Yuqori haroratda bo‘shatishda toblangan buyumlar 450-650°C gacha qizdiriladi. Shunday kizdirilib, ma’lum vaqt tutib turilgach, sorbit strukturasi hosil bo‘ladi. Normallashdan keyin olingan sorbitdan farqli ravishda yuqori haroratda bo‘shatishdan so‘ng tsementit donador strukturaga ega bo‘ladi. Bu zarbiy qovushqoqlikni keskin oshiradi. Shuning uchun foydalanayotgan paytda zarbiy kuchlar tushadigan mashina detallari yuqori haroratlarda bo‘shatiladi.
Po‘lat buyum toblab, so‘ngara yuqori haroratda bo‘shatilsa bunday termik ishlov turi termik yaxshilash deb ataladi. Bo‘shatish harorati qancha yuqori bo‘lsa, buyumning zarbiy qovushqoqlik shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin ba’zi konstruksion po‘latlarda zarbiy qovushqoqlikning kamayishi ham kuzatiladi. Bu kamchilik bo‘shatish mo‘rtligi deyiladi. Bu xodisa po‘lat buyumlarni bo‘shatishda sovitish tezligiga bog‘liq bo‘lib, martensitning sorbitda notekis aylanishi bilan tushuntiriladi.
Quyma bimetall kompozitsiyalarni termik ishlash. Metall va qotishmalardan yasalgan turli turdagi asboblarga termik ishlov berishda, ularni ma’lum haroratga qizdirib, metall asosda to‘liq faza o‘zgarishlari ro’y bergunga qadar shu haroratda tutib turib, sovutish tezligi turlicha bo‘lgan muhitlarda (moy, suv, tuz, qum, havo va b) sovutish orqali asbob struktura va xossalarini zarur tomonga o‘zgartirish oqibatida ularni ishlash muddatlarini oshirishdan iborat. Buyumga ko‘rsatilgan termik ta’sirlar natijasida olingan ijobiy samara issiqlik ta’siri to‘xtatilgandan keyin ham saqlanib qolishi zarur. Ko‘pchilik asbob (shtamp, matritsa, kesgich, filer, parma va b) larni tayyorlashda texnologik jarayon shunday quriladiki, asboblarning yuqori kuchlanish ta’sirida ishlaydigan ishchi qismlarida qoldiq ichki siquvchi kuchlanishlar miqdorini oshirish orqali, ularning yeyilishbardoshligi, mustahkamligi va boshqa xossalarini oshiriladi.
Quyma bimetall kompozitsiyalarni termik ishlov berish orqali, ularning ishlash muddatlarini oshirish qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari deyarli ko‘p emas. Mavjud texnologik rejimlar ham asbobsozlik materiallariga beriladigan standart rejimlardan farq qilmaydi. Quyma bimetall kompozitsiyalarni termik ishlov berish rejimlarini ishlab chiqishda, ularni bir nechta turli materiallardan iborat ekanligiga e’tibor berilishi lozim. Buni hisobga olmaslik turli materiallardan tuzilgan kompozitsiyalaring potensial imkoniyatlarini ochishga hamda termik ishlov natijasida zarur samaraga erish mumkin emas..