Masofaviy va modulli ta„lim texnologiyalari



Yüklə 151 Kb.
səhifə1/12
tarix10.06.2023
ölçüsü151 Kb.
#128160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI. MASOFAVIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI. IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI





INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O`QITISHDA MASOFAVIY TA'LIM

Mundarija:
Kirish…………………………………………………………...3

    1. Masofaviy ta‘lim haqida tushuncha…………………………….7

    2. Ta‘limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta‘lim…...17

    3. Masofaviy o`qitishning metodologik asoslari…………………25

    4. Informatika va axborot texnologiyalari masofaviy ta'lim……...29

Xulosa………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………...34
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Uzluksiz ta’lim tizimida elektron axborot ta’lim resurslarini (EATR) yaratish hozirgi vaqtda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dasturiy ta’minotlar tahlilini bayon etishdan oldin, EAT resurslariga nimalar kirishini ko‘rsatib o‘taylik.
EAT resurslariga fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik ko‘rsatmalar, multimediyali vositalar, ma’lumotnomalar va lug‘atlar, gipermatnlar, elektron testlar va topshiriqlar hamda shunga o‘xshash talabaning mustaqil bilim olishini ta’minlovchi, o‘rganishga qiziqish uyg‘otuvchi resurslar kiradi[Fanning o‘quv–metodik majmuasi/ O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2009-yil].
uqorida keltirilgan resurslarga qo‘shimcha sifatida pedagogik dasturiy vositalar, video va audio ma’ruzalar, virtual laboratoriya stendlari, intreaktiv plakatlarni kiritish mumkin.
EAT resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com]. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega [http://www.ispringsolutions.com]. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.

Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin