Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha



Yüklə 6,91 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü6,91 Kb.
#133622
New Microsoft Word Document (11)


Xorazm viloyati PYMO‘MMda tashkil etilgan “Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha ” kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kursi III-guruh tinglovchisi Ollaberganova Zeboning “Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar mavzusini o‘qitish metodikasi i” mavzusidagi bitiruv ishiga
TAQRIZ
Ma’lumki geometriya fani fundamental fan hisoblanib uning ko‘p fanlarga amaliy tadbiqlari mavjuddir. Geometriya fani fizika, mexanika va bir qator muhandislik fanlaring asosini tashkil qilib, ularning paydo bo‘lishi va rivojlanishini belgilab beradi. Perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlarga doir masalalar yechish usullari juda ko‘p tadbiqlarga egadir. Shu sababli tanlangan mavzu dolzarbdir.
Jumaniyozov Navro‘zbekning bitiruv ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan. Jumaniyozov Navro‘zbek bitiruv ishini mustaqil va ko‘plab adabiyotlardan foydalangan holda tayyorladi. Uni tayyorlash jarayonida muallif o‘zini yaxshi matematik bilimga ega ekanini ko‘rsatdi.Bitiruvchi bundan keying faoliyatida o‘quvchilarga bilim berish orqali o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini oshira oladi deb o‘ylayman. Bitiruv ishi unga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob beradi deb hisoblayman.

Taqrizchi: T.Solayev
Xonqa tumanidagi 7-son umumiy
o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali
matematika o‘qituvchisi

Xorazm viloyati PYMO‘MMda tashkil etilgan “Matematika fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha ” kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kursi III-guruh tinglovchisi Ollaberganova Zeboning “Fazoda vektorlar mavzusini o‘qitish metodikasi ” mavzusidagi bitiruv ishiga
T A V S I Y A N O M A
Matematika inson faoliyatining xoh fan bo‘lsin, xoh ishlab chiqarish bo‘lsin hatto, san’at yoki sport bo‘lsin, barcha sohalarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan universal ilmdir. Matematika faning algebra bo‘limida tengsizliklarni isbotlashning ba’zi usullarining ahamiyati juda kattadir. Jumaniyozov Navro‘zbekning bitiruv ishi ushbu mavzuga bag‘ishlanadi.
Jumaniyozov Navro‘zbekning bitiruv ishi “Perpendikulyar to‘g‘ri chiziqlar mavzusini o‘qitish metodikasi va dars ishlanmalari” mavzusiga bag‘ishlangan bo`lib, kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan tashkil topgan. Bitiruv ishining 1-bobida geometriya fani haqida ma’lumot, perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlar va ularning hayotimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar beribilgan. Bitiruv ishining 2-bobida esa perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlarga doir ta’riflar, aksiomalar, teorema va ularning isbotlari, xossalar, mavzuga doir masalalarni yechish usullari, mavzuni o‘qitishga doir metodlar va dars ishlanma berilgan.
Jumaniyozov Navro‘zbek bitiruv ishini yozishda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlardan, ko‘pgina adabiyotlardan, darslik, o‘quv metodik qo‘llanmalardan va ilmiy-metodik jurnallardan foydalanilgan. Bitiruvchi bundan keyingi faoliyatida o‘quvchilarga bilim berish orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshira oladi deb o‘ylayman. Bitiruv ishi unga qo‘yilgan barcha talablarga javob beradi deb hisoblayman va himoyaga tavsiya qilaman.

Ilmiy rahbar: Davletov R.
Yüklə 6,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin