Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish



Yüklə 484,96 Kb.
səhifə13/146
tarix20.05.2023
ölçüsü484,96 Kb.
#118253
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
ww

O‘rta guruhda eng oddiy musobaqa usulidagi o‘yinlarni yakka tarzda ham, jamoa tarzda ham o‘tkazish mumkin.
Katta guruhda bolalar uchun harakatli o‘yinlar o‘z mazmuni, qoidalari, rollarning miqdori, topshirishni jamoa musobaqasiga joriy etishga ko‘ra murakkablashtiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari birmuncha murakkab harakatli o‘yinlar, shuningdek jamoa musobaqalaridan iborat jamoa o‘yinlarni, o‘yin estafetasi, sport o‘yinlarini o‘ynaydilar. Bularning hammasi chaqqonlik, tezkorlik, chidamlilikni rivojlanishi, harakat ko‘nikmalrining takomillashuviga, axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalarni yangi o‘yin bilan tanishtirish.Uning mazmuni va qoidalarini tushuntirishi tarbiyachidan puxta tayyorgarligini talab etadi. Ayrim o‘yinlarning mazmuni oldindan bo‘ladigan suhbatlar asosida bolalarni bilimlarini oydinlashtirish mumkin. Ularning tasavvurlari aniqlashadi, o‘yin obrazlarga nisbatan munosabat tarkib topadi, asosiy xayol o‘sadi. O‘yinlarni tushuntirish ularning turlariga ko‘ra har-xil o‘tishi mumkin, biroq bu tadbir doimo emotsional jihatdan qizig‘arli, bolalarni quvnoq o‘yin faoliyatiga tayyorlaydigan, o‘yinni tezroq boshlash istagina tug‘diradigan va o‘yin topshiriqlarini ishtiyoq bilan bajarishga undaydigan bo‘lishi kerak. Mazmunsiz o‘yinni tushuntirish qisqa, aniq va ifodali ohangda bo‘lishi lozim. Tarbiyachi o‘yin harakat izchilligini tushuntiradi, bolalar va o‘yin atributlarining joylashish o‘rni (kichik va o‘rta guruhda buyumlarni mo‘ljallab, katta guruhlarda esa mo‘ljalga olmay ko‘rsatadi) fazo iborasidan foydalangan holda ko‘rsatadi va qoidalarni aniqlashtiradi. Shundan so‘ng tarbiyachi bolalarga bir necha savollar beradi. O‘yinni qoidasi bolalarga tushunarli bo‘lsagina o‘yin quvnoqlik va uyushqoqlik bilan bilan o‘tadi. Musobaqa elementlari mavjud o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyachi o‘yinni tushuntirayotib qoidalarni, o‘yin usullarini, musobaqa shartlarini aniqlashtiradi, bolalarni topshiriqlarni yaxshi bajarishga harakat qilishlar va yaxshi uddalashga ishonch bildirgan holda rag‘batlantiradi. Tarbiyachi bolalarning jismoniy komoloti va yakka o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda musobaqalashayotgan kuchlari teng guruhlar – komandalarni birlashtiradi; o‘ziga ishonchsiz, tortinchoq bolalarni faollashtirish maqsadida ularni jasur, faol bolalar bilan qo‘shib qo‘yadi. Ba’zan o‘yinga sport ko‘rinishini berish uchun komanda sardorlari, hakam va uning yordamchilarini saylash mumkin. Mazmunli o‘yinlarni tushuntirish. Tarbiyachining vazifasi bolalar ko‘zi o‘ngida o‘yin vaziyatining ko‘rgazmali manzarasini gavdalantirishdan, o‘yin obrazlarini yorqin tasvirlashdan, bolalar tasavvuri va hislariga ta’sir etishdan, ularning ijodiy tashabbusni faollashtirishdan iboratdir. Buning uchun kichik gruhlarda o‘yinchoq va hikoyadan foydalanishi mumkin. O‘rta guruhlarda – tanish o‘yinni taklif etib, qoidalarini eslatib o‘tish bilan cheklanishi kifoya. Katta guruhlarda o‘yin mazmuni eslashni bolalarning o‘zlariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri o‘yin harakatlarining borishini bayon qiladi, ikkinchisi qoidalarni sanab beradi. Keyinchalik bolalar o‘zlari tarbiyachining yordamisiz o‘yinni tashkil eta boshlaydilar.
O‘yinda rollarni taqsimlash.Tarbiyachi pedagogik vazifalarga amal qilib (yangi kelgan bolani rag‘batlantirish yoki aksincha, faol bola misolida botir bo‘lish qanchalik muhim ekanligini isbotlash yoki o‘ziga ishongan bola iltimosini rad etib, bu rolni qo‘rqib turgan tortinchoq bolaga topshirish) boshlovchi tayin etishi yoki bolalarni hursand qilgan holda o‘yinga o‘zi kirishib o‘z zimmasiga boshlovchi yoki oddiy ishtirokchi rolini oladi. Shuningdek boshlovchi saylashni bolalarni o‘ziga xavola etishi va ulardan bu rolni mazkur bolaga nima uchun topshirganlarini tushuntirib berishlarini so‘rashi mumkin. Kichik guruhda boshlovchi rolini tarbiyachini o‘zi bajaradi. O‘yin jarayonida tarbiyachi bolalar harakati va o‘zaro munosabatlar, qoidalarini bajarilishini kuzatib boradi, qisqacha ko‘rsatmalar beradi, bolalarning hissiy holatlarini boshqarib boradi. Qoidaning ayrim bolalar tomonidan buzilishi haqida o‘yinni qayta o‘tkazishdan oldin gapiradi.

32. Katta guruhlarda geometrik figuralarni farqlash va nomini aytishga o’rgatish usullari.


Buyumlarning o'lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik so'zlari bilan, ya'ni buyumlarning o'zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo'llaniladigan so'zlar bilan bildiradilar. Narsalar o'rtasidagi farqni bitta belgisiga qarab aniq ta'riflash imkonini beradigan so'zlardan bolalar foydalan-maydilar. Shuning uchun kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi,kengligi yoki balandligi) bir xil (barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi so'zlardan foydalanishni o'rgatish zarur. U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga ,,uzunroq — qisqaroq" tushunchasi haqidama'lumot berish uchun rangi, kengligi va yo'g'onligi bir xil, bir biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi.
Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi har xil narsalardan foydalaniladi. Namoyish qilinadigan materialning katta kichikligidagi farq 0-5 sm.dan kam bo'lmasligi, tarqatma materialniki esa 5 sm.dan kam bo'lmasligi kerak.Ayrim o'lchamlarni ajratib ko'rsatishda qo'l harakatlari yordam beradi. Pedagog (tarbiyachi) bolalardan qaysi narsa uzunroq (kaltaroq) ekanligini so'rash bilan bir vaqtda qo'lini narsa bo'ylab (chapdan o'ngga) yurgizadi. Kenglikni taqqoslayotib, qo'lini narsaning ko'ndalangi (kengligi) bo'ylab yurgizadi. Balandligini taqqoslashda esa qo'lini narsaning pastidan yuqorisiga, asosan yuqori
chekkasigacha yurgizadi. Mazkur belgilarni aniqlashda o'yin vaziyatini paydo qilish yordam beradi. Bunda u yoki bu harakatning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishi mazkur belgining qanchalik yorqin ifoda etilganligiga bogliq bo'lib, uni hisobga olib borish talab qilinadi. Masalan: tarbiyachi bolaga mashinani keng va tor ko'prikcha ustidan yurgizib o'tkazishni buyuradi va unga shunday savol beradi:
"Nima uchun bitta ko'prikdan mashina o'ta oldi, boshqasidan o'ta lrnadi? Qaysi darvozadan mashina o'ta oladi, qaysisidan o'ta maydi? Nima uchun?
Awalo, bolalarga narsalarni yonma-yon qo'yish usulidan
foydalanish o'rgatiladi, chunki bir xil rangli narsalar taqqoslanadi
va ularni ustma-ust qo'yganda ular qo'shilih ketadi.
Tarbiyachi mazkur usullardan qanday qilib to'g'ri foydalanish kerakligini ko'rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar onma-yon joylashtiriladi va ularning uchlari bir tomondan Laxshisi, chap tomondan) baravar qilib qo'yiladi; ustiga qo'yishdan foydalanib, ularning yuqori va pastki chekkalari ham
birlashtiriladi. Agar narsaning uchi chiqib tursa, demak, bu narsani uzunroq deb aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa,unda narsalarning uzunligi teng (barobar) deyish mumkin.Narsaning kengligini taqqoslashda ularning yuqori va pastkichekkalari solishtiriladi (tekislanadi); balandligini taqqoslayotganda esa narsalar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo'yiladi. Ajratilgan belgianiq so'z bilan ataladi. Tarbiyachi bolalarni narsalarning qiyosiykatta-kichikligini bildiruvchi uzunroq — kaltaroq, kengroq —torroq, enliroq — ensizroq kabi so'zlarni aytishga undab: ,,Qaysitasmauzunroq (enliroq,)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?"— deb so'raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan: ,,Qizil tasma yashil tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadan
ensizroq". Mana shunday qilib, kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga o'rgatib boriladi.
Qarama-qarshi kattalikka ega bo'lgan narsalarni taqqoslas bolalarni narsalarning katta-kichikligini holda idrok etishga va ule tegishli ta'riflar (,,uzunroq - qisqaroq", ,,balandroq — pastroq va boshqalar) berishga o'rgatish imkonini yaratadi. Bolalarni narsalarning uzunligi, eni, balandligi jihatidan tengligi bilan tanishtirish va ularni ,,uzunligi bir xil (teng)", ,,eni teng" kabi
iboralardan foydalanishga o'rgatish imkoniyati paydo bo'ladi. Bolalar bilan birga ,,Kimning kafti kengroq" o'yinlarini o'ynash, |huningdek, ularga quyidagi savollarni berish mumkin: „ Qaysi tfaraxt balandroq: olma daraxtimi yoki o'rik daraxtimi? Qaysi balandroq (pastroq)? Qaysi uyning derazasi kengroq (torroq)?".
Shunday qilib, kichkintoylarga ularni qurshab turgan narsalar turli
uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko'rsatiladi.
33. Katta guruhlarda vaqt tasavvurlarini shakllantirish.

  1. Katta guruhda bolalarni vakt buyicha muljalga olishga urgatish

    Yüklə 484,96 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin