Matematika darslarida bolalarning diqqatini tashkil qilish



Yüklə 33,5 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü33,5 Kb.
#165001
MATEMATIKA DARSLARIDA BOLALARNING


MATEMATIKA DARSLARIDA BOLALARNING DIQQATINI TASHKIL QILISH


REJA:
1. Diqqat haqida tushuncha va diqqatning nerv - fiziologik asoslari
2. Diqqat turlari va ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat
3. Diqqatning xususiyatlari
4.Obrazli Xotira
Diqqat inson faoliyatini barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularning samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir.Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, ma’suliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi.Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatda muhim omil sifatida xizmat qiladi.Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida o’tadi.Psixologiya fanida diqqatga har hil ta’rif beriladi,uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar.Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi.P.I.Ivanovning fikricha,biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi.Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishda ta’sir etadi.
Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi.Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko’rinmasa ham, oradan sal o’tmay, ya’ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari ko’rina boshlaydi.Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini turli kuchli qo’zg’atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug’lik) beixtiyor ravishda o’ziga jalb qila boshlaydi.
Oʻsmirlarda diqqatning yosh va jins xususiyatlari xotira haqida tushuncha. Xotirani rivojlantirish metodlari. Diqqat va xotira psixologiyasi


  1. Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.




Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Ta’lim olishda diqqatning rolini ta’kidlarkan, buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy «diqqat aynan shunday bir eshikka, tashqi olamdan kishi qalbiga kirib keladigan jamiki narsalarning barchasi shu eshik orqali kiradi» - deb yozgan edi. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin
Yüklə 33,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin