Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida mo’ljal olish malakalarini shakllantirish


Maktabga tayyorlov guruhda necha yoshli bolalar tarbiyalanadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə24/173
tarix10.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#57194
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173
Matematik tasavvurlarni shakllantirish Bolada qog’oz varag’ida m

42. Maktabga tayyorlov guruhda necha yoshli bolalar tarbiyalanadi

 Tayyorlov  guruhi  bolalarini  maktab  ta’limiga  tayyorlashda 


psixologik-pedagogik tashhis dasturi va uni tashkil qilish.   Mustaqil  O’zbekiston  Respublikasining  kelajagi  ko’p  jihatdan  yosh avlodning  qanday  tarbiyalanishiga  bog’liqdir.  Bu  o’z  navbatida  ta’lim  tizimining  samarali va serqirra usullarini belgilash va ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarimini oshlang’ich  maktab  ta’-limiga  talab  darajasyida  tayyorlash  muammosini  ijobiy  hal etish vazifasini qo’ymoqda. Barchaga  ma’lumki,  bolani  maktabda  muvaffaqiyatli  o’qishi  maktabgacha  tarbiya  davridagi  tayyorgarlik  darajasiga  bog’liq.  Bolani  maktabda  o’qishga  — hayotning  yangi  bosqichiga  tayyorlash  uning  shaxsi  rivojlanishi-ning  barcha  tomonlarini  o’z  ichiga  oladi  va  maktabgacha  tarbiya  davrida  amalga  oshiriladi. Maktab  dasturlarining  o’zgarishi  bilan  bog’liq  holda  maktabga  kelayotgan  bolalarning rivojlanishi darajasiga talablar ortib bormoqda. Bu rivojlanish darajasi maktabda o’qishga tayyorgarlik bilan belgilanadi.  Maktabga borganda, bola hayot tarzi o’zgaradi, unda atrofdagi odamlar bilan yangicha  munosabat  tizimi  paydo  bo’ladi,  faoliyatining  yangi  formalari  shakllanadi.  Yangi  hayot  tarzi  yangi  faoliyat  shakllarini  amalga  oshirish  uchun bolada irodaviy tayyorgarlikni (bolalar o’z xulqini, bilish faoliyatini boshqarishni,  uni o’quv malakalariga yo’naltirishni bilishlari lozim) tarbiyalash, o’zida axloqiy, motivatsion  tayyorgarlikni, o’z-o’zini  nazorat 
qilish  malakalarini mujassamlashtirgan psixologik tayyorgarlikka ahamiyat berishi lozim.  Shuningdek,  bolalarni  maktabda  o’qishga  tayyorgarligi  ularning  bilish faoliyati  rivojlanishi  darajasiga  bog’liq,  bilish  jarayonining  rivojlanish  darajasi  qancha yuqori bo’lsa, bolalar tomonidan o’zlashtirilayotgan bilimlar sifati shuncha yaxshi bo’ladi. 

Bolani maktabda o’qishga tayyorlashda uning aqliy jihatdan tayyorligi 3 ta  asosiy  komponentdan,  ya’ni:  uni  o’rab  turgan  tabiat,  odamlar  hayoti,  san’at dunyosi haqidagi bilimlarni o’zlashtirish; unda xotira, diqqat, nutq va tafakkur kabi  ruhiy  jarayonlarning  ma’lum  darajada  rivojlanganligi,  va  nihoyat,  bolada,  — o’qituvchilar aytgandek o’qish faoliyati elementlaridan iborat.  Bolalarga  tabiat  hodisalari  va  atrofdagi  xayot  xakida  bilimlarni  berish  va ularga  tegishli  fikrlarni  shakllantirish,  ularni  maktabga  tayyorlashda  juda  katga  ahamiyat kasb etadi. Ma’lum  darajadagi  bilim  mazmunida  fikrlash  sifatini  taxlil  (analiz)  qilish,  solishtirish,  umumlashtirish  qobiliyatlari  shakllanadi.  Boshqacha  qilib  aytganda, tegishli bilimlarga ega bo’lmay turib, bola aqliy jihatdan rivojlanmaydi.  Ammo ko’pchilik makgabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanipsh yuqorida ko’rsatib  o’tilgan  talablarga  javob  bermaydi.  Bolani  maktabda  o’qishga  tayyorlashda  ota-onalar,  bog’chadagi  tar-iyachilar  ishtirok  etadilar.  Bolalar bog’chasi  dasturlarida  bolalarni  maktabga  tayyorlash  uchun  aloxida  ahamiyat  berilgan. Lekin,dastur faqat ko’rsatmagina beradi, xolos.Bolani maktabda o’qishga tayyorlashning takomillashtirilgan usullari, yo’llarini ishlab chiqish hozirgi vaqtda  alohida ahamiyat kasb etmoqda. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin