Mashinasozlik materiallari


Jez (latun)lar va ularning xossalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Engineering materials - lecture 8

Jez (latun)lar va ularning xossalari
. Jezlar yuqori mexanik va texnologik 
xususiyatlarga ega bo'lgan muhim mashinasozlik materialidir. Jezlarning 
struktura tuzilishlarini Cu-Zn diagrammada ko'rish mumkin (8.1-rasm). 
8.1-rasm.
Mis-rux tizimining holat diagrammasi. 


Rux misda 39% gacha erib, bir xil tarkibli 
α-qattiq eritmani
hosil qiladi. Demak, 
jezlar qattiq eritma bo'lib, yaxshi plastiklikka ega. 
Mis rux bilan α - qattiq eritmadan tashqari bir qator β-, 
γ
-kabi fazalarni hosil 
qiladi. Lekin amaliyotda qo'llaniladigan jez strukturasi ko'pincha bir fazali 
α

qattiq eritmadan yoki 
( a +
β) fazadan iborat bo'ladi (8.1-rasm). 
Yuqori haroratda β-faza (CuZn) ning elementar kristall panjarasida Zn atomlari 
tartibsiz joylashgan bo'ladi. 454...468
0
C dan kichik haroratda atomlarning 
joylashish tartibi o'zgaradi, ya'ni CuZn kristall panjara asosida tartibli singdirish 
qattiq eritmasi hosil bo'ladi, natijada plastiklik kamayadi. Bunday faza β’ deb 
belgilanadi. Qattiq eritma yuqorida ko'rsatilgan haroratdan boshlab sovitilsa, 
ruxning misda erishi ham kamayadi. 
β- faza paydo bo'lishi bilan plastiklik kamayadi va qotishmadagi ruxning miqdori 
45% ga yetgunga mustahhkamlik oshib boraveradi. Rux miqdori undan oshsa
qotishmaning mo'rtligi oshib, mustahkamligi keskin kamayadi. Shuning uchun 
texnikada qo'llaniladigan jezlarda ruxning miqdori 45...50% dan oshmaydi. 
8.2-rasm. 
Bir fazali
α-latun (a)
va 
ikki fazali
α + γ -latun (b)larning 
mikrotuzilishi. 
Bir fazali 
α
-
latunlar
issiq va sovuq holda plastik deformasiyalanadi. Ikki 
fazali 
(a +β’)
jezlar sovuq holda uncha plastik emas, ular issiq holda plastik 
deformasiyalanadi, buning uchun qotishmani qizdirish harorati 
( a + β )
-faza 
hosil bo'lguncha oshirilishi kerak. 
( a + β )
jezlarning mustahkamligi 
α
-


jeznikidan katta, ishqalanib yemirilishga esa chidamli, plastikligi kamdir. 
Ikki fazali jezlarning xossalarini yanada yaxshilash uchun ular qo'shimcha Al, Fe, 
Ni, Sn, Mn, Pb va boshqa elementlar bilan legirlanadi. Bunday jezlar maxsus yoki 
murakkab tarkibli materiallar hisoblanadi. Jezlarga qo'shimcha legirlovchi 
elementlar qo'shilsa (bundan nikel mustasno), ruxning misda erishi kamayadi 
hamda β-fazaning vujudga kelishi osonlashadi. Nikel ruxning misda erishi 
ko'paytiradi. Agar nikel qotishmada yetarli darajada bo'lsa, strukturada 
(α+β) 
o'rniga bir tarkibli qattiq eritma hosil bo'ladi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin