Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Buyumlarni katta kichikligini aniqlashda buyumlar bir xil o’lchamdagi masofalar bilan farq qilsa, u holda uni aniqlashda qanday so’zlardan foydalaniladi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə132/173
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57194
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m

153 Buyumlarni katta kichikligini aniqlashda buyumlar bir xil o’lchamdagi masofalar bilan farq qilsa, u holda uni aniqlashda qanday so’zlardan foydalaniladi

Kattalik

Buyumlarning o'lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik so'zlari bilan, ya'ni buyumlarning o'zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo'llaniladigan so'zlar bilan bildiradilar. Narsalar o'rtasidagi farqni bitta belgisiga qarab aniq ta'riflash imkonini beradigan so'zlardan bolalar foydalan-maydilar. Shuning uchun kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi,


kengligi yoki balandligi) bir xil (barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi so'zlardan foydalanishni o'rgatish zarur. U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga ,,uzunroq — qisqaroq" tushunchasi haqidama'lumot berish uchun rangi, kengligi va yo'g'onligi bir xil, bir biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi.
Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi har xil narsalardan foydalaniladi. Namoyish qilinadigan materialning katta kichikligidagi farq 0-5 sm.dan kam bo'lmasligi, tarqatma materialniki esa 5 sm.dan kam bo'lmasligi kerak.
Ayrim o'lchamlarni ajratib ko'rsatishda qo'l harakatlari yordam beradi. Pedagog (tarbiyachi) bolalardan qaysi narsa uzunroq (kaltaroq) ekanligini so'rash bilan bir vaqtda qo'lini narsa bo'ylab (chapdan o'ngga) yurgizadi. Kenglikni taqqoslayotib, qo'lini narsaning ko'ndalangi (kengligi) bo'ylab yurgizadi. Balandligini taqqoslashda esa qo'lini narsaning pastidan yuqorisiga, asosan yuqorichekkasigacha yurgizadi. Mazkur belgilarni aniqlashda o'yin vaziyatini paydo qilish yordam beradi. Bunda u yoki bu harakatning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishi mazkur belgining qanchalik yorqin ifoda etilganligiga bogliq bo'lib, uni hisobga olib borish talab qilinadi. Masalan: tarbiyachi bolaga mashinani keng va tor ko'prikcha ustidan yurgizib o'tkazishni buyuradi va unga shunday savol beradi:"Nima uchun bitta ko'prikdan mashina o'ta oldi, boshqasidan o'ta lrnadi? Qaysi darvozadan mashina o'ta oladi, qaysisidan o'ta maydi? Nima uchun?
Awalo, bolalarga narsalarni yonma-yon qo'yish usulidan
foydalanish o'rgatiladi, chunki bir xil rangli narsalar taqqoslanadi
va ularni ustma-ust qo'yganda ular qo'shilih ketadi.
Tarbiyachi mazkur usullardan qanday qilib to'g'ri foydalanish kerakligini ko'rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar onma-yon joylashtiriladi va ularning uchlari bir tomondan Laxshisi, chap tomondan) baravar qilib qo'yiladi; ustiga qo'yishdan foydalanib, ularning yuqori va pastki chekkalari ham
birlashtiriladi. Agar narsaning uchi chiqib tursa, demak, bu narsani uzunroq deb aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa,unda narsalarning uzunligi teng (barobar) deyish mumkin.Narsaning kengligini taqqoslashda ularning yuqori va pastkichekkalari solishtiriladi (tekislanadi); balandligini taqqoslayotgandaesa narsalar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo'yiladi. Ajratilgan belgianiq so'z bilan ataladi. Tarbiyachi bolalarni narsalarning qiyosiykatta-kichikligini bildiruvchi uzunroq — kaltaroq, kengroq —torroq, enliroq — ensizroq kabi so'zlarni aytishga undab: ,,Qaysitasmauzunroq (enliroq,)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?"— deb so'raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan: ,,Qizil tasma yashil tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadan
ensizroq". Mana shunday qilib, kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga o'rgatib boriladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin