³√x (kubik yoki uchinchi darajali ildiz). 1525-yildaK.Rudoef kub ildizni ▼▼▼ko`rinishida bo`lgan.
Kubik (uchinchi darajali) ildiz 16 asrda quyidagi ko`rinishda ifodalangan: Rₓ.U.CU (lotinchada radix universalis cubica). Bizga ma`lum bo`lgan odatiy har qanday darajali ildizlarni Albert Jirar (1629) ishlata boshlagan. Bu format Nyuton va Leybnist sharofati bilan saqlanib qolgan.
3,62 (o`nlik vergul). Butunni kasr qismdan ajratuvchi o`nlik vergul italyan astranomlari Madjini (1592) va Neper (1617) tomonidan fanga kiritilgan. Bundan oldin esa vergulni o`rniga ba`zi bir simvollar – vertikal chiziq:3|62 yoki qavs ichida nol orqali: 3(0)62 ba`zi bir yozuvchilar al-Koshidan boshlab vergulni o`rniga undan o`ng va chap tomondagi raqamlari turli xil rangli siyohlarda yozishgan. Angliyada vergul o`rniga qatorning o`rtasiga nuqta qo`yishni ma`qul ko`rishgan bu an`ana AQSHda ham ishlatilgan. Lekin ular nuqtani ko`paytirish amali bilan adashtirmaslik uchun pastga qo`yishgan.
7\12 (kasr chizig’i). Oddiy kasrning “ikki qavatli” yozuvi qadimgi grek matematiklari orqali ishlatilgan. Ularda maxraj suratning ostida yozilgan lekin kasr chizig`i ishlatilmagan. Hind matematiklari maxrajni yuqoriga ko`tarishgan, arablar tomonidan bu format Yevropaga qabul qilingan. Kasr chizig`i birinchi marta Yevropada Leonardo Pizanskiy (1202) tomonidan fanga kiritilgan. Arximed davrida kasrning maxraji chiziqsiz, surat ustiga yozilar edi.
/ : ÷ (bo`lish amali). Bo`lish belgisi “-“ gorizontal chiziq arab olimlari ishlaridan olingan.
Bo’lish belgisini Otred qiya to’g’ri chiziq ya`ni “/” orqali ifodalagan. Ikki nuqta ya`ni : orqali 1684-yilda Leybnits ifodalagan. Ulargacha esa “D” harfi ishlatilgan. Geron, Diofant va arablarning asarlarida gorizontal kasr chizig’i ham ishlatilgan Angliya va AQSHda bu belgi “÷” ko’rinishini olgan buni Iogann Ran (Jon Pel bilan birgalikda bo’lishi ham mumkin) 1659-yilda davom ettirgan. Buni “obelyus ” deb atashgan. Matematika stantartlari bo’licha Amerika milliy komiteti (Inglizchada National Committee on Mathematical Requirements) Obelyusni 1923-yilda amaliyotda qo’llashni to’xtatishga urundi. Lekin bu harakatlar zoye ketdi.
e (eyler soni). e=2,71828 Eyler soninig standart ko`rinishini ko`rinib turganidek Eyler 1728-yilda yaratgan,1736-yilda chop etilgan. e soni Neper soni deyiladi.