Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Yüklə 85,87 Kb.
səhifə6/8
tarix18.05.2023
ölçüsü85,87 Kb.
#116591
1   2   3   4   5   6   7   8
Fazo va fazoda mo\'ljal olish haqida tushuncha

Faoliyatni yakunlash. Faoliyatda faol qatnashgan bolalarni rag’batlantiriladi.

2.Faoliyat.
Mavzu: Oldida, orqasida, yonida, o’ngda, chapda.
Faoliyatning maqsadi: Narsalarning o’zaro joylashuvidagi oldida, orqasida, balandda, orasida, pastda, yuqorida, yonida, o’ngda, chapda kabi tushunchalar asosida bolalarda sodda fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish, fazoda mo’ljal olshga o’rgatish.
Faoliyat turi: Aralash, suhbat.
Faoliyat jihozlari: rsam daftar, hayvonlarning maketi, mavzuga mos rasmlar.
Faoliyatning borishi:
Faoliyatni tashkil etish.
O’rganilgan mavzuni mustahkamalash. Bolalarni o’rganilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida turli amaliy faoliyatlar o’tkazish mumkin. Masalan: “Teskarisini ayt” o’yinini o’tkazish mumkin. Tarbiyachi balandda desa, bolalar pastda deb javob beradi; agar tarbiyachi ortiq desa, bolalar kam deydi; tarbiyachi uzun desa, bolalar qisqa deb aytadi va hakazo. Shu tariqa o’yinni bir necha marta takrorlash mumkin.
Yangi mavzu ustida ishlash. Bolalarga oldida, orqasida, yonida, chapda iboralari haqida tushuncha berish uchun tarbiyachi bolalardan bir nechtasini chiqarib;

  • Qani bolajonlar, Nafisaning oldida kim turibdi? Dilshodning orqasida kim bor? Mohiraning yonida kim o’tiribdi? – deb savol beradi.

  • O’ng tomoningda qaysi do’stingni ko’ryapsan? – deb mavzuni bolalar ongiga osonroq singdirish mumkin.

Berilgan rasmga qarab bolalarning har biriga ism qo’ying va gapirib bering, deb bolalarga murojaat etish mumkin. So’zlaganda mazvu mohiyatidan chetga chiqmaslik, murakkablashtirmaslik talab etiladi.

  • Qaysi hayvonlarning rasmini ko’ryapsiz?

Bu savolga javob berayotganda bolalar oldida quyon, orqasida tulki, yonida ayiq, olmaxon borligi haqida tasavvur qilib hikoya qilish lozim.

  • Hayvonlardan tashqari yana nimaning rasmini ko’ryapsiz va u qayerda turibdi? – deb savol berib, o’tilayotgan mavzu mustahkamlanib boriladi.

Rasm daftar bilan ishlash. Suhbat jarayonida daftardagi qo’y, ot, tuya rasmiga qarab jihozlar va ularning joylashtirilishi asosida mavzu mustahkamlanadi va geometrik shakllarni bo’yash to’g’risida topshiriq beriladi.

Yüklə 85,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin