144.Aytilgan narsalarni faqat rasmlardagina emas, balki real voqealikda ham ko'rsatish juda foydaliroqdir” - ushbu fikr kimniki
Bolaning to'plamni tashkil etuvchi narsalarning turli-tuman xususiyat va belgilaridan o'z diqqatini chetga tortishi qiyin. Bola narsalarni sanab chiqib, shu zahotiyoq sanoq natijasini unutishi va miqdorini birmuncha aniq ifodalangan fazoviy belgilarga qarab baholashi mumkin.
Bolalar diqqatini narsalarning miqdori fazoviy belgilarga: narsalarning katta-kichikligi, qanday joylashganligi, ularning egallab turgan maydoniga bog'liq emasligiga jalb etiladi. Bu masalaga 2-3 ta maxsus mashg'ulot ajratiladi, keyin o'quv yili oxirigacha, bu masalaga vaqti-vaqti bilan kamida 3-4 marta, masalan,bolalarning narsalar to'plamlarini tiklashni o'rganayotganlarida kiritiladi.
Shu bilan bir qatorda, bolalarga turli kattalikdagi narsalarning uzunligi, kengligi, balandligi va boshqa tomonlarini taqqoslash mashq qildiriladi, ulardagi ba'zi fazoviy tasawurlar aniqlanadi, bolalar chapda va o'ngda, yuqorida va pastda, yuqoridagi va pastdagi, yaqin va uzoq so'zlarini tushunishga va ulardan foydalanishga; narsalarni chapdan o'ngga ,,mehmonlarni kutish" uchun idish-tovoq, ularni ,,sayrga" olib chiqish uchun kiyim-kechak yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydilar. ,,Do'koncha-do'koncha" yinida esa ma'lum miqdordagi narsalar yoki doirachalar rasmi solingan ko'rgazmalardan foydalaniladi. Tarbiyachi o'z vaqtida gishli belgilar kiritadi va narsalarni sanash kabi harakatli o'yinlarniaytib turadi.
Pedagog bolalarning sanoq ahamiyati haqidagi tasawurlar chuqurlashtirishga intilib, ularga odamlarning narsalarni sanashlarini, narsalarni sanayotganlarida ular nimani bilishni istashlarini tushuntirib beradi. U bolalar ko'z o'ngida turli narsalarni bolalarning hammasiga yetishmasligini aniqlab, bir necha martalab sanab chiqadi. Bolalarga buvilari, onalari, otalari nimalarnisanashlarini kuzatishlari maslahat beriladi.
Dostları ilə paylaş: |