Masofaviy ta’lim tizimida foydalanish reja: 1 masofaviy ta’lim tizimi



Yüklə 43,13 Kb.
səhifə1/9
tarix02.01.2022
ölçüsü43,13 Kb.
#47546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MASOFAVIY TA'LIM TIIZMI


MASOFAVIY TA’LIM TIZIMIDA FOYDALANISH

REJA:

1 MASOFAVIY TA’LIM TIZIMI

2 MASOFAVIY TA’LIM TIZIMINING IMKONIYATLARI

3 MASOFAVIY TA’LIM TIZIMIDAN FOYDALANISH

Bugungi kunda xorijiy tilni bilish ota muhim ahamiyat kasb etganligi bois chet tili oqitish tizimini ham isloh etish, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oqitishning ilgor usullarini qollash talimdagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Zero, Prezidentimiz tomonidan 2012 yil 10 dekabrda e’lon qilingan “ Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori chet tili ta’limini rivojlantirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni  zamon talablariga mos yetuk  mutaxassis etib tayyorlash kabi ezgu maqsadlarga yo’naltirilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar o‘qituvchilari tayyorlandi, umumta’lim maktablarining 5-9 sinflari uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha multimedia darsliklari, boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha elektron resurslar tayyorlandi, umumta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan ko‘proq lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish, shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida ko’plab ishlar olib borilmoqda.




Yüklə 43,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin