179 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda o'yin turlari necha xil bo'ladi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmokda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bolalarning o‘yinlari orkali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning o‘yini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga kuprok kizikishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini kuramiz. SHuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar. Predmetli va konstruktorli o‘yinlar orkali bu yoshdagi bolalar uzlarining idrok, xotira, tassavur ,tafakkur xamda xarakat layokatlarini rivojlantiradilar. Syujetli rolli o‘yinlarda bolalar asosan uzlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar. O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bulgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Ko‘pchilik psixologlar hamda pedagoglar o‘yinning psixologik masalalari bilan bevosita shug‘ullanib, o‘yinlarning bolani psixik kamol toptirishdagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tganlar. Ma’lumki, o‘yin bola uchun voqelikni aks ettirishdir. Bu voqelik bolani qurshab turgan voqelikdan ancha qiziqarlidir. o‘yinning qiziqarliligi uni anglab etishning osonligidadir O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola o‘yin faoliyati orqali erishadi.
Dostları ilə paylaş: |