3-ilоvа
1. Kislorodning olinishi. a) Tajriba uchun yaxshilab maydalangan KCIO3 va MnO2 olinadi.
Bertole tuzi bilan ehtiyotlik bilan ishlanadi., chunki yonuvchi moddalar ishtirokida (qog‘oz, ko‘mir va b.) ozgina ishqalansa ham yoki qizdirilganda kuchli portlashi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, ba’zi xollarda MnO2 organik moddalar bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Ularni yo‘qotish uchun MnO2 ni kuydiriladi.
Toza quruq probirkaga 0,3 g KCIO3 oling va shtativga tik holda o‘rnating. Probirka tagini oldin ehtiyotlik bilan kuchsiz, so‘ngra qattiqroq qizdiring. Tuz eriganda cho‘g‘langan cho‘pni tushiring va uni yonib ketishini kuzating. Bertole tuzi tez bug‘lanadimi? Gorelkani oling va probirkaga tayyorlab qo‘yilgan MnO2 dan ozrog‘ini shu zahotiyoq soling. Yana cho‘g‘langan cho‘pni tuzga tekkizmay probirkaga tushiring. MnO2 ishtirokida Bertole tuzini parchalanish reaksiyasini yozing. Bu reaksiyada MnO2 qanday vazifani o‘taydi?
b) Shtativ qisqichida tik holda quruq probirka ichiga 0,5 g kristall holdagi KMnO4 solib o‘rnating va qizdiring. Ajralib chiqayotgan gazni cho‘g‘langan cho‘p bilan sinang. Reaksiya tenglamasini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko‘rsating.