Matematik fikrlashini rivojlantirish


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya



Yüklə 486 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.05.2023
ölçüsü486 Kb.
#113736
1   2   3   4   5
ZDIT24127

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
ustida ishlash jarayonini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchi masala yechimini topishga 
qiynalmaydi. Murakkab masalalar ustida ishlash jarayonida biz boshlang‘ich 
sinflarda 3xil turdagi masalalarga duch kelamiz: 
a) yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri ma‟lum bo‘lib, qo‘shiluvchilarni 
taqqoslashni talab qiladigan masalalar. 
Bu kabi masalalarni har doim ham yechimini ifoda yordamida tasvirlab bera 
olmaymiz. Ba’zan bunday masalalarning bosh savolini qo‘yishda biz yechimini 
alohida amallar bilan yozilishiga murojaat qilamiz. Quyidagi masalani ko‘rib 
chiqamiz: Sinfda 37 nafar o‘quvchi bor, ulardan 20 nafari o‘g‘il bola, qolganlari qiz 
bolalardir.Sinfda qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan nechta kam? 
Masalani tahlil qilamiz: dastlab qiz bolalar sonini aniqlab olamiz. Buning 
uchun jami o‘quvchilar sonidan o‘g‘il bolalar sonini ayiramiz. Shunday qilsak qiz 
bolalar soni kelib chiqadi. 37-20=17 Shundan so‘ng ayrim o‘quvchilarda 
qiyinchiliklar kelib chiqadi. Ularning aksariyati shu joyida masala yechimini 
topdim deb o‘ylaydi va asli bosh savol yodlaridan ko‘tariladi. Bizdan yuqorida qiz 
bolalar soni emas aksincha, ularni o‘g‘il bolar sonidan nechta kamligi so‘ralgan. 
Biz har doim shu o‘rinda o‘quvchilarga har bir savolga e’tiborli bo‘lish kerakligini 
eslatishimiz kerak. Chunki asosiy maqsadni aniqlab olmay turib natijaga yetib 
bo‘lmaydi. Shundan so‘ng davom etamiz, bizda nimalar ma’lum; sinfdagi 
o‘quvchilar soni (37 nafar), o‘g‘il bolalar soni (20 nafar), qiz bolalar soni (17 
nafar) demak biz endi o‘g‘il bolalar sonidan qiz bolalar sonining nechta kam 
ekanligini topamiz. Buning uchun o‘g‘il bolalar sonidan qiz bolalar sonini 
ayiramiz. Shundan so‘ng sinfda qizlar va o‘g‘il bolalar farqini bilib olamiz. 20- 
17=3
Bundan ko‘rinib turibdiki sinfda o‘g‘il bolalar qiz bolalardan 3 ta ko‘p yoki qiz 
bolalar o‘g‘il bolalardan 3 ta kam ekanligi aniqlandi. b) a*b+c, (a+b)*c va 
h.k.ko‘rinishidagi masalalar. (Ko‘paytirish va bo‘lishga oid sodda masalalarni o‘z 
ichiga olgan masalalar). Bunday masalalar asosan 2-sinfda karra jadvali 
o‘tilgandan so‘ng beriladi. Bunda biz, asosan, e’tiborimizni o‘quvchilarning 
ko‘paytirish va bo‘lish amallarining mohiyatini chuqur o‘zlashtirganidan so‘ng 
bajarilishga talab qilishimiz kerak. Chunki ushbu amallarning asl mazmun-
mohiyatini anglab yetmay turib bu amallarga doir murakkab masalarni yechib b
o‘lmaydi. Masalan: Anora onasiga berish uchun uch xil guldasta oldi.Ularning 
birida 5ta gul, qolgan ikkitasida 3tadan gul bor edi . 
Anora onasiga nechta gul olgan. Bunday masalalarni o‘quvchilarga yetkazib 
berishda biz, asosan, ularning o‘zlarga tanish bo‘lgan misollardan namunalar olib 
tushuntirishimiz kerak. Shunda ularda masala yuzasidan bir qator tushuncha va 
tasavvurlar paydo bo‘ladi. Biz buni rasmlar bilan illyustratsiyalashtirish deb 



501 

Yüklə 486 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin