1- tajriba. Metallarga suv bilan ta’sir etib gidroksid xosil qilish.
Kichkina kristallizatorning yarmigacha suv quyib, shisha plastinka bilan ustini berkitib qo’ying. Natriy (kerosin tagida saqlanadi) metallining bir bo’lagini qisqich bilan olib, filьtr qog’ozida quriting. Metallni pichoq yordamida maydaroq bo’lakchalarga bo’lib filьtr qog’oziga o’ragan holda kristallizatorlardagi suvga soling, ustini shisha bilan yopib, reaksiyaning borishini kuzating. Xosil bo’lgan eritmaga fenolftalein indikatoridan bir ikki tomchi solib, rang o’zgarishini kuzating reaktsiya tenglamasini yozing.
2- tajriba.Metall oksidlariga suvning ta’sirini o’rganish.
Ikkita probirka olib, ularning har biriga yarmisigacha suv quyib, birinchisiga oz miqdorda kaltsiy oksiddan, ikkinchisiga esa shuncha miqdorda magniy oksiddan soling. Probirkalarni yaxshilab chayqatib xosil bo’lgan eritmalarni fenolftalein indikatori bilan sinab ko’ring. Reaktsiya tenglamalarini yozing.
3-tajriba. Suvda oz eriydigan asoslarning olinishi.
Uchta probirka olib har biriga alohida- alohida, 4 — 6 tomchidan temir (III) xlorid, alyuminiy (III) nitrat va mis (II) xloridlarning eritmalaridan tomizib, har biriga ishqor eritmasidan qo’shing, hosil bo’lgan cho’kmalarning rangiga e’tibor berib, reaktsiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
4-tajriba. Amfoter gidroksidlarni hosil qilish. Xrom (III) sulfat va rux sulfatning suvli eritmalaridan alohida-alohida probirkalarga 8— 10 tomchidan olib, har biriga cho’kma hosil bo’lguncha natriy ishqor eritmasidan tomchilab qo’shing, cho’ma rangiga e’tibor bering. Har bir probirkada hosil bo’lgan cho’malarni ikkiga bo’lib, biriga ko’proq ishqor, ikkinchisiga esa suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan qo’shib, cho’maning erishini kuzating. Cho’malarning xosil bo’lishi, ularning kislota va asoslarda erib ketishi reaktsiya tenglamalarini molekulyar va ionli shakllarda yozing.