5-rasm. Kompetensiyalarning tarkibiy qismlari va faoliyat
Asr boshida e’lon qilingan “XXI asr ko‘nikmalari” ro‘yxatiga qiziqish oshib bormoqda. Oxirgi 15 yil davomida bu ko‘nikmalar ro‘yxati va uni takomillashtirish borasida ko‘plab munozarali chiqishlar bo‘layotgan bo‘lsada, qator davlatlar o‘z ta’lim tizimiga bu ko‘nikmalarni singdirish bo‘yicha ba’zi fanlar bo‘yicha milliy ta’lim standartlariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritmoqda. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) ham bu bilan qiziqib qolib, 25 mamlakat mutaxassislari ishtirokida “Kelajakda ta’lim va ko‘nikmalar, IHTT – 2030” deb nomlangan 2030-yilgacha mo‘ljallangan loyihani moliyalashtirgan.
Xususan, PISA xalqaro tadqiqorlar dasturida ham bu ko‘nikmalarni singdirish ishlari davom etmoqda. Jumladan, PISA-2022 tadqiqotlari doirasiga “XXI asr ko‘nikmalari” ichidan bevosita matematik savodxonlik tushunchasiga daxldor bo‘lgan quyidagi 8 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikmalarni baholash kiritilmoqda:
Tanqidiy fikrlash;
Ijodkorlik, kreativlik;
Tadqiqot va ishlanish;
Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat’iylik;
Ma’lumotlardan foydalanish;
Tizimli fikrlash;
Muloqot;
Refleksiya (o‘z-o‘zini baholash).
XXI asr ko‘nikmalari
Shaxsiy fazilatlar
O‘quvchilar atrof-muhit o‘zgarishlari muammo-larni qanday hal qilishadi?
1. Qiziquvchanlik;
2. Tashabbuskorlik;
3. Qat’iylik;
4. Moslashuvchanlik;
5. Yetakchilik
qobiliyatlari;
6. Ijtimoiy va madaniy savodxonlik.
Kompetensiyalar
O‘quvchilar murakkabroq muammolarni qanday hal qilishadi?
1. Tanqidiy fikrlash/mu-
ammolarni hal qilish;
2 .Kreativlik (ijodiy
fikrlash);
3. Muloqot qilish
ko‘nikmalari;
4. Jamoada ishlash
ko‘nikmalari.
Dostları ilə paylaş: |