Mavzu:Birinchi, ikkinchi va uchinchi gurih kationlari aralashmasining analizi. Reja 1.Aralashmadan lll gurih kationlarini ajratib olish va topish
2.Aralashmadan 11, I gurih kationlarini ajratib olish va topish.
O`quv mashg`ulotining maqsadi:Kationlarning birinchi, ikkinchi va
uchinchi gurih analitik guruhi aralashmasini ajratish tajribalar bilan to’liq
tanishish va bilimlarnil kengaytirish
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalarga birinchi, ikkinchi va uchinchi
gurih kationlarning aralashmasini ajratish tajribalar bilan to’liq tanishish
va bilimlarnil kengaytirishni o`rganadilar
1. Dastlabki sinovlar a) NH4+ kationini topish. Tekshirilayotgan aralashma eritmasidan probirkaga 2-3 tomchi olib, ishqor qoshib qizdirish yoli bilan yoki Nessler reaktivi yordamida ammoniy kationining bor-yoqligi aniqlanadi.
b) Fe2+ va Fe3+ kationlarini aniqlash. Ikkita probirkaning har biriga 2-3 tomchidan tekshirilayotgan eritmadan solinadi, ikkalasida kuchsiz kislotali muxit (HCl yordamida) xosil qilinadi. Birinchi probirkaga K3[Fe(CN)6] eritmasidan 1 tomchi qoshiladi. Kok rangli cho’kmaning xosil bo’lishi Fe2+ kationi borligini korsatadi. Ikkinchi probirkaga 1 tomchi K4[Fe(CN)6] eritmasidan tomiziladi. Kok cho’kma-berlin \zangorisining xosil bo’lishi Fe3+ ionining borligini tasdiqlaydi. Fe3+ kationi bor-yoqligini NH4SCN yoki KSCN eritmalari yordamida qizil-qon rangli eritma xosil bo’lishidan ham topish mumkin.
v) Zn2+ kationini topish.binobarin Zn2+ ni topish mumkin bo’lmay qoladi. Rux kationini topishda tekshirilayotgan eritmadan 2-3 tomchi olib, unga H2S yoki ditizon ta'sir ettirish reaktsiyalaridan foydalaniladi.