- Men ham to‘palon qilsam bo‘ladimi? (katta odam kubiklarni polga sochib
tashlaydi). Menga olib ber. Endi eng kichkinasini ber.
- Endi esa qizil rangli eng katta kubikni, kichkina sariq kubikni olib ber-chi...
va h.k.
«Ajoyib derazalar» mashqi
Maqsad: rang va shaklni idrok etishga qaratilgan sensor funksiyasini
shakllantirish.
Jihozlar: 12 ta to‘rtburchak rangli kartochkalar (asosiy ranglar va rang tuslari);
har xil shakldagi 5 ta kartochka.
Yo’riqnoma: vazifa bola bilan birgalikda o‘yin davomida olib boriladigan dialog
shaklida bajariladi.
- Bir sehrgar derazalari ajoyib bir saroy barpo etibdi. Har kim o‘z derazasini
topishi uchun uning shakli va rangini bilishi kerak. Kel, shu derazalarni yaxshilab
ko‘rib chiqamiz va uning rangi va shaklini aniqlashga urinib ko‘ramiz.
(Kartochkalar stolga yoyib qo‘yiladi va bola har bitta derazaning rangi va shaklini
aniqlaydi).
- Endi shakli va rangi o‘zingga yoqqan bir derazani tanlab ol-chi.
«Sehrli rasmlar» o’yin-mashqi
Maqsad: obrazni bir butun holda idrok etish, fazoni idrok etish qobiliyatini
rivojlantirish.
Jihozlar: a) uchta rasm, ulardan bittasi ikki qismga, ikkinchisi to‘rt qismga
va uchinchisi olti qismga bo‘lingan; syujetli rasmlar (3-4 ta rasm).
Yo‘riqnoma: konvertlarga sehrli rasmlar solib qo‘yilgan. Bolalar ularni
yig‘ishga urinadilar, ammo ular yana sochilib ketaveradi. Sen bu rasmlarning
qismlarini to‘plab ko‘r-chi. (Shundan keyin pedagog bolaga avval ikki qismga
bo‘lingan rasmni taklif qiladi, bu birinchi – sodda daraja; keyin o‘rtacha
qiyinlikdagi darajani, ya’ni to‘rt qismga bo‘lingan rasmni yig‘ishni taklif etadi.
Dostları ilə paylaş: