1-mavzu: Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashga salbiy ta’siri



Yüklə 24,03 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü24,03 Kb.
#196603
  1   2   3
Dinshunoslik


710-23 guruh talabasi Sa`dullayev Mirjalol Mirmuxsin o`g`li

1-mavzu: Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashga salbiy ta’siri

  1. Missionerlik so‘zlining mazmun-mohiyati nimada?

  2. Prozelitizm deganda nimani tushunasiz?

  3. Missionerlik tashkilotlari asosan qanday maqsadlarni ko‘zlaydi?

  4. Zamonaviy sektalar tomonidan missionerlik faoliyatini olib borishda qanday uslublardan foydalanilmoqda?

  5. Missionerlik qanday vujudga kelgan?
  1. Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”Bu norma Konstitutsiyaning nechanchi moddasida keltirilgan?


  2. Vijdon erkinligi nima?

  3. Diniy bag‘rikenglik deganda nimani tushunasiz?


Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik — biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish. Missionerlik, asosan, xristianlikka xos.
“Missionerlik” tushunchasi umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar o‘rtasida boshqa dinni targ‘ib qilish ma’nosini anglatadi. Missionerlik, asosan xristianlik diniga xosdir. Bunday harakat xristianlik dini qadimiy Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan davrdan buyon amalga oshirilib kelmokda. Xristian ruhoniylari dastavval missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko‘pxudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka da’vat qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IVasrda paydo bo‘lgan xristian missionerligi XIII-XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, va Yaponiyaga kirib bordi.
Prozelitizm - bir dinga ishongan fuqaroni oʻz dinidan voz kechishga va oʻzga dinni qabul qilishga majbur qilish.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham koʻrish mumkin. Xususan, bizga qoʻshni boʻlgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qoʻyish bilan bogʻliq muammolar kelib chiqmoqda. Mayitning musulmon ota-onalari oʻz farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini oʻz musulmon birodarlari yotgan joyga qoʻyishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmokda.Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi oʻz oʻgʻlini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, oʻz nabirasini musulmon urf-odatlariga koʻra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola oʻrtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular oʻz qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristian dinidagi qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol.Yuqoridagi kabi misollarniyana davom ettirish mumkin. Ammo shularning oʻzi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yoʻnalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo boʻlishi orqali dinlararo nizolarni kelib chiqishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvur qilish imkonini beradi.
Bugungi kunda islom diniga nisbatan butun dunyoda qiziqish va intilish kuchayib, uning xayrixoh va tarafdorlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Buning asosiy sababi muqaddas dinimizning haqqoniyligi va pokligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, odamzodni doimo ezgulikka chorlashi, hayot sinovlariga o‘zini oqlagan qadriyat va an’analarni ajdodlardan avlodlarga yetkazishdagi beqiyos o‘rni va ahamiyati bilan bog‘liq. Xalqimizning ma’naviyatini shakllantirishga, har qaysi insonning Alloh marhamat qilgan bu hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlashi, umrning mazmunini anglashi, avvalambor, ruhiy poklanish, yaxshilik va ezgulikka intilib yashashida uning ta’sirini boshqa hech qanday kuch bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish islom madaniyatining ezgu-g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bir necha diniy ekstremistik oqim va yo‘nalishlar faoliyati tobora keskinlashib borayotgan bir davrda muqaddas islom dinimizga va milliy ma’naviyatimiz hamda qadriyatlarimizga rahna solishga urinayotgan noislomiy yo‘nalishlardan biri bu Missionerlik yo‘nalishidir
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o‘z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar. So‘nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o‘rta maktab o‘qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ‘iboti ob’ekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o‘ziga xos mantiq bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan foydalanib, e’tiqodiy bosim o‘tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo‘lsa, e’tiqodini o‘zgartirgan kutubxonachida esa «o‘lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo‘lgan va ayni paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo‘lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-ruhiy ko‘makka, qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida e’tibor bilan qaramoqdalar. Ularning maqsadi jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish, ijtimoiy va milliy totuvlik asoslariga rahna solishdir.

Yüklə 24,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin