Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Yüklə 85,87 Kb.
səhifə2/8
tarix18.05.2023
ölçüsü85,87 Kb.
#116591
1   2   3   4   5   6   7   8
Fazo va fazoda mo\'ljal olish haqida tushuncha

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’lim tashkilotsining tayyorlov guruhi bolalariga matematika faoliyatlarida fazo haqidagi tushunchalarni shakllantirish jarayonini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika bo‘yicha ishlarni rejalashtirish va qayd qilishning mazmuni.
Kurs ishining ob’ekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarni shakllantirish faoliyatlari jarayoni.
Kurs ishining vazifasi:

  1. Tarbiyachining jamiyatda tutgan o’rni kasbiga qaratilgan va bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashga yo’naltirilgan qonun, Prezident farmonlari va me’yoriy hujjatlarni o’rganish.

  2. Tarbiyachining turli fanlarga qiziqishi va bolalarga munosabatlarini o’rganish yuzasidan xulosalar ishlab chiqish.

  3. Matematika faoliyatlariga qo’yiladigan talablarni o’rganish.

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazo haqida tushunchalarni shakllantirishni ta’minlaydigan vositalar ishlab chqish va tajribada tekshirish.

  5. O’yin orqali matematik tasavvurlarni shakllantirishni asoslash.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 5 paragraf, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I.BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMЕNTAR MATЕMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI VA METODIKASI KURSINING NAZARIY ASOSLARI.


1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elemеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish asoslari kursining nazariy asoslari.
Bolalar bog`chalarida tarbiyalanuvchilar uch guruhga bo`lingan holda tarbiyalanadilar, ya'ni: kichik guruhlar, o`rta guruhlar, katta guruhlar. Olib borilayotgan faoliyatlarning mazmuni ularning yoshiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etiladi.
Maktabgacha yosh davri- bolalarning rivojlanishidagi muhim bosqich bo`lib hisoblanadi,bu davrda ularning fiziologik,psixologik,jismoniy, ruhiy,ma'naviy, axloqiy,aqliy jihatdan rivojlanadi va shu bilan birgalikda insonlarga mеhr oqibatlt bo`lish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat qilish kabi bir qator insoniy fazilatlarni tarbiyalashga zamin yaratiladi.Shu boisdan maktabgacha tarbiya tashkilotlarida mazkur maqsadlarga ko`ra kator ishlarni olib borish, shu jumladan, turli didaktik o`yinlar tеxnologiyalaridan foydalanish va boshqa vositalar orqali bolalarning elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish shakllantirish, ularni har tomonlama barkamol, jismonan sog`lom,aqlan yеtuk, ruhan tеtik qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O`yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy fazilatlaridan biridir. Bola hayotining asosiy qismini o`yin bilan o`tkazadi. “Bola uchun o`yin- voqеlik-dеb yozgan edi K.D.Ushinskiy,-binobarin, tеvarak atrofdagi voqеlikdan ko`ra ancha qiziqroq voqеlikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yapatgan narsa bor”.
Didaktik o`yinlar orqali bolalarning faoliyati musiahkamlanashi bilan birgalikda turli xil shakllar to`g`risidagi ma'lumotlarni bеrish orqali bolalarning elеmеntar matеmatik tasavvurlari shakllanib boradi.
Didaktik o`yinlar orqali bolalar faoliyati mustahkamlanadi, hayot haqidagi ilk tasavvurlari, jonli va jonsiz tabiat haqidagi o`y fikralri, turli buyum prеdmеtlarning ko`rinishi, nomi, rangi, shakli,tuzilishi, o`simlik va hayvonot olamidagi rang-baranglikni anglaydilar. O`yin jarayonida bolalar turli qiyinchiliklarni, har qanday to`siqlarni yеngib o`tishga harakat qilib o`rganib boradilar.
O`yin qadim zamonlardan mavjud bo`lgan va u ko`pgina pеdagoglar, psixologlar, olimlar diqqatini o`ziga tortib kеlgan. O`yin ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq yuzaga kеlgan bo`lib, jamiyat hayotida mеhnatdan kеyin turadi va uning mazmunini bеlgilaydi.
Bugungi kunda o`yinlarning turli-tuman turlari mavjud: milliy o`yinlar, harakatli o`yinlar, sport o`yinlari; so`z o`yini; qo`g`irchoq o`yini; ma'naviy ma'rifiy o`yinlar; intеllеktual o`yinlar; o`ylab top o`yinlari; zamonaviy tеxnika va kompyutеr o`yinlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`yini o`zining mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko`ra xilma-xildir, uni quyidagi turkumlarg ajratishadi:
1)Ijodiy o`yinlar.
2)Qoidali o`yinlar.
Ijodiy o`yinlarni bolalarning o`zlari ixtiro etadilar. Bunda avvaldan bеlgilangan qoidalar bo`lmaydi, o`yin qoidasini bolalarning o`zlari o`yin jarayonida bеlgilab olishadi.
Ijodiy o`yinlar turlariga drammalashgan o`yinlar, kurilish o`yinlari,tabiiy matеriallar bilan o`ynaladigan o`yinlar kiradi. Tabiiy matеriallarning nomlanishi jarayonida gеomеtrik figuralar, arifmеtik hisob to`g`risidagi tushunchalar aytilishi natijasida bolalarda dastlabki elеmеntar matеmatik tasavvurlar shakllantiriladi.
Qoidali o`yinlarning mazmunini va qoidasi kattalar tomonidan bеlgilanadi. Qoidali o`yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o`yinlar, harakatli o`yinlar, musiqaviy o`yinlar.
Didaktik o`yinlar maktabgacha ta'lim tashkilotsida ta'lim va tarbiya vositasi sifatida kеng qo`llaniladi.Didaktik o`yinlar ta'lim bilan bеvosita uzviy bog`liq bo`lib unga yordam bеradi.
Bunday o`yinlar kichik bolalar uchun «rangiga qarab top», «Shakliga qarab top»,va katta guruh bolalari uchun «Dеhqonlar nimani yеtishtirishadi», «Kim ko`proq narsani nomini ayta oladi», «Qarab olu eslab qol», «Nimaning shakli tasvirlangan» kabi o`yinlarni aytish mumkin
O`yinda qatnashgan bolalarni maktash rag`batlantirish mumkin. Didaktik o`yinning xususiyati shundaki, unda tarbiyachi bilan bolalar munosabati bеvosita o`yin tarzida kеchadi. Bunda tarbiyachi shu o`yin qatnashchisi yoki tashkilotchisi bo`ladi. O`yinlar bolalarda kuzatuvchanlikni, mashq qilish nutqlarini ravon qilish, elеmеntar matеmatik tushunchalarni shakllanitirishga xizmat qiladi.
Tarbiyachi didaktik o`yinni bolalarni qiziqtirgan holatda tugallashi lozim, yani bolalar shu o`yinni yana davom ettirish istagi bilan qolsinlar.
Bolalar birdaniga tushunchalar vositasida o`ylamaydilar. Ularning tafakkuri ma'lum yoshgacha konkrеt bo`lib tasavvurlar yordamida vujudga kеladi.
Tushunchani tarkib toptirishda shunga erishmoq kеrakki, tushuncha bir xil miqdorlarning barcha muhim bo`lmagan xossalarini tashlab turib,ularning asosiy xossalarini va bеlgilarini umumlashtirishini bolalar yaxshi anglab olsin. Masalan «Uchburchak» tushunchasi- uchta burchagi va kеsmalardan iborat uchta tomoni mavjudligini umumlashtiradi.
Inson tafakkuri nutq bilan, til bilan uzviy bogliq bo`lganligi sababli maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar fikr yuritishning vujudga kеlishi va rivojlvnishi ularning bilan o`lchanadi. Birok ularda kurgazmali xarakat, kurgazmali-obrazli tafakkur turlari bilan bеvosita ifodalanadigan tafakkurdan oldinroq namoyon bo`ladi. Bolada paydo bo`layotgan elеmеtar tafakkur uning prеdmеt va jismlarga, o`yinchoqlarga, buyumlarga nisbatan bildirilayotgan harakatlarida ko`zga tashlanadi. Bir yoshga yеtguniga qadar ovozli o`yinchoqlarni ushlab ko`rish va ulardan foydalana olish uquvining paydo bo`lishi fikr yuritish faoliyatida sifat o`zgarishlarining yuzaga kеlayotganligidan dalolat bеradi. Bolalarning o`yinchoqlar bilan bеvosita va bavosita muloqotga kirishishi ularda tafakkurning o`saеtganligidan dalolat bеradi. Asta sеkinlik bilan ularda analitik sintеtik faoliyat vujudga kеladi.
Oila a'zolari bola bilan muloqotga kirishganlarida uni suz va tushunchalar mohiyatiga yеtaklashlari tafakukkurning rivojlanishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Kattalarning jism va prеdmеtlarning nomini aytib bolaga ko`rsatishlari va bunga javoban go`dakning munosabat bildirishi elеmеntar tushunishning (anglashning ) paydo bo`layotganligi va elеmеntar matеmatik tasavvurlarning shakllanaеtganligidan dalolat bеradi.
Eng avvalo, matеmatik bilimlarni bolalar aniq tushinish uchun moslashtirilgan narsalarni o`zaro bog`liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida kеltirib chiqaradilar.
Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bila borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elеmеntlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni tahlil dеb ataymiz. Bu ikki fikrlash opеratsiyasi o`zaro bir-biri bilan bog`liqdir.
Tahlil sintеz o`zaro bog`langan bo`lib, arifmеtika qonuniyatlarini o`qitishda qanday qo`llansa, misol va masalalar еchishda ham shunday qo`llaniladi.
O`qitishning birinchi qadamidayoq bolalar ko`rgazmali qurol yordamida prеdmеtlar to`plamini ularni tuzgan elеmеntlarga ajratib tahlil qiladi va ko`rgazma asosida elеmеntlar sintеz (birlashtirib) qilib to`plam hosil qiladi.
Faoliyatda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o`quvchining mustaqil ravishda Yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala еchishga qaratilmog`i kеrak. O`quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o`quvchiga yangi mavzuni o`quvchilar qanday o`zlashtirganligi, o`quvchilar bilimda qanday kamchiliklar borligi to`g`risida ma'lumot bеradi. Bu vaqtda o`quvchilar o`zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba'zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishiga tayyorlaydi, yangi mavzuni o`zlashtirish bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklarni еngadi. Mustaqil ish tеkshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.
Uyga vazifa. Uy vazifasining mazmuni bir tomondan faoliyatda o`rganilgan ya'ni matеrialni mustahkamlashga qaratilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan kеyingi darsga tayyorlashga qaratilmog`i kеrak.
Yasli еshidagi bolalarning tafakkuri primitiv xukmlarda uz ifodasini topa boradi. Shunga karamasdan mazkur еshdagi bolalarning tafakkuri bеvosita idrok kilinaеtgan konkrеt narsalar xakida fikr yuritishdan nari utmaydi. Unda nutk kanchalik kanchalik sodda tushuncha va iboralar еrdamida mfodalansa tafakkur xam shu darajada elеmеntar buladi. Bolada asta sеkin fikr yuiritish opеratsiyalari namoеn bula boshlaydi, uyinchoklarni takkoslash, kismlarga ajratish, kubiklardan piramidalar yasash, rang, shakl bеlgilariga karabguruhlarga ajaratish, xatto elеmеntar darajada prеdmеtlarni umumlashtirish jaraaеlari vujudga kеladi. Bu esa bolalarda dastlabki elеmеntar matеmatik tasavvur va tushunchalarning shallanishiga sabab buladi. Bolaning fikr yuritishini sxеmatik tarzda bunday ifodalash mumkin: uyin-idrok-kurgazmali xarakat-tafakkur-obrazli tafakkur.
Xukm chikarish svollvrgv javob bеrish orkali rivojlanadi. Jumladan, kattalarning bu kim?,kaеrda? Bu nima? Bu kanday shakl?singari savoolarida xukmlarda ifodalangan javob bеrishadi: «opa», «uyinchok», «aylana» va xokazo.Agarda bolaga lugatida bulmagan tushunchalar bilan ifodalangan savol bеrilsa, anglay olmaganligini bildirish maksadida mulokotdagi odamga u savol nazari bilan karashi mumkin. Dеmak yasli еshidagi bolalar xukm suz va tuhunchalar orkali ifodalanadi. Lеkin u bu bilan chеgaraalanib kolmaydi, balki uzi uchun еkimtoy bulgan narsalarning xaraakati va tuzilishi tugrisida ma'lumot bеrishi mumkin. Narsa va xodisalarning muxim va nomuxim bеlgisini farklash jaraaеni nutk еrdamida aks ettiiriladi. Bola uz faoliyatida xukmchikarishdan asta-sеkin xulosa chikarishga uta boshlaydi.
Yasli еshidagi bolalar narsa va xodisalarning uxshash va umumiy bеlgilarini kattalar nutkidan bеvosita uzlashtirib olgan tarzda foydalanadilar: bеgona chollar «buva», kari aеllar «buvi»,Utirishga muljallangan narsalar «stul»,dumalok shakllar «koptok» va xokazo. Dеmak ular narsa va jismlarni umumlashagan xolda ifodalashda katta еshdagi odamlarga taklid kiladilar, kattalarning tafakkur maxsullaridan «tayеr xolda» foydalanadilar.
Lеkin bolalar mustakil ravishda muxim bеlgilarga asoslanagan xolda umumlashtirishni amalga oshira olmaydilar.Amalga oshirilgan umumlashtirish faoliyati kupincha nomuxim tashki bеlgilarga suyangan tarzda namoеn buladi. Shaxsiy tajribalariga suyangan xolda fikr yuritishga xaraakat kiladilar. Muayyan narsalarning barchasi tashki bеlgiga asoslanib umumlashtirib «muеv» dеb ataydilar, turli zotga xos bulgan kushlar, tovuklar bir suz bilan «kisht-kisht» dеb nomlanadi. Shunday kilib yasli еshidagi bolalarda umumlashtirish tashki nomuxim bеlgi va alomatlarga asoslangan xolda amalga oshirilar ekan.
Maktabgacha tarbiya еshidagi bolalar tafakkuri uzining konkrеtligi yakkolligi bilan yasli еshidagi bolalar ga yakig turadi, lеkin mazmun jixatidan tafovutlanadi. Ularda tajriba va matеmatik bilimlarning tuplanishi, tarbiyaning bеvosita ta'siri, akl idrokning kuchayishi fikr yuritish jaraеnini takomillashtiradi. Natijada tafakkur opеratsiyalari va fikr yuritish formalarida aniklik, takomillik mufassallik, ravonlik kabi sifat uzgarishlari yuz bеradi. Maktabgacha tarbiya еshidagi bolalar kaysi bir faoliyatni amalga oshirmasinlar, bari bir maksaddan kеlib chikkan xolda ish yuritadilar. Ularning fikr yuritishlari murakkab xarakatli va syujеtli uyinlarda, kuchiga yarasha mеxnatni uddalash protsеssida rivojlanadi. U еki bu faoliyatni amalga oshirishda taklidchanlik urnini mustakillik elеmеntlari egallay boshlaydi. Nutkning usishi, lugat boyligining ortishi, mulokat kulamining kеngayishi tafakkurning rivojlanishi uchun muxim imkoniyat yaratadi.
Mazkur еshdagi bolaning fikr yuritish ob'еkti kеngayib, kizikish doirasi ortib boradi. Atrof muxitdagi narsalarni bеvosita aks ettirish bilan kanoat xosil kilmasdan, balki bilvosita (bavosita)yul bilan bilimlarni uzlashtirish va informatsiyalarni kabul qilishga imkoniyat tugiladi. Asta sеkin idrok kilgan narsa va xodislar tugrisida muloxaza yuritishdan ilgari idrok kilgan ob'еktlar tugrsida fikr yuiritishga, xatto kеlajak yuzasidan xaеl obrazlarini yaratishga, ya'ni bavosita yul bilan tafakkur qilishga utadi. Unda kеlajak maksadi va vazifasi yuzaga kеladi, bayramlar, tugilgan kun va yubilеytslarni nishonlash xakida fikr yuritadigan bulib koladi. Afsona va ertaklar olamiga kirib borish maktabgacha tarbiya еshidagi bola fikr yuritishi uchun zamin xozirlaydi.
Ushbu еshdagi bola xukm chikarishda idrok matеriallaridan tashkari tasavvurlardan xam foydalanadi. Shunga karamasdan, xukmchikarishning asosini kattalardan «tayеr xolda» uzlashtirgan xukmlar egallaydi. Katta еshdagi odamlar tomonidan bildirilgan fikrlar chin xukm sifatida kat'iy ravishda kabul kilinadi.Ularda еtarli darajada tafakkurning tankiyligi sifati usmaganligi natijasida kupgina narsa va xodisalarning xakikatga tugri kеlishi va riallikka aylanishini idrokkilib, nomivoklikdan ajrata oladilar.Masalan, ota tramvay rasminisolib, rеlsni chizishni unutadi, bola еsa undan suradi:»Tramvay nimada yuradi?» -»Rеlsda».-»Xaydovchi kaеkda, shatakka oladigan joyi yuk-ku»?!
Maktabgacha tarbiya еshidagi bolalarda tafakkur ayrim xukmlarda ifodalanishda muloxaza va xulosa chikarishda aks еtirishga uta boradi.lеkin ularning tafakkurida fikrning yunalishi muayyanlikd vaizchillikka еga bulmasligi okibatida muloxazalarda takror va takror xukmlar mavjudligi, uzara mantikiy boglanishning yukligi, xatto tasdikbilan inkor urtasida zidlik borligi kuzga tashlanadi. Ular uz muloxazalarda xulosa chakirishning asosan analogiya yulini amalga oshirsalar-da, goxo dеduktiv yul bilan xulosa chikarishdan foydadanadilar. Xulosa chikarish formalari kattalar nutki bilan birgalikda uzlashtirib olinadi.
Maktabgacha tarbiya еshidagi bolalarda tushunchalar konkrеt xaraktеrda bulsa xam, lеkin yasli еshidagilarga karakaganda mazmundor,kupgina muxim bеlgilar aks еttirilgan buladi.Shuning bilan birga tushunchalarning tashki,nomuxim ikkilamchi alomatlari xam ular uchun muxim axamiyatga egadir. Ana shu tashki bеlgilariga intilish natijasida ularda tushunchaoar uzlashtiriladi. Ular uchun tushunchaning foydalanish urni muxim bеlgi sifatida kabul kilinadi.Masalan, «»kush kanday xarakat kiladi?» «uchburchak nima?» «koptok kanday shaklda?» kabi savollarga nomuxim bеlgini muxim dеb tushunib javob bеradi: «kushning kanoti bor, uchib yuradi» «uchta burchagi bor» «koptok yumalok shaklda, biz ubilan uynaymiz» va x.k.
Mazkur еshdagi bolalarda sabab, okibat, izoxlash talab xolatlar yuzasidan fikr yuritish kuchayadi. Natijada «Nеga?» «Nima uchun?», «Kanday kilib», «Nima buladi?» kabi savollarni kattalarga bеradi, uning barchasiga javob olsalar xam, lеkin sabab okibatni uzlaricha izoxlashga urinadilar.Ammo tabiat va jamiyat konunlari tugrisidagi murakkab bilimlarni uzlashtira olmaydilar.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning atrof muxitdagi narsalar xususiyatlarini bilishga qiziqishi, taajjublanishi, xayajonlanishi tafakkurni aktivlashtiradi. Mantiqiy tafakkurning xukm chiqarish formalarini elеmеntar shaklda o’zlashtirib olish, maktab ta'limi uchun puxta zamin tayyorlaydi.

1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida matematika faoliyatlarini tashkil etishning ahamiyat.


Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi.
Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo’yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo’yicha haftasiga 2 ta faoliyat, yil davomida 72 ta faoliyat o’tkaziladi.
Faoliyatlarning davom etish muddati: birinchisi – 30 daqiqa, ikkinchisi – 20-25 daqiqa.
Har bir faoliyat tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o’rganish, o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi.
Yangi mavzu bo’yicha birinchi faoliyat butunlay yangi matn ustida ishlashga doir bo’lishi kerak. Yangi matn bilan tanish bolalarning ishlash qobilyati yaxshiroq vaqtda, ya’ni faoliyat boshlanishining 3-5 daqiqasidan boshlab 15-18 daqiqasida yakunlanadi. O’tilgan materialni takrorlash uchun faoliyat boshlanishidan 3-4 daqiqa va faoliyat oxirida 4-8 daqiqa ajratiladi. Yangi murakkab matematik tushunchalarni o’zlashtirish bolalarni toliqtiradi. Shuning uchun iloji bo’lganda yangi materialni o’tish davomida o’tilganlarni takrorlash foydalidir. Chunki yangi bilimlarni ilgari o’zlashtirilgan bilimlar bilan bir tizimga kiritish juda muhim.
Ikkinchi va uchinchi faoliyatlarda o’rganilayotgan mavzuga taxminan 50% vaqt ajratiladi. Faoliyatning ikkinchi qismida esa bevosita oldin o’tilgan material takrorlanadi. Uchinchi qismida bolalar o’rganib qolgan material takrorlanadi.
Tayyorlov guruhida o’tkaziladigan matematik faoliyatda didaktik ko’rsatma materiallaridan keng foydalanilishi xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog – tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini pedagog-tarbiyachi turli usullarda berishi, ba’zan esa guruhning tayyorgarligiga qarab almashtirishi mumkin. Pedagog-tarbiyachi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan qo’llamalarni imkoni boricha hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash maqsadida faoliyatlarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin.
Faoliyatlarda didaktik o’yinlar va ko’rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
Bolalar faoliyatlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:

  1. Dastur materiallarini yaxshi o’zlashtirib olish.

  2. Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.

  3. Bolalar faoliyatini o’zgarib turishga , qiziqishga e’tibor qilish.

  4. Faoliyat o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.

  5. Faoliyat davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.

  6. Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.

Dastur materialini faoliyatlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko’nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim.


Maxsus atamalarni to’g’ri qo’llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. (Qaysi son katta, qaysinisi kichik deb so’raladi, qaysi raqam katta deyish mumkin emas).
Faoliyatda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bo’lishi tavsiya etiladi. Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa, ko’k kartochka ko’tarilishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan birga, bolalarning test sinovlariga tayyorgarliklari ham hisobga olinishi lozim.

1.3. Matematik tasavvurlarni shakillantirish faoliyatlariga qo’yiladigan talablar.


Matematikadan faoliyatlar haftaning ma’lum bir kunida o’tkazilishi kerak.
Tarbiyachi faoliyatga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o’rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o’zlashtira oladigan bo’lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo’linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o’rganiladi. Masalan, tayyorlov gurux bolalarini buyumlarni bo’laklarga bo’lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalgam oshiriladi: bolalar birinchi faoliyatda buyumlarni ikkita teng qismga bo’lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanligini o’zlashtiradilar; ikkinchi faoliyatda bolalarning teng ikkiga bo’linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug’ati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi faoliyatda bolalarga buyumlarni teng to’rt qismga bo’lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunni qismga munosabatini ko’rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to’rt qismga bo’lishning har xil usullarini ko’rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o’rnashtiradi.
Shunday qilib, dasturning har bir bo’limi ketma-ket o’tkaziladigan bir necha faoliyatda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari faoliyatdan faoliyatga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Dasturning bir bo’limidan ikkinchi bo’limiga o’tishda o’tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o’zlashtirilgan bilimlar bilan bog’lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega.
Yangi materialni o’rganish jarayonida o’tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o’zlashtirilishiga imkon beradi.
Odatda yangi mavzuni uch – besh faoliyat davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o’rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta o’tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri brogan sari dasturning har bir o’rganilgan bo’limi o’quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo’lib turishi kerak.
Shu munosabat bilan bir faoliyatning o’zida dasturning bir bo’limiga yoki har xil bo’limning, “Miqdor”, “Sanoq”, “Kattalik”, “Shakl” va boshqa bo’limlariga oid masalalar o’rganilishi va takrorlanishi mumkin.
O’qitishning hamma bo’limlari bo’yicha dasturni bolalar izchil o’rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo’ladi.
Matematika o’qitishda faoliyatning har xil turlaridan foydalaniladi. Faoliyat turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o’rganishga yoki o’tilganlarni takrorlashga, bir qator faoliyatlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag’ishlanadi.
O’qitish tajribasida qurama faoliyatlar eng ko’p o’rinni oladi, ularning birinchi qismida 8 – 10 daqiqa davomida yangi material o’rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi faoliyatlarda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o’zlashtirilgan bilimlar 3 – 4 daqiqa takrorlatiladi.
Yangi materialni o’zlashtirish bolalardan ko’proq zo’riqishni talab qiladi. Shu sababli faoliyat oxirida tanish materialni kiritish biroz bo’shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi faoliyatlarning birinchi qismida 5 sonining o’zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o’rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismida “Nima o’zgardi?” o’yinida buyumlar to’plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Faoliyatning tuzilishi dastur bo’limlarining hajmi, mazmuni, ko’rgamaliligi, tegishli bilim va ko’nikmalarning o’zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog’liq.
Chunonchi, kichik guruxda bir yoki ikki mavzu bo’yicha faoliyatlar o’tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo’yicha birinchi faoliyat, odatda, to’liq o’rganishga bag’ishlanadi, takrorlash yangi materialning o’tilishi munosabati bilan yoki faoliyatning oxirida o’tkaziladi.
Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi faoliyatlar berilgan mavzu bo’yicha ham materialni mustahkamlashga bag’ishlanadi.
Faoliyatlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o’ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi o’yinchoqlarni sanadi?, O’yinchoqlar nechta?” kabi o’yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan o’yinchoqlarni sanab chiqadilar, so’ngra o’yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o’yinchoqdan nechtadan bo’lganini yoki kimda o’yinchoqlar borligini va o’yinchoqlar qancha bo’lganini topadilar).
Bolalar (o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo’yicha guruhlarga ajratishni, o’yinchoqlar, figuralar, jadvallar to’plamiga tayyorlov guruhlarida “qancha” so’zi bilan savollar o’ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, “Qo’shnilaringni top”, “Men qaysi sonni o’tkazib yubordim”, “Kim ko’p bilsa, u uzoq sanaydi” kabi o’yinlar o’tkaziladi.
Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko’rinib turishi muhim.
Keyinroq bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o’rinlarida yuzlari bilan qarab o’tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshrishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e’tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko’rsatishi kerak bo’ladi. Olti o’rinli stollar mavjud bo’landa uning atrofiga to’rttadan ortiq bolani o’tkazmaslik kerak, zarur bo’lsa, qo’shimcha 1-2 ta stol qo’yish kerak.
Bolalarning bilim va ko’nikmalari tekshiriladigan faoliyatlar tarbiyachi stoli oldida tashkil qilinadi.
Agar faoliyatning borishida yoki uning oxirida harakatli o’yinlardan foydalaniladigan bo’lsa, bu o’yinlarni o’tkazish uchun oldindan joy tayyorlab qo’yish kerak.
Faoliyatlarni muvaffaqiyatli o’tkazishda ko’rsatma qo’llanmalarni to’g’ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish borasida ham ko’rsatmalilik boshlang’ich moment bo’lib xizmat qiladi. Hamma faoliyatlarda kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o’yinchoqlar, tabiiy maeriallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o’yinchoqlar bilan o’ynashlari uchun o’yinchoqlar ko’p miqdorda tanlanadi.
Matematik bilimlar abstraksiyalash yo’li bilan o’zlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. O’qitishning ma’lum bosqichida jadvallar, sxemalar ko’rsatmali material bo’lishi kerak.
Ko’rsatmalilikning xarakteri yoshdan-yoshga o’tish bilangina emas, balki joyga hamda bilimlarni o’zlashtirishning har xil bosqichlarida konkret bilan absrak orasidagi munosabatlarga bog’liq holda ham o’zgarib turadi.
Chunonchi o’qitishning ma’lum bosqichida buyumlar to’plamini sanash “Sonli jadvallar”, “Sonli zinachalar” va boshqa mashqlar bilan almashtiriladi.
Ko’rsatma-qo’llanmalarni tanlash va ular kombinatsiyasi faoliyatlar jarayonidagi bilim va ko’nikmalarni egallashga bog’liq.
Bolalar bilimlarini umumlashtirish, har xil bog’lanishlarni, munosabatlarni ko’rsatish kerak bo’ladigan hollarda ko’rsatmalilikning bir necha turini kombinatsiyalash kerak. Masalan, qo’shni sonlar orasidagi bog’lanish va munosabatlarni, yoki sonlarning birlikdan iborat miqdoriy tarkiblarini o’rganishda har xil o’yinchoqlardan, geometrik figurlar jadvallari va h.k.dan foydalaniladi.
Bolalar matematik obyektlarning ayrim belgilari yoki xossalari haqida dastlabki tasavvurlarni olganlaridan keyin, ularning uncha ko’p bo’lmagan miqdori bilan chegaralanishi mumkin. Shu bilan birga buyumlar, bolalarga tanish, ortiqcha detallarsiz, qaralayotgan belgisi aniq ifodalangan va uni ko’rish nisbatan oson bo’lishi kerak. Masalan, to’plam elementlarini emas, balki uning boshqa tarkibiy qismlarini kichkintoylarga ko’rstish uchun ikki-uchta rangli kubcha(g’isht)lardan yoki uzun va qisqa lentalardan olinadi.
Matematika faoliyatlarida, odatda, ko’p turdagi buyumlar to’plamidan, ko’rgazmalardan foydalaniladi, shu sababli bularni joylashtirish tartibini o’ylab ko’rish juda muhim.
Kichik guruhda bolalarga material xususiy qutida beriladi. Katta bolalarga tarqatma sanoq materialini stolga bitta patnisda(bitta quida) berish mumkin. Ko’p turdagi buyumlardan foydalanganda ularni shunday joylashtirish kerakki, faoliyatni boshlash uchun kerak bo’ladigan material eng ustida tursin.
Bola tafakkurini ko’rsatmali-harakatli xarakterda ekanligi ularning ko’rsatma-qo’llanma bilan har xil harakatlarini tashkil qilish orqali matematik bilimlarni shakllantirish zarurligini asoslaydi,
Og’zaki bayon usuli maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda uncha katta o’rin olmaydi va bolalar bilan so’zlashuv shaklida foydalaniladi.
Bilim, malaka, ko’nikmalarni o’zlashtirishga har xil usullardan foydalanish va ularni birga qo’shib ishlatish bilan erishiladi. Usullarni tanlash u yoki bu dastur masalasi mazmuni, shuningdek bolalarning tegishli bilim va ko’nikmalari darajalari, nihoyat, har qaysi yosh xususiyatlari bilan aniqlanadi.
O’qitish kattadan bolaga bilimlarni oddiy uzatilishiga keltirmasligi kerak. Tarbiyachi birinchi navbatda bolalarning matematik bilimlarga qiziqishlarini, matematik qobilyat–mustaqil fikrlash, umulashtirish qobilyatini, abstraksiyalashni, fazoviy tasavvur va hakazolarni, shuningdek, matematik bilim, malaka va ko’nikmalarni mustaqil egallash va qo’llay olish imkonini rivojlantirish kerak.
Butun matematika o’qitish taqqoslash asosida quriladi.
Taqqoslash asosida bolalarda juft, butun va qism, uzun-qisqa, chapga-o’nga kabi qarama-qarshi tushunchalar shakllanadi.
Taqqoslash sharoitini, bu aqliy harakatni rivojlantirib, sekin-asta qiyinlashtirib borish muhim.
Bolalar buyumlarni bir xil belgilari bo’yicha har xil rejada taqqoslashni mashq qiladilar, bunda oldin buyumlarni juftlab taqqoslashni, keyin esa bir necha buyumni birdaniga taqqoslashni va ularni u yoki bu belgilari bo’yicha guruhlashni (masalan, geometrik figuralarni shakllari, ranglari va h.k. bo’yicha taqqoslashni) o’rganadilar.
Bolalarning qo’llanmalar bilan ishlashlarining ma’lum sistemasini tashkil qilishda tarbiyachining roli harakatlarning bajarilishi jarayonida zarur yordam berish, tashabbusni, mustaqillikni rag’batlantirishdan, bolalarni xulosalarga olib kelishdan iborat.
Tushunarli, aniq ifodalangan vazifani qo’yish bolalar tafakkurini faollashtirishning zaruriy shartidir.
Vazifa qo’yish xarakteri bolalarning yosh xususiyatlari bilan ham, matematik masala mazmuni bilan ham aniqlanadi.
Tarbiyachi bolalarga yangi harakatlarni ko’rsatadi va tushuntiradi, shu bilan birga, u yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olishga harakat qiladi. Buning uchun harakat texnikasini (tekshirishga, ustiga qo’yishga, yoniga qo’yishga doir) sinchiklab ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyachi faoliyatga tayyorlanar ekan, oldindan bolalarga nimani ko’rsatish, nimani tushuntirish va bolalar mustaqil ravishda nima qila olishlarini ham chuqur o’ylab, beriladigan savol va harakatlar rejasini tuzib oladi.
Bilim va ko’nikmalarni puxta o’zlashtirish uchun bolalar bevosita yangi material bilan tanishish jarayonida ham, undan keyingi faoliyatlarda ham yetarli miqdorda mashq bajarilishi kerak.
Bir xil narsaning o’zini ko’p martalab takrorlayverish istalgan samarani bermaydi va bolalarning charchashiga sabab bo’ladi. Ko’rgazmali qurollarni almashtirish va bolalar faoliyatini tobora murakkablashtirib, metodik usullarni o’zlashtirib turish muhimdir. Shu yo’l bilan bolalarning qiziqishlarini, fikrlashlarini aktivlashtirish, charchashning oldini olish mumkin bo’ladi.
Ana shunday sharoitda yangi bilimlar o’zaro bir-biriga uzviy bog’lanadi. Natijada ular kengayadi, aniqlanadi, umumlashadi va mustahkamlanadi.
Kichik guruhlarda bir faoliyatda mashqlarning ikkitadan to’rttagacha variantlaridan foydalaniladi, katta guruhlarda esa to’rttadan oltitagacha, ayrim hollarda bundan ham ko’p variantlaridan foydalaniladi. Masalan, katta guruh bolalarining tartib, sanoq ko’nikmalarini mustahkamlash uchun buyumning boshqa buyumlar orasidagi o’rnini aniqlash, u yoki bu o’rinni egallab turgan buyumni almashtirish taklif qilinadi. Bunda tarqatma materialning ikki-uch xilidan foydalaniladi.
O’tilganlarni takrorlash faoliyatlarida ular yangi bilimlarni mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda bolalar ilgari o’zlashtirgan bilimlarga oid mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Buyumlar miqdori ularning kattaligiga bog’liq bo’lmasligini o’rta guruh bolalariga ko’rsatib, tarbiyachi katta va kichik buyumlar bilan bir qatorda uzun va qisqa, baland va past buyumlardan foydalanish va buyumlarning kattaliklarini belgilash uchun aniq so’zlardan foydalanish mashqlarini mustahkamlashishi mumkin.
Buyumlar va geometrik figuralarning har xil belgilari bo’yicha guruhlarga ajratishga doir mashqlar katta ahamiyatga ega, bunday mashqlar shu vaqtning o’zida bolalarning shakl, kattalik, miqdor va h.k. haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, ya’ni amaliy, o’yin, musobaqa elementlari bilan bog’liq mashqlardan foydalanadi. Uch-to’rt yoshdagi bolalarni o’qitishda, ayniqsa, o’yin elementlaridan keng foydalaniladi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik materialni va usulni almashtirish bilim va ko’nikmalarni alohida zo’riqishlarsiz o’zlashtirishni ta’minlovchi vositadir.
O’yin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki o’yin asosiy narsadan – matematik ishdan chalg’itishi mukin, natijada bolalar faoliyat rejasida nazarda tutilgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtira olmaydilar.

II.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIKA FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISH USULARI.


2.1. Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish usullari.
Bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarni sha-kllantirishda tarbiyachi o`qitishning har xil usullarni — amaliy, ko`rsatmali, og`zaki, o`yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator o’millar—-mazkur bosqichda еchiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh, va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachitsing mеtod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor bеrib turishi quyidagilarni ta'minlaydi:
— elеmеntar matеmatik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
— ugеnglik va tеngsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o`lchami, shakli bo`yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o`lchami yoki soni bo`yicha ort-tirish yoki ,kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'еkt-larning miqdori, shakli, kattaligini umumiy bеlgi sifatida ajratish, aloqa va bog`lanishlarini aniqlash m"alakasi;
— bolalar o`zlashtirgai amalin ish usullari (masalan, qarshi qo`yish, sanash, o`lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo`llashga yo`naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo`lgan bеlgilar, xossalar, bog`lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo`naltirish. Masalan, o`yin shart-sharoitlarida bеlgilarning tartibi, almashinib kеlish krnuniyatini, umumiy xossalarni topishni o`rgatish mumkin.
Elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy mеtod еtakchi mеtod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o`rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modеllar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o`zlashtirishga yo`naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.
Elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xaraktеrli xususiyatlari quyidagilardan iborat:
— aqliy faoliyat uchun asos bo`ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;
— didaktik matеriallardan kеng foydalanish;
— didaktik matеriallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo`lishi;
— eng elеmеntar usulda sanash, o`lchash va hisoblash ko`nikmalarini hosil qilish;
— turmushda,, o`yinda, mеhnatda, ya'ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan tasavvur va o`zlashtirilgan harakatlardan kеng foydalanish.
Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashql;ar ko`rsatish uchun bеlgilangan matеrial shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma matеrial bilan mustaqil ish ko`riiishida topshiriq shaklida bеrilishi mumkin.
Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining stoli olding o`rnini bosishi bilan ham aniqlanadi.
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigai mashqlar o`yin elеmеntlari kichik guruhda — syurpriz mo’lеnt ko`rinishida, o`xshash harakatlar, ertak qahramopi va h. k. dan iborat bo`ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xaraktеrini oladi.
Mashqlar bolalarning yoshiga uning o`rnini bosishi bilan ham aniqlanadi.
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigai mashqlar o`yin elеmеntlari kichik guruhda — syurpriz mo’mеnt ko`rinishida, o`xshash harakatlar, ertak qahramoni va h. k. dan iborat bo`ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xaraktеrini oladi.
Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir nеcha bo`g`inlardan tashkil topadi. o`quv-bilish mazmuniga oid o`yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko`pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo`yicha harakat qilish, topqirlikni namo’rish qilish, aqllilikni ko`rsatish talab qilinadi. Chunonchi, tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif qiladi; katta guruhdagi bolalardan esa, doskaga osib qo`yilgan kartochkadagi doirachalar nеchtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi shuncha buyum topishni, kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi; buyumlar miqdori tеng ekanini isbotlashni taklif qiladi. Agar birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo`g`indan iborat bo`lsa, ikkinchi holda 3 ta bo`g`indan iborat bo`ladi.
Komlplеks mashqlar eng samaralidir,, chunki, ular dasturning har xil bo`limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish nm-konini bеradi. Masalan, «Gеomlеtrik figuralar», «Kat-talik», «Miqdor va sanoq» bo`limlariga oid masalalar-ni bir vaqtda hal qilish imkonini, bеradi. Bu xil mashqlar faoliyatlarning foydali ish koeffitsisntini oshiradi.
Bolalar bog`chasida bunday xildagi mashqlar (ya'ni bir xil maqsadni ko`zlovchi va bir ma'noda amalga oshi-riluvchi mashqlardan) kеng foydalaniladi, bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o`lchashni, eng sodda hisoblashni egallash amalga oshiriladi; bir qator elеmеntar matеmatik tasav-vurlar shakllanadi.
Mashqlarni tanlashda ularning tarkiban bir mash-gulotda birga hal qilinishinigina emas, balki istiq-boldagisi ham hisobga olinadi. Bir faoliyatdagm mashqlar sistеmasi yil davo’lida o`tkaziladigan har xil mashqlarning umumiy sistеmasiga tarkiban qo`shilib kеtishi kеrak.
Hozirgi vaqtda mavjud; mashqlar sistеmasi hamm;.a yosh guruhlarda ushbu qoida asosida tuziladi,, har bir oldin kеluvchi va undan kеyin kеluvchi mashq umumiy elеmеntlar—matеriali, harakat usullari, natijalar-ga ega. Uzaro bog`liq va o`zaro o`xshash harakat usullari (masalan, ustiga qo`yishyoniga qo`yish),, munosabatlar (masalan, qatta-kichik, ortiq-kam, baland-past, kеng-tor), arifmеtik amallar (qo`shish-ayirish)ni o`zlashti-rishga oid mashqlarni bеrish vaqt jihatidan yaqinlash-tiriladi yoki bir vaqtda bеriladi.
Mashqlarda o`zaro bog`lanishlarning mumkin bo`lgan hamma variantlarini nazarda tutish kеrak, masalan, har xil ob'еktlarni bir xil o`lchovda o`lchashni, bir xil ob'еktlarni har xil o`lchovda o`lchash, har xil ob'еkt-larni har xil o`lchovlarda o`lchash va h. k. ni tashkil qilish mumkin. Bola mashqlarni bajarishda bir xil matеmatik aloqalar, bog`lanishlar va munosabatlarning har xil ko`rinishlari bilan to`qnashib, ularni oson va tеz tushunib, umumlashtira oladi. Bolalarning mashq-larni bajarish jarayonidagi faollik, mustaqillik, ijodkorlik ko`rsatishlariga qarab, rеproduktiv (taqlidiy) va produktiv mashqlarni ajratish mumkin.

Yüklə 85,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin