151 Kichik guruhda bolalami dastlab buyumini taqqoslashga o’rgatib borishda qanday usuldan foydalaniladi
Maktabgacha tarbiya muassasalarida loy ishlari birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Bu guruhda bolalarning loy ishlari boshqa guruhlardan ajralib turadi, ya'ni o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi. Bolalar tasvirlovchi shakllar noaniq bo'ladi, chunki bu yoshda bolalar qo'l harakati rivojlanmagan, qo'l muskullari hali o'smagan, shuningdek, ishlarni kuzatib, nazorat qilib borish xususiyatlari hali rivojlanmagan bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar uchun loy bilan ishlashda eng muhimi, loyning xususiyatlari bilan tanishishdir, ya'ni loy yumshoq, yopishqoq va hokazo. Shu sababli bolalar bu guruhda loyning xususiyatlari bilan o'yinlar o'ynab, tanishib boradilar. Shuning uchun bu davr tasvirlashgacha bo'lgan davr, deb ataladi. Bu davr quyidagi harakatlar bilan xarakterlanadi: bolalar loyni bir necha bo'lakka bo'ladilar, birini ikkinchisining ustiga joylashtiradilar, taxtacha ustida aylantirib, uni taxta ustida yapaloqlashadi, ammo bu harakatlarni hech qanday maqsadsiz bajaradilar. Bolalar asta-sekin tarbiyachining rahbarligi ostida loyni ikki kaft orasida doiraviy, uzunasiga harakatlantirib, sodda, yakka predmetlarni yasashga o'rganib boradilar. Masalan, olma, tayoqchalar, halqachalar, qo'ziqorinlar.
Birinchi kichik guruhda bolalarni loy bilan ishlashda qator vazifalar turadi: bu guruhda bolalarda loy ishlariga nisbatan qiziqishni tarbiyalash, loyning xususiyatlari bilan tanishtirish, u bilan to'g'ri ishlashga va eng oddiy texnik usullarni o'zlashtirishga o'rgatish vazifalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: |