Matematik simvollar tarixi


aⁿ (ko`rsatkichli daraja)



Yüklə 202 Kb.
səhifə8/20
tarix08.05.2023
ölçüsü202 Kb.
#109602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Matematik simvollar tarixi

aⁿ (ko`rsatkichli daraja).
Fransuz matematigi Nikola Orem natural ko`rsatkichli darajalarni yozish usulini birinchi bo`lib o`z asarlarida qo`llagan.
Daraja ko’rsatgichining zamonaviy yozuvi Dekart tomonidan 1637-yilda “Geometriya”asarida kiritilgan.

x (kvadrat yoki ikkinchi darajali ildiz).


8 asrdan boshlab Ovrupa matematiklari ishlarida ildizni lotincha Radix (ildiz) yoki qisqacha R, so`ngra R² [fransuz matematigi Nikola Shyuke (taxminan 1445- taxminan 1500) ishlarida] shaklida qo`llanilgan. Umuman, matematika tarixi bo`yicha manbalarningdalolat berishichaildiz belgisi (√) juda ko`p bosqichlarni bosib o`tgan.
1525-yil K.Rudoef kvadrat ildizni ˅ ko`rinishda belgilagan.
1626-yil Golland matematigi Albert Jirar ˅ belgisini kiritgan, keyinroq √ shaklda qo`llanila boshlandi.
1685-yil Nyuton “Universial arifmetika”da ham shu belgidan foydalangan. 1690-yil Fransuz matematigi Mishel Roll (1652-1719) ning “Algebradan qo`llanma” asarida hozirgi ko`rinishda birinchi marta qo`llanilgan.
Ildiz belgisini birinchi bo`lib 1525-yilda kosist maktabi nemis matematigi Kiristof Rudolf zamonaviy ko`rinishini ishlatgan. Bu simvol ham o`sha radix so`zidan kelib chiqqan. Ildiz osti ifodaning ustidagi to`g`ri chiziq boshida yo`q edi. Buni keyinchalik Dekart 1637-yilda qavs o`rniga qo`yish maqsadida kiritdi va bu chiziq tez orada ildiz belgisi bilan qo`shib yozilgan.


(+ -) (qo`shish va ayirish).
Amallarni belgilash uchun maxsus belgilarning paydo bo`lishi bilan matematika vujudga keldi.
“Plyus” va “Minus” atamalari Fibonachining 1202-yilda yozgan “Ziber abasi” nomli asarida uchraydi.
“Musbat” va “Manfiy” atamalarini birinchi bo`lib Ali Qushchi “Hisob risolasi” (Kitobul Muhamadiya) nomli asari orqali 1425-yilda fanga kiritilgan.
Birinchi “qo`shish” va “ayirish” belgilarining yaratilishi Iogann Vidman kitobidan olingan. Qo`shish va ayirish belgilari “kosist” ya`ni “algebraistlar” nemis matematik maktablarida dastlab qo`llanilgan. Bu belgilar 1489-yilda yarayilgan Yann (Iogann) Vidmanning “Barcha savdogarlar uchun tez va chiroyli hisob” nomli darsligida ishlatilgan qo’shishga ifodalash uchun “p” harfi (plus) yoki lotincha et simvoli orqali, ayirish esa –“m” harfi (minus) orqali ifodalangan. Vidmanning plus simvoli nafaqat qo’shishni , balki “va” qo’shimchasini ham o’rnini bosardi. Bu simvollarning kelib chiqish tarixi ozgina tushunarsiz, lekin bu simvollar savdo-sotiq ishlarida foyda va zararni hisoblashda ishlatilgan. Tez orada bu ikkala simvol Italyadan tashqari butun Yevropa bo’yicha keng tarqalgan. Italiyada hali bir asr davomida yana eski simvollar ishlatilgan.



Yüklə 202 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin