Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


-tajriba. Spirtlarning suvda eruvchanligi va ularning indikatorlarga ta’siri



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə152/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

17-tajriba. Spirtlarning suvda eruvchanligi va ularning indikatorlarga ta’siri.
Reaktiv va materiallar: metil spirt, etil spirt, butil spirt, benzil spirt, natriy, fenoftalein; lakmus qog’ozi, probirkalar.
a. Beshta probirka olibularga metil, etil, butil, benzil spirtlaridan 2 ml.dan quying va ularga bir necha tomchi suv tomizing.Barcha aralashmani yahshilab chayqating. Probirkalardagi aralashmaning eruvchanligiga va rangi o’zgarishiga e’tibor bering.Nima uchun metil va etil spirt suv bilan har qanday nisbatda aralashadi?
b. Beshta probirkadagi suyuqliklarga bir tomchidan fenoftalein tomizing va lakmus tushurib ko’ring.Indikatorlar rangini o’zgarishini kuzating. Spirtlar umuman neytral moddalardir, ularda sezilar- sezilmas kislotalik hossasi ham bor.
18-tajriba. Dietil efirining hosil qilinishi.
Reaktiv va materiallar: etil spirt, kons. Sulfat kislota, pipetka, probirkalar.
Quruq probirkaga 1ml. etil spirt va 1ml.sulfat kislota soling. Aralashmani ehtiyotkorlik bilan qaynay boshlaguncha qizdiring, keyin alangani o’chiring, qaynoq aralashmaga yana 10-12 tomchi etil sprt qo’shing. Bunda dietil efirining o’ziga hos hidi seziladi.

Reaksiya ikki bosqichda boradi, uning mehanizmini yozing.reaksiyada yana qanday mahsulotlar hosil bo’lishi mumkin? Ta’lim berish texnologiyasining modeli.
38-39.1

Mashg’ulot vaqti 2soat.

Talabalar soni 12 ta

Mashg’ulot mavzusi

Efirlarni olinishi va kimyoviy xossalari.

Mashg’ulot shakli

Laboratoriya mashg’uloti

Laboratoriya rejasi

1.Efirlarni kimyoviy xossalarini o’rganish
2 Dietil efirini hosil qilish.
3. Efirlarni laboratoriya sharoitida olinishi.

O’quv mashg’ulot maqsadi:
Efirlarni olinishi, kimyoviy xossalari.

Pedagogik vazifalar:
-laboratoriya bajarish uchun keakli asbob uskunalarni tayyorlash, nazorat qilish.
-dietil efirini laboratoriya sharoitida olinishini nazorat qilish.
-reaksiya tenglamalarini yozdirish

O’quv faoliyatinig natijalari: (talaba)
-laboratoriya bajarish uchun keakli asbob uskunalarni tayyorlash
-dietil efirini laboratoriya sharoitida olinishini bajaradilar.
-reaksiya tenglamalarini yozadilar.

Ta’lim berish usullari.

Efirlarni laboratoriya sharoitida olinishini ko’radilar

Ta’lim berish shakillari.

Jamoaviy juftlikda ishlash.

Ta’lim berish vositalari.

O’quv qo’llanma , tarqatma materiallar,tajriba bajarish uchun kerakli asbob-uskunalar,reaktivlar.

Ta’lim berish sharoiti.

Hamkorlikda ishlash va mazuni amalga oshirish imkoniga ega bulgan laboratoriya honasi.

Monitoring va baholash.

Og’zaki nazorat: munozara savol javob reyting asosida baholash.

39.2 «Efirlarni olinishi va kimyoviy xossalari»


laboratoriya Mashg’ulotining texnologik xaritasi.



Ish bosqichlari vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta’lim beruvchi

Ta’lim oluvchilar

1-bosqich, mavzuga kirish
(15 daqiqa)

1.1 Mavzuni nomi doskaga yoziladi.
1.2 Efirlar haqida tushuncha beriladi
1.3. «Klaster metodi» orqali talabalarni faollashtirish.

1.1Ko’chirib oladilar.
1.2 tinglaydilar

1.3 tinglaydilar, javob beradilar.



2- bosqich
Asosiy qism
(55daqiqa)

2.1 «Klaster metodi» orqali talabalarni faollashtirish.(1-ilova)
2.2 laboratoriyada ishlatiladigan asbob-uskunalarni tayyorlash
2.3 tajriba o’tkazish tartibi hakida tushuncha berish va reaktivlarni tayyorlash
2.4 Dietil efirini hosil qilish - tajribada bajaradilar.(2-ilova)
2.5 Talabalar daftariga o’tkazilgan laboratoriya ishlarini natijasi va hulosalarini qayd qilish.

2.1tinglaydilar.javob beradilar
2.2 jamoa bo’lib, ishlaydilar
2.3ishlaydilar

2.4 bajaradilar


2.5yozadilar

yakuniy qism
(10daqiqa)

Mavzuga oid savol – javob o’tkazish.

Reyting asosida baholash

1-ilova

2-ilova.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin