struktura mis va qo'rg'oshin kristallaridan iborat bo'ladi.
Bunday struktura esa
yuqori antifriksion xususiyatlarga ega bo'lib, issiqlikni yaxshi tarqatadi. Shuning
uchun bunday bronzalardan yuqori tezlikda katta kuch ta'sirida
ishqalanib
ishlaydigan mashina vositalari tayyorlanadi.
Masalan, БpC30 dan tayyorlangan ishqalanish juftining qalayli bronza БpOTCC4-
4-2,5 ga qaraganda issiqlik o'tkazuvchanligi 4 barobar katta. Bunday
qotishmalarning mexanik xossalari va korroziyabardoshliligi oshirish maqsadida
ular nikel va qalay bilan qo'shimcha legirlanadi.
Berilliyli bronzalar
(БpB2) ham muhim antifriksion xususiyatlarga ega, ular katta
kuchlanish va tezlikda ishlaydigan mashina vositalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Bunday qotishmalarning alohida xususiyatlaridan
biri issiqbardoshligidir, ular
800
0
C gacha o'z xususiyatlarini yo'qotmasdan ishlay oladi.
Bronzalarning
Dostları ilə paylaş: