Bitiruv malakaviy ishining yangiligi. - Mazkur mavzu yuzasi bo’yicha hozirgacha ilmiy tadqiqot olib borilmagan, alohida mavzu bo’lib ishlanmagan, yetarlicha diqqat – e’tibor qaratilmagan. Bitiruv malakaviy ishimizda ilk bor ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar xususan masofaviy ta’lim imkoniyatlari o’rganiladi. Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish qulayliklari tahlil qilinadi va unda yuzaga keladigan muammolar aniqlanadi. Mavzuning ilmiy yangiligi ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati bilan belgilanadi.