni bajarish usullari

Tekshiriladigan moddalar turli agregat xolatlarda (qattiq, suyuq va gazsimon) bo’lishi mumkin. SHunga binoan, sifat analitik reaktsiyalari «quruq» va «xo’l» yo’l bilan bajarilishi mumkin.


«Quruq» yo’l bilan o’tkaziladigan analiz qattiq moddalar bilan bajariladi. Bu yo’l pirokimyoviy analiz va ishqalash metodi bilan bajariladigan analizlarga bo’linadi.
Pirokimyoviy (grekcha «pir» - olov) analiz tekshiriladigan moddani gaz gorelkasi alangasida qizdirish bilan bajariladi. Bu analizni ikki usulda amalga oshirish mumkin: rangli munchoqlar (shishalar) xosil qilish va alangani bo’yash reaktsiyalari.
Rangli munchoqlar (shishalar) xosil qilish. Metallarning bir qator tuzlari va oksidlari suyuqlantirilgan natriy-ammoniy gidrofosfat NaNH4HPO4∙4H2O yoki natriy tetraborat Na2B4O7∙10H2O da eriganda shisha (munchoq)lar xosil qiladi. Ularning rangini kuzatib, tekshirilayotgan modda tarkibida qanday elementlar borligini ko’rsatish mumkin. CHunonchi, xrom birikmalari - yashil munchoqlar; kobalьt birikmalari - to’q ko’k munchoqlar; marganets birikmalari - binafsha munchoqlar; temir birikmalari – sariq-qo’ng’ir munchoqlar; nikel birikmalari – qizg’ish-qo’ng’ir munchoqlar xosil qiladi.
Munchoqlar olish quyidagicha bajariladi. SHisha naycha kavsharlangan platina yoki nixrom sim uchi spiral xolida gaz alangasida cho’g’lantirilib, natriy tetraborat tuzi kristallariga botiriladi. Tuzning bir qismi simda suyuqlanadi va unga yopishib qoladi. So’ngra simni kristallar bilan avval gaz alangasi ustida ushlab turiladi, so’ngra alanganing rangsiz qismiga kiritilib, tiniq munchoq xosil qilinadi. Qizigan munchoq tekshiriladigan moddaga tekkiziladi, alangada olingan modda to’liq erib ketguncha qizdiriladi. Xosil bo’lgan shishaning rangi issiq xolatda va sovuganda kuzatiladi.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin