Mashinasozlik materiallari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix28.11.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#167501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Engineering materials - lecture 8

dendritlardan
iborat bo'ladi. 
Qalayli bronzalar
qo'shimcha ravishda rux, qo'rg'oshin, nikel, fosfor bilan 
legirlanadi (БpOTCCH 3-7-5-1, БpOФ6,5-1,5 va hokazo). Bu elementlar 
bronzaning qo'shimcha ravishda mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi. 
Masalan, 
nikel
ularning korroziyabardoshliligini oshiradi, 
fosfor
esa 
kristallanish jarayoniga ta'sir etishdan tashqari antifriksion xossalarini 
yaxshilaydi. Qo'rg'oshin bronzaning mexanik xossalarini biroz kamaytiradi
zichligini oshiradi, antifriksion xossalarini yaxshilaydi, kesib ishlashni 
osonlashtiradi. Rux ham bronzalarning texnologik xossalarini yaxshilaydi. Qayta 
ishlash texnologiyasiga ko'ra bronzalar 
deformatsiyalanadigan
va 
quyma 
bronzalarga
bo'linadi (8.2-jadval). 
 
 
 
 
 
 


Deformasiyalanadigan va quyma bronzalarning mexanik xossalari va 
qo’llash sohasi
.
8.2-jadval
 
Deformasiyalanadigan bronzalardagi
(5017-70GOST) qalayning miqdori 8% 
dan kam bo'ladi (БpOФ6, 5-0,15, БpOTC4-3, БpOTCC4-4-2,5). Bunday 
bronzalardan murakkab shakldagi buyumlar, hatto prujinalar ham tayyorlanadi. 
Quyma bronzalar (613-79 GOST) dagi qalayning miqdori 6% ga teng, yoki undan 
kam bo'ladi.Bunday bronzalar yuqori antifriksion xossalarga va yetarli darajada 
mustahkamlikka ega; ulardan armaturalar hamda ishqalanish juftlari tayyorlanadi 
(БpOTCC4-4-2,5; БpOTCCH3-7-5-1, БpOTCC4-4-17). 
Maxsus bronzalar
mashinasozlik materiallari sifatida ishlatiladi. Bunday 
bronzalarning tarkibida alyuminiy, nikel, kremniy, temir, berilliy, xrom, 
qo'rg'oshin va boshqa elementlar bo'ladi, ya'ni ular murakkab tarkibga ega. 
Bronzalarda qaysi element muhim legirlovchi element bo'lsa, bronza shu element 
nomi bilan ataladi. Bunday bronzalar ichida alyuminiyli bronzalar (БpAЖ9-4, 
БpAЖH10-4-4 va hokazo) eng ko'p tarqalgan bo'lib, yuqori mexanik xossalarga 
ega, ularning antifriksion va korroziyabardoshlilik xossalari ham yaxshi. 
Alyuminiyli bronzalarning cho'kma hosil qilish xususiyatlarini kamaytirish hamda 
oksidlanish va gaz pufaklarini hosil qilish xususiyatlarini kamaytirish maqsadida 
ular temir, nikel, marganes bilan qo'shimcha legirlanadi (БpAЖMC 10-3-2). Ular 
quyma yoki deformasiyalangan har xil shakldagi yarimfabrikat holda 
chiqariladi.Bunday bronzalar harorat ta'siri ostida ishqalanish natijasida 


yeyiladigan, asosan, javobgarligi katta bo'lgan mashina vositalarini tayyorlashda 
ishlatiladi (8.3-jadval). 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin