Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Yüklə 85,87 Kb.
səhifə7/8
tarix18.05.2023
ölçüsü85,87 Kb.
#116591
1   2   3   4   5   6   7   8
Fazo va fazoda mo\'ljal olish haqida tushuncha

Faoliyatni yakunlash. Faoliyat davomida faol qatnashgan bolalarni rag’batlantirish. Mavzuni umumlashtirish.

XULOSA.


Tayyorlov guruhida o’tkaziladigan matematik faoliyatda didaktik ko’rsatma materiallaridan keng foydalanilishi maqsadga muvofiqdir. Amaliy ishlar, ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog – tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini pedagog-tarbiyachi turli usullarda berishi, ba’zan esa guruhning tayyorgarligiga qarab almashtirishi mumkin. Pedagog-tarbiyachi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan qo’llamalarni imkoni boricha hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash maqsadida faoliyatlarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin.
Faoliyatlarda didaktik o’yinlar va ko’rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun olib boriladigan faoliyatlar aqliy zo’riqishni talab etiladi. Shu sababli tarbiyachilar ayniqsa, katta va tayyorlov guruhi bolalariga matematika faoliyatlarini o’tkazayotganda turli jismoniy daqiqalarda foydalanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Faoliyatda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bo’lishi tavsiya etiladi. Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa, ko’k kartochka ko’tarilishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan birga, bolalarning test sinovlariga tayyorgarliklari ham hisobga olinishi lozim.
Maktabga tayyorlov guruhida lug’at ustida ishlash alohida muhim ahamiyatga ega. Bo’lajak birinchi sinf o’quvchilari atamalarning umumlashgan ma’nosining ahamiyatini egallab, ulardan o’z nutqida mustaqil foydalana oladigan bo’lishlari kerak.
Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichida ta’limiy tarbiyaviy jihatidan quyidagi xususiyatlar kuzatildi. Tajriba-sinov boshida jalb etilgan bolalarning qiziqishlarini o’rganildi. Kuzatuvlar jarayonining tahlilidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ko’pchilik tarbiyachilarning pedagogik va psixoligik bilimlari hamda uslubiy malakalari yetarli darajada emasmish, faoliyatlarga ko’proq o’yin elementlarini qo’shish, bolalarda ro’y bergan ijobiy holatlarni o’z vaqtida rag’batlantirish va tanlash, qulay sharoitlardan oqilona va maqsadga muvofiq holda foydalanish borasida yo’l qo’yilgan kamchiliklari ijobiy siljishlarining sur’atiga nisbatan yuqori emasligiga sabab bo’ldi.
O’tkazilgan ushbu tadqiqot ishi natijalaridan kelib chiqqan holda tarbiyachilar uchun quyidagicha tavsiyalar beramiz.

  • Matematikaga o’rgatishda interfaol usullardan foydalanish.

  • O’zlashtirishi qiyin bo’lgan bolalarga faoliyatda va faoliyatdan tashqarida individual yondoshish.

  • Bolalarning ko’proq mustaqil shug’ullanishga o’rgatish.

  • Ta’limiy oyinlardan foydalanish.

  • Turli faoliyatlarda fazoda mo’ljal olishga o’rgatish

  • Fazoda mo’ljal olishga o’rgatish bo’yicha turli masalalar tuzush va yechishga o’rgatish

  • Fazoda mo’ljal olishga o’rgatishda ota-onalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish.

  • Fazoda mo’ljal olishga o’rgatishda ijodiy va xarakatli o’yinlardan samarali foydalanish.

  • Faoliyatdan tashqari (sayr,ekskursiya, ertaliklar, bayram ko’gil ocha tadbirlar, musobaqalar) shakklarda fazoda mo’ljal olishga o’rgatish.


Yüklə 85,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin