Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Har xil predmetdan tuzilgan guruxni toping?



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə165/173
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57194
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m

182 Har xil predmetdan tuzilgan guruxni toping?

183 Bir xil tushunchaga kiruvchi narsalarni tasvirlagan qatorni toping

Tushunchalarni ta'riflash. Ilmiy va amaliy faoliyat davomida har doim muhokamada ishtirok etuvchi tushunchalarni mazmuni va mohiyatini ochish ehtiyoji paydo bo’ladi. Tushunchaning mazmunini ochishga qaratilgan mantiqiy amal tushunchani ta'riflash (definitsiya) deyiladi. Tushunchalarni ta'riflash aniqlanuvchi, ya'ni mazmuni ochib berilishi lozim bo’lgan tushuncha hamda aniqlovchi – aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalardan iborat bo’lgan qismlardan tashkil topadi. Masalan: “O’zbekiston Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika”. Bunda “O’zbekiston ” aniqlanuvchi qism, “Markaziy Osiyoda joylashgan suveren respublika” esa aniqlovchi qism hisoblanadi. Mantiqda ta'riflashning ikki turi: real va nominal ta'rif mavjud. Nominal ta'rif yordamida predmetni ta'riflovchi ifodalar yangi terminlar bilan almashtiriladi hamda uning ma'nosi aniqlanadi. Masalan: “Gnoseologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis”-bilish, “logos”-nazariya, ya'ni bilish nazariyasi, bilish to’g’risidagi ta'limot ma'nolarini anglatadi. Real ta'rifda predmetning muhim belgilari aniqlanadi. Masalan, “Gnoseologiya – bilishning tabiati va imkoniyatlari, inson bilimining voqelikga munosabatini o’rganuvchi, bilimning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo’llari va usullari to’g’risidagi falsafiy ta'limotdir”_. Real ta'rif aniq ko’rinishida predmetlarning muhim belgilari to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatib berilsa, noaniq real ta'rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi.
Aniq real ta'rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko’rsatish orqali ta'riflash, 2) genetik ta'rif.
Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning birinchi qismida tushunchaning yaqin jinsi topiladi va ikkinchi qismda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi. Masalan, “mantiq tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fandir”. Bunda “fan” “mantiq” tushunchasining yaqin jins belgisi bo’lsa, “tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganishi” tur belgisi hisoblanadi. Yaqin jinsi va turini ko’rsatish orqali ta'riflashning qo’yidagi simvollar bilan ifodalanadi: AqVs, bu yerda A – ta'riflanuvchi tushuncha, Vs – ta'riflovchi tushuncha (V–jins belgi, s – tur belgi). Genetik (yunoncha “genesis” so’zidan olingan bo’lib “kelib chiqish”, “manba” degan ma'nolarni bildiradi) ta'rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalayotgan predmetning kelib chiqishi, shakllanishini ko’rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, “suv vodorod va kislorodning kimyoviy birikmasidir”. Ta'riflashning qo’yidagi qoidalari mavjud: a) ta'rif teng hajmli bo’lishi kerak, ya'ni aniqlanuvchi tushuncha bilan aniqlovchi tushuncha hajmi teng bo’lishi kerak. Masalan, “Talaba – oliy o’quv yurtida o’qiydigan kishi” – teng hajmli ta'rif, “Talaba – o’qiydigan kishi” – keng hajmli tushuncha, “Talaba – pedagogika institutida o’qiydigan kishi” – tor hajmli tushuncha; b) ta'rif aniq bo’lishi kerak. Bunda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so’zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, “Materializm – idealizmga qarama-qarshi bo’lgan falsafiy ta'limot” – ta'rif aniq emas. Chunki “ideaizm” tushunchasining o’zi ta'rifga muhtoj;
c) ta'rif aylanma bo’lmasligi lozim. Aylanma ta'rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o’ziga murojaat etiladi. Tavtologiya ham mana shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo’ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo’ladi. Masalan, “Materialist – materialistik dunyoqarashga ega bo’lgan kishi” – ta'rif aylanma shaklda;
d) ta'rif iloji boricha inkor shaklida bo’lmasligi lozim. Agar shunday ta'rif berilsa predmetga xos belgi o’rniga unda yo’q belgi ko’rsatiladi. Masalan, “Norma – hukm emas”. Biroq musbat tushunchalarni ta'riflashga bu qoida ta'luqli emas. Masalan, “E'tiqodsiz – ma'lum bir o’z qarash, maqsad va printsiplariga ega bo’lmagan kishi”.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin