MASHINASOZLIK MATERIALLARI
8-Mavzu
:
Magniy va uning qotishmlari. Quyma magniy qotishmalari.
Mis va uning qotishmalari. Latunlar, ularning markalanishi, xossalari va
qo’llanilishi
.
Maruzachi: Jamshidbek Khasanov
Magniy
juda yengil metall bo'lib, och kulrang ko'rinishga ega, uning zichligi esa
1,74 g/sm
3
ga teng.
Geksogonal kristall panjaraga
ega bo'lib, kimyoviy faolligi
katta, hatto havoda o'z-o'zidan yonadi. Texnik tozalikka ega bo'lgan magniyning
uchta tamg'asi(markalanishi) ma'lum:
Mr 90
(99,90 %Mg)
Mr 95
(99,95% Mg) va
Mr 96
(99,96% Mg).
Quyma magniyning mexanik xossalari quyidagicha: ϭ
b
=115MPa, ϭ
0
,
2
=25MPa
δ= 8 %, HB=40 MPa.
Magniyning
Al, Zn, Mn bilan hosil qilgan qotishmalari ma'lum. Magniy
qotishmalarining holat diagrammalari alyuminiy qotishmalarinikiga o’xshash
bo’lib, ular ham deformatsiyalanadigan va quyma qotishmalarga bo’linadi.
Shuning uchun termik ishlov turkumlari alyuminiy qotishmalariga beriladigan
termik ishlash turkumiga o'xshash. Magniy qotishmalariga toblash va eskirtirish
berilgandan keyin mustahkamlik bir oz oshadi. Qotishmalarni toblash uchun 3
80...420
0
C, eskirtirish uchun esa 200...300
0
C qizdiriladi. Magniy qotishmalarini
termik ishlash xususiyati shundan iboratki, ularda diffuzion jarayon sekin
borganligi uchun, toblash haroratida ko'proq (4...24 soat) ushlab turishga to'g'ri
keladi. Eskirtirish haroratida ham uzoq vaqt (16…24 soat) ushlab turiladi. Buning
natijasida deformatsiyalangan qotishmaning: (b ko'rsatkichi 10...30% va quyma
qotishmaniki 30...60% ga oshadi. Magniy qotishmalaridan avtomashina, samolyot,
yigiruv va to’qimachilik dastgohlari vositalarini tayyorlashda keng qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |