Atmosfera va uning geografik qobiq uchun ahamiyati



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#167150
  1   2   3   4   5
ATMOSFERA GEOEKOLOGIK XUSUSIYATLAR


atmosfera geoekologik xususiyatlar
Reja:

1. Atmosferaning havo tarkibi.


2. Atmosferaning vertikal tuzilishi.
3. Atmosferaning geoekologik qobiq uchun ahamiyati.

Atmosferaning havo tarkibi.
Erning tashqi gaz qobig`iga atmosfera deyiladi. Atmosfera havosi turli gazlar, changlar, suv bug`lari va boshqalarning aralashmasidan iborat. Suv bug`laridan tashqari gazlar aralashmasi doimiy kimyoviy tarkibga ega. eavoni erning tortish kuchi ushlab turadi. Er yuzasiga yaqin qatlamda havoning zichligi eng katta bo`ladi. Okean yuzasida havoning zichligi 1,275 kg/m3. Yuqoriga ko`tarilgan sari havoning zichligi 0,785 kg.m3, 10 km darajasi - 0,411, km darajasi - 0,087 kg/m. 300 km balandlikda havoning zichligi er yuzasi yaqinidagiga nisbatan 100 mlrd marta kam, 1-3 ming km balandlikda esa uning zichligi Kosmosdagi moddalarning zichligiga tenglashadi.
Azot troposfera havosida eng ko`p tarqalgan gaz bo`lib, u kimyoviy jihatdan kam faoliyatlidir.. u oqsil moddasining tarkibini asosiy qismi bo`lib, erkin havodan azotni bakteriya va suv o`tlari o`zlashtirib oladilar.
Kislorod juda faol gaz bo`lib geografik qobiqdagi juda ko`p jarayonlarda bevosita qatnashadi. U organik moddalarni, tog` jinslarini, vqukan otilishidan chiqqan gazlarni parchalaydi. Fotosintez jarayonida atmosferaga 20*1016 gr kislorod o`tadi.
Karbonat angidrid gazi fotosintez jarayonida organik moddani hosil qiluvchi asosiy manba:
Organik moddalar parchalanganda bu gaz yana atmosferaga o`tadi. Bu gaz qisqa to`lqinli quyosh nurlarini er yuzasiga o`tkazib yuborib, er yuzasi tarqatgan uzun to`lqinli nurlarni yutib qolib issiqxona samarasin hosil qiladi.

Atmosferaning vertikal tuzilishi


Atmosfera yarusli tuzilishga ega. Er yuzasidan yuqoriga ko`tarilgan sari unda quyidagi qatlamlarni ko`rish mumkin.
Troposfera (0-12 km) atmosferaning quyi qatlami bo`lib, unda havoning 80 % to`plangan. Uning fizik xususiyatlari er yuzasi tuzilishi bilan uzviy bog`langan. Er yuzasidan u issiqlik oladi. Tirik mavjudotlar, nurash, cho`kindilarni hosil bo`lishi, quruqlik va okeanlarda yuz beruvchi jarayonlar troposferaning gaz tarkibini shakllantiradi. Unda yuqoriga ko`tarilgan sari havo harorati pasayadi. O`rtacha olganda har 100 metrda 0,6S ga teng. Bunga asosiy sabab yuqorida bosimni pasayishi natijasida havoni kengayishi va er yuzasini sovushidir. Bu qatlamda havo doimo harakatda bo`ladi.
Tropopauza (12-14 km) oraliq qatlam bo`lib, haqo harorati deyarli o`zgarmaydi, nayzali oqimlar kuzatiladi.
Stratosfera (14-30 km) darajasi 20 km gacha haroratni pasayishi kuzatilmaydi, u -60-70S. Undan yuqorida harorat ko`tariladi. Bunga sabab ozon qatlamini qisqa to`lqinli nurlarni yutishidir.
Stratopauza (30-35 km) yoki ozon qatlami quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni yutib qolib er yuzasidagi hayotni saqlab qoluvchi qatlam hisoblanadi.
Mezosfera (35-75 km) darajasi yuqoriga ko`tarilgan sari harorat yana pasayadi (-90S).
Mezopauz (75-100 km)da kislorod va vodorod molekulalari atomar gazlarga aylanadiyu harorat -1000, -130S ga boradi. Bu qatlamda harorat qishda yozdagiga nisbatan bir necha o`n gradus yuqori bo`ladi.
Ionosfera (100-1200 km) elektronlar va musbat ionlarning yuqori to`plamidan tashkil topgan qatlam. Bu qatlamda havo harorati 1500 km baandlikda 220 S gacha, 600 km balandlikda esa 1500 S gacha ko`tariladi. Bu harorat zarrachalarning kinetik harakatini tezligi bo`yicha aniqlanadi.



Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin