Mashg’ulotning tuzilishi


Kattalar mehnati bilan tanishtirish



Yüklə 100,53 Kb.
səhifə7/19
tarix04.12.2023
ölçüsü100,53 Kb.
#172496
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Mashg’ulotning tuzilishi-fayllar.org

4. Kattalar mehnati bilan tanishtirish
Ta`lim-tarbiyaviy ishning mazmuni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali mehnat bo’lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va butun xalq uchun zarur ekanligi to’g’risida tushuncha berib boriladi. Masalan, o’simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar uchun va nima maqsadda ishlatilishi to’g’risida bilim va tushunchalar berib boriladi.
Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko’zlab ham amalga oshiriladi: kattalar mehnati to’g’risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o’rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg’otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o’rgatish.
Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- har bir kishi mehnatining ijtimoiy moxiyati;
- mehnat axli o’rtasidagi ijobiy o’zaro yordam berish munosabati;
- har qanday kasb ham muxim ekanligini tushuntirish.
Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish:

  1. mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;

  2. materiallarni tanlash (mehnat materiallari);

  3. jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan asboblarni tayyorlab olish);

  4. mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan mehnat harakatlari);

  5. natija-mehnat mahsuli.

MTM dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar mehnati to’g’risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari lozim:
Kichik guruh:
1. Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.
2. Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.
3. Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar.
4. Ma`lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.
5. Mehnat natijasi.
6. Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.
O’rta guruhda mehnat to’g’risida qo’shimcha tasavvur va bilimlar beriladi:
- Harakat sifati xakida.
- Kishilarning mehnatini engillatuvchi moslamalar.
- Kishilarning mehnatga muhabbati.
Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar beriladi:


  1. Kishilar mehnatini engillatadigan mashina va mexanizmlar to’g’risida.

  2. Kishilar mehnati jamoa harakterida ekanligi to’g’risida.

  3. Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida.

  4. Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an`analari xaqida.

Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari MTM da bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo’llar va metodlar orqali amalga oshiriladi.



Yüklə 100,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin