Mavzu: Temir Fe+3 uning analitik kimyosi MUNDARIJA: I BOB KIRISH Asosiy qism 1.1 Kationlarning analitik klassifikatsiyasining metodikasi 1.2 Kationlarning H,S li analiz metodikasi boʻyicha klassifikatsiyasi 1.3 Kationlarning ammiak fosfatli analiz metodi boʻyicha klassifikatsiyasi 1.4 Kationlarning kislota-asosli analiz metodi boʻyicha klassifikatsiyasi II BOB TAJRIBAVIY QISM 2.1 kerakli reaktiv va jihozlar 2.2 Fe +3 kationining analitik reaksiyalari III BOB. XULOSA IV BOB. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI KIRISH
Mavzuning dolzarligi: Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta zamin hozirlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati bugungi davrtalablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Kurs ishining maqsadi:Kimyo fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida.