Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish
Quruq modda eritmasidan kationlarni topish jarayonida yo’l-yo’lakay u yoki bu anionlarning bor-yo’qligi to’јrisida ma’lumotga ega bo’lish mumkin. Quruq modda suyultirilgan xlorid yoki nitrat kislotada eritilgan bo’lsa, va bu eritmadan Ba2+, Sr-2+, yoki Pb2+ kationlari aniqlangan bo’lsa, o’z-o’zidan ravshanki, tekshirilayotgan eritmada SO42- anionlari bo’lmaydi. Neytral yoki ishqoriy muxitli eritmadan Ba2+kationlari topilgan bo’lsa, ishonch bilan tekshirilayotgan eritmada I-guruh anionlarini hammasi yo’q deb aytish mumkin bo’ladi. CHo’kmasi bo’lmagan eritmadan Ag+ kationlari topilsa, II-guruh anionlari yo’qligini ko’rsatadi. CO32-, S2-, SO32- va S2O32- anionlari borligi kationlarni analiz qilish yo’lida eritmani kislotali muxitga keltirishda gazlar (CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishga qarab topilishi mumkin.
Tekshirilayotgan quruq modda eritmasida ayrim anionlarning bor-yo’qligi xaqida xulosa chiqarilgandan, unda bo’lishi extimoli tutilgan anionlarni topishga o’tiladi.
Anionlarni topish uchun quruq moddani maxsus tayyorlab olish lozim. Anionlarni faqat eritmada K+, Na+ va NH4+ kationlari ishtirokidagina oson aniqlash mumkin. Boshqa kationlar, ya’ni «og’ir metallar»ning kationlari – II-V-guruh kationlari Mg2+ kationi bilan birgalikda anionlarni aniqlashga xalaqit beradi. Eritmada bu kationlarining ba’zilarini rangli bo’lishi, oksidlash-qaytarish xossalari borligi, bir qator anionlar bilan birikib, cho’kma berishga qobil ekanligi anionlarni topishga xalaqit beradi. SHuning uchun «oјir metallar»ning kationlarini yo’qotish va hamma tuzlarni natriy tuzlariga aylantirish maqsadida tekshirilayotgan modda natriy karbonat Na2CO3 eritmasi qo’shib qaynatiladi. Bunda II-V – guruh kationlari karbonatlar yoki gidroksidlar xolida cho’kadi:
Dostları ilə paylaş: |