Мавзу: Tuzlarning olinishi va xossalari
Режа
1. tuzlarning xossalariga oid tajribalar o’tkazish
2. Xisobot yozish
O’quv mashg’ulotining maqsadi: mavzu bo’yicha umumiy tushuncha berish. Anorganik birikmalarning asosiy sinflariga oid tajribalar bajarishni o’rgatish.
O’quv faoliyatining natijasi: talabalar anorganik birikmalarning asosiy sinflariga oid tajribalar bajarishni o’rganadilar
2-Ilоvа
Bаhоlаsh mеzоni vа kơrsаtkichlаri
Guruhlаr
|
Sаvоlning tơliq vа аniq yoritilishi
0-o,33 bаll
|
Misоllаr bilаn muаmmоgа еchim tоpishi
0-0,33bаll
|
Guruh а’zоlаrining fаоlligi
0-0,34 bаll
|
Jаmi bаll
1
|
|
|
|
|
|
0,86 – bаll – «а’lо».0,71 – 0,85 bаll – «yahshi».0,55 – 0,70 bаll – «qоniqаrli».
3 - laboratoriya ishi
Tuzlarning olinishi va xossalari
Zarur asbob va reaktivlar'. Karbonat angidridni olish uchun Kipp apparati, chinni kosacha, lakmus qogozlari, shisha tayoqcha, probirkalar, rux metalli.
Eritmalar: 2 n. bariy gidroksid, 2 n. xlorid kislota, o’yuvchi natriy, 0,5 n. mis (II) sulьfat, 0,05 n, kumush nitrat, 0,5 n. temir (II) xlorid, 0,5 n. bariy xlorid (bariy nitrat), 0,5 n. kaliy sulьfat, 0,5 n. magniy sulьfat, 0,5 n. kobalьt (II) xlorid, 0,5 n. ammoniy gidroksid.
1-tajriba. Neytrallanish reaktsiyasi.
CHinni kosachaga 2 n. xlorid kislota eritmasidan 10 ml solib, uning ustiga oz-ozdan 2 n. uyuvchi natriy qo’shing va aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib neytral eritma olishga harakat qiling. Neytral eritma kuk va kizil lakmus rangini uzgartirmaydi. Reaktsiya tenglamasini yozing.
2-tajriba. Metallning boshqa metall tuzi bilan o’zaro ta’siri.
Probirkaga 5 — 8 ml mis (II) sulfat eritmasidan quyib unga bir-ikki dona rux bo’lakchasidan soling. Eritmani qaynaguncha qizdiring, eritma rangining o’zgarishini va mis ajralib chitsishini kuzatib reaktsiya tenglamasini yozing.
3- tajriba. Tuz bilan kislotaning o’zaro ta’siri.
Probirkaga ozroq kumush nitrat eritmasidan olib, ustiga suyultirilgan xlorid kislotadan tomchilatib qo’shing, oq cho’maning hosil bo’lishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing.
4- tajriba. Tuz bilan asosning o’zaro ta’sirini urganish. Probirkaga temir (III) xlorid eritmasidan 5 — 6 ml olib, ustiga uyuvchi natriy eritmasidan tomchilab kushing, qo’ng’ir cho’maning hosil bo’lishini kuzating. Eritmada bir vaqtning uzida NaCl ham hosil bo’ladi. Buni filьtrlangan eritmani bug’latib isbotlash mumkin. Reaktsiya tenglamasini yozing.
Dostları ilə paylaş: |