Mashina amallari Arifmetik-mantiqiy jo'natish o'tish kiritish chiqarish va sistema amallari


Himoya. OS bajarilayotgan masalalarning o`zaro bir-biriga beradigan tasiridan himoyalash kerak. 3. Bashorat



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#193049
1   2   3   4   5
NUMONJONOVA Dilrabo

2. Himoya. OS bajarilayotgan masalalarning o`zaro bir-biriga beradigan tasiridan himoyalash kerak.
3. Bashorat. OS foydalanuvchi so`roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo`lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo`lishidan qat'iy nazar natija bir xil bo`lishi kerak.
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerakOS lardan quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishi talab qilinadi:
5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirishi kerak. Sistemaning o`zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko`paytirishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo`shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeysi darajasidan pastda sodir bo`ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Bu holatda interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o`zaro bog`liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.
Bir dasturli rejim-kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
Ko`p dasturli rejim (multidastur)-OS bir vaqtning o`zida bir biriga bog`liq bo`lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o`rtasida o`zaro taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy protsessor ish vaqti bilan «periferiya» qurilmalari ishini ta'minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimdan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin