O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika – matematika fakulteti
“Matematik fizika va analiz” kafedrasi
5460100- “Matematika” ta'lim yo’nalishi bo’yicha
bakalavr darajasini olish uchun
ISTAMOVA GULHAYO IXTIYOR QIZI
“MATEMATIK SIMVOLLAR TARIXI” mavzusida
BITIRUV MALAKAVIY ISH
“Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat Ilmiy rahbar______o`qit.
Berildi” Z.Bozorov
“ ” 2015 y “ ” 2015 y.
Kafedra mudiri Dots. Taqrizchi______o’qit.
R.T.Muxitdinov J.Bozorov
“____”________2015 y. “___”__________2015y.
“Himoya qilishga ruxsat berildi”
Fakultet dekani _______prof.SH.M.Mirzayev
„____“__________2015 y.
Buxoro- 2015y.
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………3
I. Matematikada simvollar kiritishda o`z hissasini qo`shgan ba`zi
bir matematik olimlar haqida.
1.1. Ulug`bek va Al-Koshiy ijodi………………………………………..11
1.2. Yevropa matematik olimlari haqida. .................................................16
I. Xulosa.. …………………………………………………….................……...25
II. Matematik simvollar tarixi.
2.1. Sonlar va amallar tarixi ……………………………………………..26
2.2.Ba`zi bir munosabatlar tarixi……………………………………..…33
2.3. Geometriya va trigonometriya oid simvollar tarixi............................40
2.4.Matematik analizga oid simvollar tarixi..............................................46
II. Xulosa.. …………………………………………………………..................49
Xotima………………………………………………...…………............49
Adabiyotlar................ ………………………………………..……........50
Kirish
“Bizning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’
g’oyamiz shuki, O’zbekistonning bitta
yo’li bor: mustaqillikni mustahkamlab,
mamlakatimizni har tomonlama
yuksaltirib, yorug’ va erkin hayot sari
olg’a yurish”.
I.A. KARIMOV
Prezidentimiz I.A.Karimov ,,Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch’’
asarlarida buyuk allomalarimiz haqida juda chiroyli fikrlarni bildirib o’tganlar.
Jumladan, Muhammad Muso Xorazmiy haqida so’z yuritilganda Prezidentimiz
shunday fikr bildirdilar “Bugungi kunda odamzotning ilm-fan va zamonaviy
texnologiyalar borasida erishayotgan ulkan yutuqlarini ko’z oldimizga keltirar ekanmiz beixtiyor buyuk bobomiz misolida bunday yuksak marralarga erishishda
o’zbek xalqining ham munosib hissasi borligidan qalbimiz iftixorga to’ladi.
Ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak o’ylaymanki ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”.
Hozirgi zamon fanida ta’limning yangi kondentitsiyasini ta’lim-
tarbiya paradigmasi deb talqin qilinadi. ,,Ta’lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maktab ta’limini rivojlantirish”, “Davlat umummilliy dasturini amalgam oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlar shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis qonunchiligidagi “Bizning bosh maqsadimiz jamiyatning demokratlashtirish va yangilash, mamalakatni modernizatsiya va isloh etishda” mavzudagi ma’ruzasidan, kelib chiqqan vazifalardan biri ta’lim-tarbiya berishning sifat va samaradorligini oshirishdir. O’quvchilarning bilishga bo’lgan ehtiyoji har tamonlama oshganligi hech kimga sir emas.
I.A.Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” asarida “O’qituvchi mustaqillikni amalga oshirish va mustahkamlashda ma’naviy qadriyatlarni tiklashning va milliy o’zlikning anglashning o’rnini ochib berishga alohida e’tibor berishi ” lozimligini ta’kidlaydi. Ta’lim to’g’risidagi qonun va milliy dastur ta’lim tizimida tub o’zgarish yasamoqda. Ta’lim sohasida olib borilayotga islohotlarning tub mohiyati ta’lim mazmunini va shaklini takomillashtirishga qaratilgan fan texnika taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratlashuvi, axborot miqyosining oshib borishi kabi omillar o’quvchining shaxsiy xususiyatlariga, jumladan idrok eta olish, tasavvur va fikrlash, aqlliy qobiliyatlarining rivojlanishiga olib keldi.
Zamonaviy ta’lim oldiga turgan eng muhim vazifa o’quvchi shaxsining ilm olishga bo’lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Biz kimni tarbiyalashimiz kerak?-degan savol zamonaviy pedagogika, didaktika, fanlarni o’qitish metodikalarining bosh masalasiga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida komil inson tushunchasiga aniq ta’rif beradilar. Komil inson deganda biz, eng avvalo ongi yuksak, o’z xulq-atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’la oladigan, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Buning uchun o’qituvchi yoshlarga nutq mahorati, notiq va har qanday gapiruvchining ma’naviy yetukligi o’z fanini chuqur o’rganishi, insoniy fazilatlari bilan bog’liq ekanligini tushuntirishi zarur. O’qituvchidan o’z nutq mahoratini oshirish uchun mantiqiy fikrlashni bilish, o’z fikrlariga tinglovchilarini ishontirish uchun mantiqiy dalillash san’atini-ritorikani yaxshi o’rganish tarixdagi mashhur allomalarning ta’lim-tarbiyaga ma’naviy kamolotga doir hikmatli so’zlari, fikrlashlaridan xabardor bo’lish talab qilinadi. Chunki tarbiyachi o’qituvchi uzundan-uzun umumiy gaplarni aytish o’rniga, purma’no, hikmatli so’zlarni, ibratli. hayotiy voqealarni, badiiy va pedagogik asarlarda qiziqarli hikoyalarni keltirib, o’z nazariy pedagogik fikrlashlarini isbotlashi muhim ahamiyatga egadir.
Zamonaviy darsga qo’yiladigan talab asosan jamiyatimizni ehtiyojlardan kelib chiqadi. Jamiyatning rivoji hayotning barcha jabhalarga shu jumladan ta’lim mazmuning, dars tuzulishiga qolaversa insonning kundalik faolioyatiga albatta o’z ta’sirini o’tkazishi tabiiydir.
XX asr aql-zakovat ma’naviyat va bilimdonlik asridir. Bu hol jmiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida tub o’zgarishlar qilish lozimligini taqazo etmoqda. Bu tub o’zgarishlar hozirgi jahon moliyaviy ishlab topishga undamoqda. Bu kabi muammoli vaziyatlarni oldini olishda, ularni yechimini izlashda, o’z kuchi va bilimiga ishonadigan, teran fikrli, barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanmoqda.
Buni chuqur his etgan mamalakatimiz rahbari asosiy e’tiborni yosh avlod masalasiga qaratib, ularning aqliy zakovati va ruhiy-ma’naviy salohiyati to’g’risida g’amxo’rlik qilmoqda. Bu g’amxo’rlikni Oliy Majlisning birinchi chaqiriq IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust) qabul qilingan “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” va 2008-yilni “Yoshlar yili”, 2010-yilni “Barkamol avlod yili” deb nomlanishida ham bilish mumkin. Bu hujjatlarda jamiyat kishilarning ayniqsa, yoshlarning aqliy zakovati va ruhiy ma’naviy salohiyatini yuksaltirish uchun ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni mazmuni va tuzulishini o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la ozod etish, o’quv-tarbiya sohasidagi muammolarni izchillik bilan bosqichma-bosqich amalgam oshirish nazarda tutilgan.
Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda. Xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar yetib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya berish sohasining asosiy maqsadi, vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim-tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi.
Ta’imni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi- bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridayoq butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm fan, kasb-hunar o’rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog’liq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohadida talay muammolar yig’ilib qolganini ko’rsatdi. Shuning uchun bu og’ir, mas’uliyatli, ammo hal qilishning aslo paysalga solib bo’lmaydigan bu ishni qadam-baqadam, izchillik bilan bajarishga bel bog’ladik.
Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oily o’quv yurtlarida tahlil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlanini o’rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab, o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etadigan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini berayotganining guvohi bo’lmoqdamiz.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalgam oshirish jarayonida maktab ta’limini, ayniqsa umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Shu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va mantiqiy davomi bo’lmish 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi qabul qilindi.
Ushbu dasturga muvofiq yurtimizda mavjud bo’lgan o’n mingga yaqin umumta’lim maktabing moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim jarayoning mazmunini tubdan takomillashtirish,o’qituvchilarning moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha katta ishlar qilinmoqda.
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho me’rosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot o’qituvchi va murabbiyning oliyjanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.
Biz yurtimizga yangi avlod, yangi tafakkur sohibalarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishga ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz.
“Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar”. Islom Karimov.
Prezident Islom Karimov “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasida yana quyidagilarga to’xtalib o’tgan edi.
Umumlashtirilgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishining asosiy tamoyillari, mening nazarimda quyidagilarni o’z ichiga oladi.
-barcha bir xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar uchun uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;
-davlat ta’lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqarish;
-ta’lim tizimini tuzulish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o’qituvchilarni va murabiylarni qayta tayyorlash;
-davlat va ijtimoiy muassasalarining kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini e’tiborga olish zarur toki har bir shaxs o’ziga mos kasbni egallay olsin;
Shuningdek, “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida “Ta’lim jarayonida yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarini elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari va litseylar va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish sharoit yaratishiga doir kompleks chora tadbirlarning ishlab chiqish” ko’zda tutilgan vazifalardan biri hisoblanar ekan, darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish, Prezidentimiz I.Karimov takidlaganidek “erkin fikrlashni” o’rganish uchun ayni mudao bo’ladi. Tabiiyki, bunday murakkab vazifalarni amalgam oshirishda davlat va jamiyatning mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning dolzarbligi
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini mustahkamlash yo’lida chuqur bilimli har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. O’quvchilarning iqtidorini ro’yobga chiqarish uchun ularga standart usullarda dars berish hozirgi kunning asosiy vazifalardan biridir. O’quvchilarning matematik bilim va tafakkurini chuqurlashtirish fikrlash doirasini kengaytirish, tasavvur qilish qobiliyatini o’stirish yo`lida matematik simvollarni ham ahamiyati katta shu maqsadda ushbu bitiruv malakaviy ishida asosiy matematik simvollar va ularning qaysi matematik olim tomonidan kiritilgani haqida ma`lumotlar keltirilgan.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida katta o’zgarishlar yuz bermoqda ayniqsa o’quvchilarga bilimlarni chuqur o’rgatish hamda ularni ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatish ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Nostandart darslarning turli xil usullari o’quvchilarni chuqur bilim olishiga turtki bo’ladi.Asosan fan oyligida nostandart darslardan ko’p foydalaniladi.Bundan tashqari fan oyligining yanada qiziqarli o’tishi va ijobiy natijalarga erishish maqsadida simvollar va matematik olimlar haqida suhbat uyushtirish ham yaxshi samara beradi.
Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi:
Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi maktab matematika kursida va oily ta`lim va o’rta maxsus matematika kursida eng ko’p uchraydigan simvollarni yig’ish va ularni fanda qaysi olim tomonidan birinchi marta qo`llanilganini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishimizning vazifalari:
Maktab o’quvchilari, oily va o’rta maxsus ta’limi talabalari uсhun matematik simvollar tarixi bo'yicha va simvollar kiritishga o’z hissasini qo’shgan olimlar haqida qo’llanma yaratish.
Bitiruv malakaviy ishimizning o`rganilganlik darajasi:
Matematik simvollar tarixi yaxshi o’rganilgan bo’lsada o’zbek tilida jamlangan holda qo’llanmalar juda kam.
Bitiruv malakaviy ishimizning predmeti:
Matematikada ishlatiladigan simvollar, matematik olimlar va ularning tarixi.
Bitiruv malakaviy ishimizning ob`ekti:
Matematikada ishlatiladigan simvollar, matematik olimlar.
Bitiruv malakaviy ishimizning ilmiy farazi:
Simvollar tarixini bilish fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish uchun turtki bo’lishi.
Bitiruv malakaviy ishimizning yangiligi:
Bitiruv malakaviy ishimda ilmiy yangiligi bo`lmasada ko`p uchraydigan matematik simvollar haqida ma`lumotlar yig`ilgan bo`lib buning amaliy ahamiyati shundan iboratki o`rta maktablarda, oily va o`rta maxsus ta`lim muassalarida matematika darslarida yangi termin yoki simvollar ishlatganda qishqacha uning tarixi haqida aytib o`tish ularning shu mavzuni yaxshiroq o`zlashtirishiga bir turtki bo`ladi.
Bitiruv malakaviy ishimizning amaliy ahamiyati:
O`qituvchi o`z darslarida matematik olimlar ijodi va ular hayotida qiziqarli voqealardan namunalar keltirish orqali ular yuragida kelajakda shu olim darajasiga yetish hisini uyg`otadi. Va bu qaysidir manoda ularga yaxshi motevatsiya berib fanni chuqurroq o`zlashtirishga kirishib kelajakda vatanimiz taraqqiyotiga o`z hissasini qo`shadigan olim bo`lib yetishishsa ajab emas.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asoslari:
Fan tarixiga va olimlar hayotiga oid manbalar
Bitiruv malakaviy ishimizning metodlari:
To’plash, saralash,o’rganish va xulosalash
Bitiruv malakaviy ishimizning tarkibi va hajmi:
Bitiruv malakavi ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat. Matematikaga oid 63 ta simvol haqida ma`lumot keltirilgan va 1-bobda matematika fanida simvol kiritishda o`z hissasini qo`shgan ba`zi bir olimlar hayoti keltirilgan. Ishning hajmi 50 ta betdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |