Mavzu: Permanganametriya. Kaliy permanganat eritmasini tayyorlash va uni titrini aniqlash. Reja 1.Permanganametriya haqida tushuncha
2.Kaliy permanganat eritmasini tayyorlash
3.Kaliy permanganat eritmasini titrini aniqlash
4. Mor tuzi tarkibidagi temir (II) miqdorini aniqlash
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Permanganametriya. Kaliy permanganat eritmasini tayyorlash va uni titrini aniqlashni o’rgatish va u haqidagi bilimlarni kengaytirish.
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalarga Permanganametriya. Kaliy permanganat eritmasini tayyorlash va uni titrini aniqlashni o’rgatish va u haqidagi bilimlarni kengaytirishni o`rganadilar.
Permanganatometriya metodi permanganat MnO4- ioni bilan oksidlash reaktsiyasiga asoslangan. Oksidlashni kislotali, ishqoriy yoki neytral muxitda olib borish mumkin. Kislotali muxitdagi reaktsiyada MnO4- ioni Mn2+ iongacha qaytariladi va permanganatning pushti rangi yoqolib rangsizlanadi:
Marganets oz oksidlanish darajasini 5 birlikka kamaytiradi, ya'ni MnO4- ioni 5 elektron biriktirib oladi.Ishqoriy yoki neytral muxitda oksidlash olib borilganda MnO4- ioni Mn (IV) qacha qaytariladi:
MnO4- ioni 3 ta elektron biriktirib oladi. Permangantometriyada reaktsiyani deyarli har doim kislotali muxitda olib boriladi, chunki bunday sharoitda reaktsiya natijasida deyarli rangsiz Mn2+ ionlari xosil bo’ladi. Ishqoriy yoki neytral muxitda reaktsiya o’tkazilsa toq-qongir cho’kma MnO2 xosil bo’ladi, bu ekvivalent nuqtani belgilashni juda qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, kaliy permanganatning oksidlash xossasi kislotali muxitda (Eo(MnO4- /Mn2+=1,51 V) ishqoriy muxitda (Eo(MnO4- / MnO2)=+0,59 V) giga nisbatankuchliroq xisoblanadi.