Leonard Eyler
Eyler 18-asr yirik matematigi, Shveytsariyada tug`ulgan. Peterburg Fanlar akademiyasining taklifiga binoan u 1727-yil Rossiyaga kelib, Peterburgda atoqli olimlar: matematiklar, fiziklar, astronomlar davrasiga tushadi, o`z asarlarini yaratish va nashr qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo`ladi. U zavq bilan ishladi va tezda zamondoshlarining bir ovozdan tan olishlariga ko`ra, dunyoning birinchi matematigi bo`lib qoldi.
Eylerning ilmiy merosi o`z hajmi va ko`p qirraliligi bilan kishini hayratlantiradi. Asarlarning ro`xati 800 nomdan ortiq. Olimning to`la asarlari to`plami 72 tomdan iborat. Uning ishlari orasida differensial va integral hisobdan birinchi darsliklar ham mavjud.
Eyler sonlar nazariyasida fransuz matematigi P. Ferma ishlarini davom ettiradi va uning bir qator tasdiqlarini, jumladan Fermaning kichik teoremasini, 3 va 4 ko`rsatkichlar uchun Fermaning katta teoremasini isbotladi. U sonlar nazariyasi ko`lamini o`n yilliklar davomida aniqlovchi muammolarni ifodalab berdi.
Eyler sonlar nazariyasida matematik analiz vositalaridan foydalanishni taklif qildi va o`zi buy o`lda dastkabki qadamlar qo`ydi. U shu yo`nalishda davom etib, n dan oshmaydigan tub sonlar sonini baxolash mumkinligini tushundi va keyinchalik 19-asr matematiklari P.A.Chebishev, J.Adamar isbotlagan teoremaga ishora qildi.
Eyler matematik analiz sohasida ko`p ishlaydi. Bunda u kompleks sonlardan muntazam foydalanadi. Olim birinchi marta logarifimik funksiya haqida umumiy ta`limotni ishlab chiqadi, bu ta`limotga ko`ra noldan boshqa barcha kompleks sonlar logarifmga ega, shu bilan birga har bir songa logarifmning cheksiz ko`p qiymati mos keladi.
Geometriyada Eyler tadqiqotlarining mutloqo yangi sohasini boshlab beradi, bu soha keyinchalik mustaqil fan-topologiya nomini oldi. Qavariq ko`pyoqlikning uchlari, qirralari va yoqlari sonini o`zaro bog`lovchi uchlaridan qirralarini ayirib, yoqlariga qo`shsak u ikkiga teng bo`ladi, bu formulani Eyler nomi bilan yuritiladi.
Hatto Eyler ilmiy faoliyatining asosiy natijalarini sanab o`tishning o`zi ham qiyin. Bunda egri chiziqlar va sirtlar geometriyasi ham, ko`p sonli yangi konkret natijalar
bilan bayon qilingan variatsion hisobning dastlabki bayoni ham bor. Uning gidravlika, kemasozlik, artileriya, geometrik optikaga doir va hatto muzika nazariyasiga doir asarlari ham mavjud. Eyler mexanikasining Nyuton bergan geometrik bayoni o`rniga birinchi marta analitik bayonini beradi, u moddiy nuqta yoki qattiq plastinkaninggina emas, balki qattiq jism mexanikasini ham quradi.
Eylerning eng ajoyib nuqtalaridan biri astranomiya va osmon mexanikasi bilan bog`liq. U yerning tortishinigina emas, balki quyoshning tortishishini ham hisobga olgan holda Oy harakatining aniq nazariyasini tuzdi. Bu juda qiyin masalani yechish namunasidir.
Eyler hayotining oxirgi 17 yili ko`zi ojizligi bilan o`tdi. Ammo u xuddi yoshlik yillaridagidek ijod qilishni jadal davom ettirdi. Faqat u endi o`zi yoza olmas, balki shogirdlariga aytib turardi.
Matematiklaning ko`pchilik avlodi uchun Eyler o`qituvchi-ustozdir. Uning matematikadan qo`llanmalari, mexanika va fizikaga doir kitoblaridan bir necha avolod ta`lim oldi. Bu kitoblarning asosiy mazmuni hozirgi zamon darsliklariga ham kirgan.
Dostları ilə paylaş: |