Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Faoliyat. Mavzu: Qog’oz varag’i sathida predmetlarning qanday joylashganligini aniqlash



Yüklə 85,87 Kb.
səhifə4/8
tarix18.05.2023
ölçüsü85,87 Kb.
#116591
1   2   3   4   5   6   7   8
Fazo va fazoda mo\'ljal olish haqida tushuncha

Faoliyat.
Mavzu: Qog’oz varag’i sathida predmetlarning qanday joylashganligini aniqlash.
Maqsad:

  • Naqshda joylashgan shakllarni izchillik bilan ko’rib chiqishni, shakllar nomini hamda ularning fazoda: o’rtada(markazda), yuqorida, pastda, chapda, o’ngda joylashishini to’g’ri ayta bilish ko’nikmasini mustahkamlash

  • Shakllarning joylashish o’rnini eslab qolish

  • Ko’rib idrok qilingan predmetlarni paypaslab topishni mashq qildirish.

Faoliyatning borishi. Daftar sathida 5ta shakl quyidagi tartibda joylashtiriladi: o’rtaga uchburchak, yuqoriga kvadrat, pastga to’g’ri to’rtburchak, chapga oval shaklidagi shakl, o’ngga doira.
Tarbiyachi topshiriqni tushuntiradi: Bugun biz naqshlarni ko’rib chiqib, qaysi shakl qayerda joylashganligini eslab qolishni o’rganamiz. Buning uchun ularni tartibi bilan aytib chiqish kerak: avvalo o’rta(markaz)da joylashgan shaklni, so’ngra yuqori va pastda, chap va o’ngda joylashganini.
Bir bolani chaqiradi. U shakllarni tartibi bilan ko’rsatib, nomini, ularning o’rnini aytib beradi. Boshqa bola shakllarni xohlaganicha joylashtirish, ularning nomini va o’rnini aytib berishi taklif etiladi. So’ngra bola orqasiga o’girilib turadi, tarbiyachi esa chap va o’ng tomondagi shakllarning o’rnini almashtirib qo’yadi. Bola o’girilib qaraydi v anima o’zgarganligini topadi.
Nihoyat hamma bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan barcha shakllarning nomini aytib chiqadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi shakllarning o’rnini almashtirib qo’yadi. Bolalar ko’zlarini ochib, nima o’zgarganini topadilar.
Faoliyatning maqsadi. Fazoviy tushunchalarni rivojlantirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash. Ertalab, kunduzi, kechqurun, kecha, bugun, ertaga kabi vaqt tushunchalari haqida ma’lumot berish.
Faoliyat turi. Aralash, suhbat, savol-javob.
Faoliyat jihozlari: qalam, daftar, geometrik shakllar, uy-ro’zg’or anjomlariga doir o’yincoqlar.

Yüklə 85,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin