MASHINASOZLIK MATERIALLARI 12-Mavzu: Nanotexnologiya. Nanomateriallar va nanokompozitlar. Yumshatish, normalash, toblash va bo’shatishlarning texnologik jarayonlari
Maruzachi: Jamshidbek Khasanov Nano o’lchamli materiallarni olish usullari.Nanomateriallarni olish usullariga bo‘lish negizida nanomaterialni sintez bo‘lish jarayoni yotadi. shu nuqtai nazardan olish usullari quyidagi turlarga bo‘linadi: mexanikaviy, fizikaviy, ximiyaviy va biologik. Mexanikaviy usul materiallarga katta deformatsiyalovchi kuch ta’siriga asoslangan: bosim, egish, vibratsiya, ishqalash, kavitatsion jarayonlar va x.k. Fizikaviy usullar asosida fizikaviy o‘zgarishlar yotadi: bug‘lanish, kondensatsiya, toblash, termotsikllash va boshqalar. Ximiyaviy usullar ximiyaviy reaktsiyalarga asoslangan: elektroliz, qaytarilish, termik parchalanish. Biologik usul oqsil tanachalarida o‘tadigan biologik jarayonlarga asoslangan.
Nano o’lchamli paroshoklarni yig’ish usullari. Nanomateriallar olish usullarini ko‘pchiligini natijaviy maxsuloti bu- paroshok. Ba’zi materiallarni nanostukturalarini katta xajmda yaratish qiyin,ba’zan esa mumkin emas.
Nanoparoshoklardan xajmiy materiallar olish uchun, birinchi navbatda, xar- xil presslash jarayoni variantlari qo‘llaniladi.
Jipslashgan buyum olish uchun, presslashni, pishirishni (“spekaniye”), prokatlashni xar-xil texnologik jarayonlarini qo‘llaniladi.
Amaliyot ko‘rsatadiki, materialni dispersligi ortishi bilan jipslashishligi kamayadi.
Presslash-bu kukunga bosim ta’sirida forma berish-formalash. Natijada talab qilingan forma, o‘lcham va zichlik olinadi.
Presslash statik va dinamik gruppalarga bo‘linadi. Bularning xar biri yana guruxlarga bo‘linadi:
1.Presslash xaroratiga qarab: soviq va issiq presslash.
2.Qo‘yilgan kuch xarakteriga qarab: bir o‘qli,ikki o‘qli, xartomonlama.