Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Masala yechish necha yoshdan boshlab o’rgatiladi



Yüklə 484,96 Kb.
səhifə112/146
tarix20.05.2023
ölçüsü484,96 Kb.
#118253
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   146
ww

154 Masala yechish necha yoshdan boshlab o’rgatiladi
Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o’qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir. Masalanui odatda bolalar o’qiydilar. Masala teksti bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni bilamagan holda, masalani o’qituvchi o’qiydi. Bolalarni masalani to’g’ri o’qishga o’rgatish juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo’nab ketdi’’, ,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’kabi so’zlarga va soni ma’lumotlarga urg’u berib o’qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish. Agar masala tekstida tushunarsiz so’zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan predmetni, masalan, buldozer, o’rish mashinasi va hokazoni ko’rsatish mumkin. Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o’qiydilar, biroq masalani bitta o’qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o’rgatib borish kerak, chunki bu holda ular masalani ko’proq diqqat bilan o’qiydilar. Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidaqn keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2. Masala yechimini izlash  Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak. Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganida masala yechimini izlashga o’qituvchi rahbarlik qiladi, keyinchalik o’quvchilar buni mustaqil bajaradilar. U holda ham bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish, ualr orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus usullardan foydalaniladi. Bunday usullar jumlasiga masalani ilyustratsiyalash, masalani takrorlash, masalani tahlil qilish va eshitish planini tuzish kiradi. Bu usullarning har birini ko’rib chiqamiz: Masalani ilyustrasiyalash bu masalaga kirgan kattaliklar berilgan va izlanayotgan, sonlarni ajratish va ular orasida bog’lanishni, aniqlash uchun 
ko’rsatmali qurollardan foydalanish demak. Iluystratsiya predmetli yoki semantik bo’lishi mumkin. Birinchi holda masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarnining rasmlaridan ilyustratsiya sifatida foydalaniladi, ular yordamida predmetlar ustida tegishli 
amallar ilyustratsiya qilinadi. Masalan, quyidagi masalani ilyusratsiya qilish kerak. ,,Bolalar chana uchayotgan edi. Ulardan 5 qiz bola va 2 o’g’il bola uyiga ketishdi. Hammasi bo’lib uyga nechta bola ketgan?’’ bunday paytda ilyustratsiya uchun bolalarning o’zlaridan foydalangan ya’ni: doskaga chana uchayotgan bolalarni o’ynovchi o’quvchilarni chiqarish kerak, so’ngra 5ta qiz uyga ketganini, ya’ni chetga chiqqanini keyin 2 ta o’g’il bola uyga ketganini (qizlarga borib qo’shilishadi) ko’rsatish kerak. Shunday qilib, to’plamlarni birlashtirish ilyustratsiya qilinadi va garchi bolalar ketdi deyilsa ham bolalar masala qo’shish amali yordamida yechishi o’quvchilarga ravshan bo’ladi. Predmetlarning o’zidan ko’ra ko’pincha ularning rasmlaridan yoki boshqa predmetlardan foydalaniladi.


Yüklə 484,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin