Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə135/173
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57194
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m

2. Masala yechimini izlash  Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng  uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar,  berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va  izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak.  Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganida masala yechimini izlashga o’qituvchi rahbarlik qiladi, keyinchalik o’quvchilar buni mustaqil bajaradilar. U  holda ham bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish, ualr orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus  usullardan foydalaniladi. Bunday usullar jumlasiga masalani ilyustratsiyalash, masalani takrorlash, masalani tahlil qilish va eshitish planini tuzish kiradi. Bu  usullarning har birini ko’rib chiqamiz: Masalani ilyustrasiyalash bu masalaga kirgan kattaliklar berilgan va  izlanayotgan, sonlarni ajratish va ular orasida bog’lanishni, aniqlash uchun 

ko’rsatmali qurollardan foydalanish demak.  Iluystratsiya predmetli yoki semantik bo’lishi mumkin. Birinchi holda masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarnining rasmlaridan  ilyustratsiya sifatida foydalaniladi, ular yordamida predmetlar ustida tegishli 



amallar ilyustratsiya qilinadi.  Masalan, quyidagi masalani ilyusratsiya qilish kerak. ,,Bolalar chana uchayotgan edi. Ulardan 5 qiz bola va 2 o’g’il  bola uyiga ketishdi. Hammasi  bo’lib uyga nechta bola ketgan?’’ bunday paytda ilyustratsiya uchun bolalarning o’zlaridan foydalangan ya’ni: doskaga chana uchayotgan bolalarni o’ynovchi  o’quvchilarni chiqarish kerak, so’ngra 5ta qiz uyga ketganini, ya’ni chetga chiqqanini keyin 2 ta o’g’il bola uyga ketganini (qizlarga borib qo’shilishadi)  ko’rsatish kerak. Shunday qilib, to’plamlarni birlashtirish ilyustratsiya qilinadi va garchi bolalar ketdi deyilsa ham bolalar masala qo’shish amali yordamida yechishi  o’quvchilarga ravshan bo’ladi. Predmetlarning o’zidan ko’ra ko’pincha ularning rasmlaridan yoki boshqa predmetlardan foydalaniladi.  


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin